Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


) Ekspozitsiya (lotincha tushuntirish)


Download 149 Kb.
bet24/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

2) Ekspozitsiya (lotincha tushuntirish)syujetning kirish, boshlanish qismi voqealar yuz beruvchi o’rin – joy, asar qahramonlarining xarakterini shakllantiruvchi ijtimoiy muhit va shart –sharoitlar tasviri.
3)Konflikt (lotincha ixtilof) – asar syujeti asosida yotgan hayotiy ziddiyat. U dramatizmni kuchaytiradi va voqealar rivojiga turtki beradi.
4)Tugun – badiiy asarda voqea va qahramonlar o’rtasidagi ziddiyatning , asosiy voqealarning boshlanishi, badiiy asar syujetida ziddiyatlarning paydo bo’lishi, boshlanishiga sabab bo’luvchi voqea. Tugun ekspozitsiyadan o’sib chiqadi.
5)Voqea rivoji – tugundan so’ng asarda voqealarning kuchayib, keskinlashib borishi.
6)Kul’minatsiya (lotincha cho’qqi) – badiiy asardagi voqealar rivojining eng oliy nuqtasi, yuksak cho’qqisi, ish – harakat va kurashning g’oyat keskinlashgan o’rni.
7)Yechim – badiiy asar asosida yotgan ziddiyatning hal etilishi, xarakterlar kurashining yakunlanishi.
8)Epilog (yunoncha so’nggi so’z) – asar oxirida qahramonlarning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beruvchi xotima hisoblanadi.



Adabiyotshunoslik atamalari
Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyot to’g’risidagi fan. “Adabiyotshunoslik” atamasi etimologik jihatdan “adabiyot” atamasiga fors – tojikcha “shinos” (yaxshi bilish) fe’li va o’zbekcha – lik affiksining qo’shilishidan hosil bo’lgan. U adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid deb nomlanuvchi 3 qismdan iborat.

Adabiyot nazariyasi – so’z san’atining mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlarini, kishilik jamiyatidagi o’rnini, o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi. U adabiyot haqidagi umumiy ma’lumot (adabiyotning mohiyati, sinfiyligi, obrazliligi va h.k.) adabiy asar haqidagi ta’limot (mavzu, g’oya. kompozitsiya) adabiy bosqichlar haqidagi ta’limoqdan iborat.

Adabiyot tarixi – so’z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini tadqiqi etadi, adabiyot taraqqiyotini xronologik izchillik bilan, uning eng qadimgi yodgorliklaridan boshlab shu kunga qadar yaratilgan asarlargacha tekshiradi.


Adabiy tanqid – zamonaviy badiiy asarlarni xalq hayoti, uning hozirgi kundagi ehtiyoj va talablari jihatidan tadqiq etadi, baholanadi, nuqsonlarni aniqlaydi, yozuvchilarning ijodiy o’sishi va adabiyot ravnaqiga ko’maklashadi.


Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling