Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum
Download 149 Kb.
|
Adabiyaot qoidalari
Musabba’ – har bandi yetti misradan tashkil topgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a Musamman – sakkiz misrali band usulida yozilgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a Mutassa’ – har bandi to’qqiz misradan iborat she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a Muashshar – har bandi o’n misradan iborat she’r shakli.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-b-a Tarkibband – har bir hajman g’azlaga teng bo’;lgan va g’azal singari qofiyalanuvchi bandlardan tuzilgan she’r bo’lib, bunda har qaysi band oxiridagi ikki misra mustaqil ophangdoshlikka ega bo’ladi. Tarje’band – qofiya tuzilishi tarkibbandnikiga o’xshash she’r shakli.Farq shundaki, tarkibbandda bandlar oxiridagi bir bayt mustaqil qofiyalansa, tarje’banddagi hamma bandlar oxirida bir xil bayt takrorlanib keladi. Mustazod – orttirilgan degan ma’noni ifodalaydi, g’azalga monand she’r misralaridan har biriga yana yarim misra orttiriladi,oqibatda har qatori bir yarim misralik she’r hosil bo’ladi.A.Navoiy mustazodni qo’shiq deb atagan.Mustazod hazaji axrabi makfufi mahzuf vaznida yozilgan g’azalga qo’shimcha ikki rukn orttirilgan she’r hisoblanadi.O’zbek adabiyotida Ogahiynga nisbatan “mukammal mustazod kashfiyotchisi” degan ta’rif qo’llaniladi.Chunki u mustazoddagi yarimta misrani juftlashtirgan. Muammo – bir bayt, ba’zan ikki-uch baytdan iborat bo’lgan, arab harflari orqali biror narsani yashirishga suyangan ta’kid yoki ishora asosida yozilgan topishmpoq-she’r. Chiston – biror narsa yoki hodisaning o’ziga xos xususiyatlari, belgilarni ta’riflash orqali o’quvchilarni o’sha narsa yoki hodisani topishga undaydigan topishmoq-she’r.Adabiyotda lig’z deb ataladi. Qasida – shohlar,amirlar,mashhur kishilar,tarixiy voqealarga bag’ishlangan maqtovli va dabdabali xarakterga ega bo’lgan she’r.Qasidaning umumiy hajmi 15-20 baytdan kam bo’lmaydi.Qasida voqelikni aks ettirish usuli,xarakteri va mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 1.Qasidai bahoriya – bahor tasviriga bag’ishlangan qasida 2.Qasidai holiya – o’z ruhiy holati ifodalangan,taqdirdan,hayotdam shikoyat qilish g’oyalari asosiy o’rin tutadigan qasida 3.Qasidai ishqiya – ishqiy mavzudagi qasida 4.Qasidai xamriya – shoirning o’z-o’zodan faxrlanishga bag’ishlangan qasida. 5.Qasidai hajviya – biror shaxs va voqea hajviga bag’ishlangan qasida. 6.Qasidai xazoniya – kuz fasliga bag’ishlangan qasida 7.Qasidai masnu’ – san’atli,ya ni bezakli qasida.Qofiyalanishi: a-a.b-a,v-a,… Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling