Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Download 149 Kb.
bet11/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Ballada – liro-epik poeziyaning bir turi.Qahramonlik xarakteridagi biror hayotiy epizodni tasvirlovchi kichik syujetli she’r ballada deyiladi.

Qo’shiq – kuyga solib aytiladigan she’r

Sarbast – bunday she’rning asosiy xususiyati shundaki, unda vazn,qofiya,band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz beradi.Ayrim misralardagi bo’g’inlarni (ma’no va intonatsiyani kuchaytirish maqsadida) bir necha qatorga zinapoya tartibida joylashtiriladi.

O’rama – o’rama so’zi qofiyalash tartibiga oiddir.

To’rtlik – o’zbek lirikasining ruboiy va tuyuq vaznida yozilmagan, to’rt isradangina iborat bo’lgan janri.
3-MAVZU Badiiy san’at turlari
San’at, sun ya’ni, yaratmoq so’zidan olingan bo’lib, badiiylik yaratish demakdir.Badiiylik yaratishning yo’llari ko’p.Badiiy san’atlar quyidagi iki turga bo’linadi:
1.Ma’naviy (ma’noga tegishli) sanlatlar.
2.Lafziy (shaklga oid) sana’tlar.
Quyida badiiy san’atlarning asosiylari bilan tanishasiz:

Allegoriya (majoz) – ramzning bir ko’rinishi bo’’lib, voqea-hodisa yoki narsa buyumning mavhum tushunchasi o’rnida aniq tasvirni iifodalovchi ramziy so’zni qo’llash usuli.Misol: tulki-ayyor va aldamchi kishi, bo’ri – ochko’z, chumoli – zahmatkash kishi va hokazo.

Antiteza (qarshilantirish) – badiiy asarda voqea yoki tushunchalarni bir-biriga qarshilantirish orqali bir-biriga zid tushunchalarni yaqqol ifodalash va ularga qiyosiy xarakteristika berish vositasi.
Misol: Menga nomehribon yor o’zgalarga mehribon emish,
Mening jonim olib,ag’yorga oromijon emish. (A.Navoiy)

Anafora (takror) – she’r yoki banddagi misra,gaplarning boshidagi so’z yoki so’zbirikmasining boshqa misralar boshida aynan takrorlanib kelishi.Misol:
Endi odam quldek sotilmas,
Endi odam o’tga otilmas,
Endi unga qafas bo’lmas jon,
Endi dunyo bo’lmaydi zindon. (H.Olimjon)

Apostrofa – jonlantirishning bir ko’rinishi bo’lib, jonsiz narsa yoki hodisaga jonli narsa hodisadek murojaat qilinadi yoki yo’q shaxsga xuddi bordek qaraladi.
Misol: Go’zal oy, senga bir gap
Demakka ko’p hayronman.
Bemahal to’lganingdan
Toza ham pushaymonman. (H.Olimjon)

Antifraz – shaxs yoki narsaga xos xususiyatni kulgi ohangi bilan inkor qilish.Bunda so’zlarning asl emas, teskari ma’nosi nazarda tutiladi.
Misol: Erkalanib yotadi
U Vatan tuprog’ida
Yosh bola yotganiday
Onaning quchog’ida (H.Olimjon)

Alliteratsiya – she’rda,jumlada,bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil tovushlarning takrorlanishi.Tovushlar ohangdorligi,asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil bo’lgan ohangdorlik alliteratsiya deb yuritiladi.
Misol: Qaro qoshing,qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing,qiz
Qilur qatlimga qasd,qayrab,
Qilich qotil qaroshing qiz… (Erkin Vohidov)

Jonlantirish – odamlarga xos bo’lgan xislatlarni jonsiz predmetlar,tabiat hodisalari,hayvon,parranda,qush kabilarga ko’chirish orqali hosil bo’ladigan tasvir usulidir.
Bunda qorning taglarida qish,
Bahor uchun so’zlaydi olqish. (H.Olimjon)

Jonlantirishning ikki xil ko’rinishi bor:



Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling