2.Muallifning nomi uning asari o’rnida qo’llaniladi: Fuzuliyni oldim qo’limga,
Majnun bo’lib yig’lay qichqirdi… (H.Olimjon)
3.Biror narsaning harakati yoki uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurolning nomiga ko’chiriladi:
Uning perosi qasos o’ti bilan yonardi.
4.Biror narsani u yasalgan material bilan almashtirib ataladi:
Po’lat qush ham qomatin rostlab,
Bulutlarni etar tumtaroq. (H/Olimjon)
5.Ma’lum joydagi kishilar ma’nosi shu joyga ko’chiriladi:
Majlisga butun qishloq keldi. (A.Qahhor)
Irsoli Masal – she’rda maqol,matal,hikmatli so’zlarni muayyan maqsad bilan ishlatish usuli.
Misol: Hunob ichar vaqtimda xush kelding, ko’ngulkim, xalq aro,
Yaxshi masaldurkim: “Kelur yaxshi kishi osh ustina”.
Sabr qilsang g’o’radin holva bitar,
Besabrlar o’z oyog’idan yitar. (Gulxaniy)
Iyhom (arabcha shubhaga solish, adashtirish) – she’r misralarida muayyan bir so’zni ikki yoxud undan ortiq ma’nolarda qo’llash usuli.Uning mohiyati shundaki, she’riy misralarda iki ma’noli so’z qo’llanadi, ammo bu ma’nolardan biri aniq sezilsa ham ikkinchi ma’no payqalmasligi mumkin.Shoir aslida ikkinchi ma’noni ko’zda tutsa ham dastlab yaqin, birinchi ma’no e’tiborni tortadi.
Ulus ichinda turur o’z begim qiyo ko’zluk,
Xayoli to’ktamish andin ko’ngil saroyinda. (Lutfiy)
Bu baytda “o’z begim” so’zi “o’zimning begim” va “o’zbegim” ma’nolarini ifodalaydi.Bunda Lutfiy “xalq” ma’nosini ko’zda tutayotganini payqash qiyin emas. “To’ktamish” va “saroy” so’zlarida ham shu xususiyat bor.
Ishtiqoq (so’zdan so’zni ajratmoq) – she’r baytlarida o’zakdosh so’zlarni qo’llash san’ati.
Misol: Ganja Vatan , ko’ngli oning ganjxez,
Xotiri ganjuru tili ganjrez (A.Navoiy)
Jonimdek o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim. (Bobur)
Iltifot – fikrda burilish yasash san’ati.
Misol: Bas yetr,cholg’uvchi,bas qil sozingni,
Bas, yetar,ko’ksimga urmagil xanjar…
Agar aldamasa shu sovuq simlar,
Gar shul eshitganim bo’lmasa ro’yo.
Sen beshik emassan,jallodsan dunyo! (A.Oripov)
Ko’chim – eng ko’p ishlatiladigan badiiy vositalar jami bo’lib, adabiyotshunoslik fanida metafora atamasi bilan ham yuritiladi.Ko’chimning majoz, istiora, ramz, timsol singari ko’rinishlari bor.
Kinoya (bir fikrni yashirin ma’noda ifoda etmoq) – bayon ilmida uni “ham haqiqat, ham majoz ma’nosi anglashiladigan so’z” – deb izohlanadi.U inkorning bir ko’rinishi bo’lib, tasvir ob’ekti ustidan kesatish, qochiriq yo’li bilan yashirin kulish,piching.
Misol: Menga yolg’iz Omonimni qo’y,
Menga o’sha yomonimni qo’y.
U kam emas hech bir odamdan,
Men ul bilan uzoqman g’amdan (H.Olimjon)
Bunda “Omonim - yomonim” qofiyadosh soz’lar orqali kuchli –o’tkir kinoya usuli qo’llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |