Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Peyzaj (Fr. Mamlakat,joy)


Download 149 Kb.
bet16/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Peyzaj (Fr. Mamlakat,joy) – baddiy asarda aks ettirligan joy va tabiat tasviri bo’lib, u yozuvchining metodi va uslubi bilan bog’liq holda turlicha vazifalarni o’taydi.
Misol: “Cho’l burgutini izlab Oltiariqdan Yozyovonga otda jo’nadim.Hali quyosh botmagan,uning kechki qizg’ish barglari sarg’aygan o’riklarni, terak uchlarini lovillab yondirayotgandek.Osmon ko’m-ko’k, ufqda xuddi atayin bo’yab qo’ygandek, qip-qizil bulut parchasi sudralib yuribdi…”
(S.Ahmad “Cho’l burguti”)
Keyingi mavzu: Badiiy san’at turlari (davomi)


Ramz (simvol) – majoz turlaridan biri bo’lib, biror hayotiy voqea yoki tushunchani ifodalash uchun shartli ravishda ko’chma ma’noda qo’llanadigan so’z va birikmalar.Misol: Kabutar – tinchlik ramzi. Sariq gul – ayriliq.

Radd ul – matla’ – g’azaldagi matla’a birinchi misrasining maqta’dagi ikkinchi misrada takrorlanishi, ya’ni bu san’at g’azalning birinchi misrasini uning oxirida takrorlanishini nazarda tutadi/

Ruju’ – she’riyatda shoirning oldingi misra yoki baytda ifodalangan fikri, qo’llagan badiiy tasvir vositalaridan qaytgandek bo’lib, keyingi misra yoki baytda unga qaraganda kuchliroq ifoda, she’riy san’atni keltirish yoki oldingi fikrni aniqlashtirish,to’ldirish usuli.Ruju’ mohiyati o’z-o’zini inkor etib, fikrni kuchaytirishdir.
Misol: O’n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o’lsa,uldurur
Husn shohi,ul balolarkim,ko’zu qoshindadur (A.Navoiy)
Saj’ – gapdagi ayrim bo’laklarning vazn yoki qofiyada moslashishi, nasriy asarlardagi qofiya hisoblanadi.Misol: har kim maydonga ot soladi, Otini o’zdirgan odam oladi.har kimning ko’ngli o’zidan qoladi. (“Alpomish” dostoni)
Saj’ san’ati ishlatilgan nasr – nasri musajja’, nazm esa – nazmi musajja’ deb yuritiladi.Saj’ san’ati o’z tuzilishiga ko’ra uch xil bo’ladi:
1.Saj’i mutavoziy (to’liq saj’).Bunda sajlanuvchi so’z yoki birikma ham vaznda, ham raviyda bir-biriga mos keladi.Masalan: Esa, jallodlar so’yib qo’ymasin, tezroq borib qo’lidan olinglar,zindonga solinglar.(“Ravshan” dostonidan)

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling