Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum
Download 149 Kb.
|
Adabiyaot qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Oddiy ruboiylar (ruboiyi xossa yoki xosiy ruboiy)
- Musallas
1.Muxammasi tabi xud. Bunda shoir muxammasni to'lig'icha o'zi ijod qilib yozadi.
2.Maxammasi taxmis (tazmin). Bunda ijodkor o'zga shoirning g'azalidan ta'sirlanib, o'sha g'azalning vaznini qofiyalanishini, g'oyasini saqlagan holda, g'azalning har bir baytidan oldin 3mirsa o'zi ijod qilib qo'shadi. Bunday muxammaslarining oxirgi bandida har ikki ijodorning taxallusi bo'ladi. http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=31.150 Tuyuq – bevosita turkiy adabiyotda shakllangan bo’lib, qat’iy ramali musaddasi maqsur vaznida yoziladigan, to’rt misradan iborat bo’lgan, misra oxirida radiflar omonim so’zlardan iborat bo’lgan she’r.Tuyuq sof turkcha so’z bo’lib yechilmaydigan qilib tuymoq degan ma’noni bildiradi.A.Navoiy tuyuqni “turk shuarosining xossasi” deb ta’kidlagan.Turkiy yozma adabiyotida dastlabki tuyuqni Yusuf Xos Hojib yaratgan.Qofiyalanishi: a-a-a-a, a-a-b-a Ruboiy – o’zbek mumtoz adabiyotida keng qo’llanib kelingan, hazaj bahrining axram va axrab shajaralarida yoziladigan, to’rt misradan iborat ishqiy, axloqiy,siyosiy-falsafiy mavzulardagi she’r.Forsiylarda dubaytiy deb ham atalgan. Ruboiylar ikki xil bo’ladi: 1.Oddiy ruboiylar (ruboiyi xossa yoki xosiy ruboiy): qofiyalanishi: a-a-b-a- 2.Tarona ruboiylar(taronai ruboiy) : qofiyalanishi: a-a-a-a Musammat – bandli she’rlar bo’lib, musammat deganda, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, muashshar shakllari anglashiladi.Bu atama arabcha bo’lib, ipga terilgan marvarid degan ma’noni anglatadi. Musallas – uch misrali band usulida yozilgan she’r.G’arbda tersina deb atashadi.Qofiyalanishi : a-b-b,v-g-g Murabba’ – o’zaro qofiyalangan to’rt misralik band usulida yozilgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a, b-b-b-a,v-v-v-a,… Muxammas – beshlik band usulida yozilgan she’r.Muxammaslar ikki xil bo’ladi: 1.Bir shoirning o’z muxammasi (mustaqil muxammaslar) 2.Taxmis – boshqa shoirga ergashib,izdoshlik,uning g’azalidan ta’sirlanish,ilhomlanish usulida yozilgan muxammaslar. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a, b-b-b-b-a Musaddas – har bir bandi olti misradan iborat bo’lgan she’r.Musaddaslar ham ikki xil bo’ladi: 1.Mustaqil yaratilgan musaddaslar 2.Boshqa shoir tomonidan yaratilgan g’azallarning vazni va qofiyasiga mos yaratilgan musaddaslar. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling