Ziyoda masharipova


ARISTOTEL (miloddan awalgi 384 - 322 yillar)


Download 226.51 Kb.
bet9/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

ARISTOTEL
(miloddan awalgi 384 - 322 yillar)
Qadimgi yunon san'ati va falsafasining yuksak cho'qqisini Aristotel ijodi tashkil etadi. Ayniqsa, uning “Poetika”, “Ritorika” kabi asarlari- dagi adabiyot va san’at bilan bog'liq bo‘lgan qimmatli fikr-mulohazalar hanuzgacha ilm olamida dastumlamal boMib xizmat qilmoqda.
1 Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola (Urfon Otajon tarjimasi). - T.: Yangi asr avlodi, 2007, 260-bet.
-27-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Aristotel go‘zallik falsafasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko'radi. Aristotel tal- qiniga ko‘ra, go'zal san'at asarlari inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig'lantiradi, natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rguliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tush- ganlarga o‘zida hamdardlik hissini tuyadi; ya'ni, san'at insonni olija- nob qilish, yaxshilash, go'zallashtirish xususiyatiga ega.
Qadimgi dunyo ilm-fani, falsafiy qarashlarining buyuk donishmandi Aristotel miloddan awalgi 384-yilda Makedoniyaning Stagira shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy tabibi bo'lgan. Aristotel 17 yoshidan 37 yoshigacha faylasuf Platon akademiyasida tahsil oladi. 342-yilda podshoh Filippning taklifi bilan Makedoniyaga qaytib, Aleksandrga murabbiylik qila boshlaydi. Aleksandr Makedonskiy hukmronlik taxtiga o‘tirgach, o‘z ustozi va do‘stiga atab haykal barpo ettiradi. Bu haykalning poyida shunday yo- zuvlar bor edi: “Aleksandr ushbu yodgorlikni Nikomaxning o‘g‘li, buyuk donishmand va avliyo Aristotel xotirasiga o‘rnatdi”.
Aristotel Aleksandr taxtga chiqqach, yana Afinaga qaytib bu yerda “Litsey” nomi bilan shuhrat qozongan falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil etadi.
Shu davrda Yunonistonda chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ket- gan, natijada qator notiqlik maktablari ochilgan edi. Bu maktablarda so‘z san'ati ustalari -notiqlar yetishtirib chiqarilardi. Keyinchalik maz- mundor va ta'sirchan so‘zlash haqida maxsus qo'llanmalar maydonga keladi. Shunday asarlardan biri Aristotelning “Ritorika” nomli kitobi- dir. Buyuk olim uni miloddan avvalgi 330 yillarda yozgan.
Aristotelning ushbu asarigacha ham Anaksimen, Lampsak kabi fay- lasuflar “Ritorika” nomli qo‘llanmalar yaratgan edilar. Aristotelning “Ritorika”si notiqlik san'atining nazariy asoslarini yanada boyitdi.
“Ritorika” uch kitobdan tashkil topgan bo'lib, asaming birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish usullari haqidagi fikr-mulohazalardan iborat. Uchinchi kitobda esa, jumlalardagi izchil- lik va nutq mantiqiga alohida e'tibor qaratilgan. Olimning fikricha, no- tiq tilidagi turli “qorishmalar”, ya'ni so‘zlaming noto‘g‘ri va noo‘rin talaffuz qilinishi, jumlalaming mantiqan harxil tuzilishi so'zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikmi ifoda etishga
-28-
www.ziyouz.com kutubxonasi
qaratilishi lozimligini, tinglovchi tushunadigan darajada sodda va ra- von bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulo- haza yuritayotgan fikrini tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida ta'kidlaydi. Shuningdek, Aristotel notiqning auditori- yani o'ziga jalb etishi uchun turli hazil-mutoyiba so'zlar bilan lirik che- kinish qilib tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko'rgazmali qurollardan foydalansa, har xil sifatlash, chog'ishtirish va metaforalami qo‘llasa, nutqining ta'sirchanligi yanada oshishini uqtirib o‘tadi.
Aristotel notiqlik san'atini egallash uchun quyida keltirilgan beshta vazifani mukammal bajarishni tavsiya etadi:
1. Nutq matnini kashf qilish. Ya'ni og'zaki ijro qilinadigan nutq matnini har tomondan chuqur o'rganib chiqish.
2. Nutq matnini mantiqan va mazmunan to‘g‘ri rejalashtirish.
3. Matnni to‘liq eslab qolish.
4. Matnni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish.
5. Nutq matnidagi so'zlami to‘g‘ri talaffuz qilish.
Notiqlik san'atining buyuk namoyandasi Mark Tulliy Sitseron ham ushbu beshta qoidaga alohida e’tibor beradi va o‘z asarlarida Aristotel qarashlarini yanada rivojlantiradi: “Notiqning barcha kuch va qobiliyat- lari ushbu besh vazifani bajarishga xizmat qiladi; birinchidan, u o‘z nutqi uchun mazmun topishi zamr; ikkinchidan, topilgan ma'lumotlami tartib bilan joylashtirishi; uchinchidan, bulaming hammasini so‘z bilan o‘rashi va bezashi, kerak; to'rtinchidan, nutqni xotirada mustahkamlab qo‘yish; beshinchidan, uni munosib ravishda va xush keladigan qilib so‘zlashdir”, - deydi Sitseron o‘zining “Notiqlik haqida” deb nomlangan asarida1.
Nutqni ritorik ishlab chiqishda notiq amal qilishi lozim boTgan ush- bu beshta qoida hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling