Ziyoda masharipova


IFODALI 0‘QISH VOSITALARI Reja


Download 226.51 Kb.
bet17/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

IFODALI 0‘QISH VOSITALARI
Reja

1. Urg‘u va urg‘u turlari.
2. Pauza. Pauza turlari.
3. Ifodali o‘qishda pauzaning ahamiyati.
So‘z bo‘g‘inlaridagi unli tovushlardan birining yoki gap tarkibidagi ayrim bo'laklarning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan alohida ta'kidlab aytilishi urg‘u deyiladi. Urg‘u so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish va ma'noni to‘g‘ri anglashda muhim o'rin tutadi.
Ko'pgina lingvistik adabiyotlarda urg‘u, asosan, ikki tipga ajra- tib ko‘rsatiladi: So‘z urg‘usi va mantiqiy urg'u. Professor Hasanboy Jamolxonov “0‘zbek tilining nazariy fonetikasi” kitobida urg‘u haqi- dagi fikr-qarashlarga yanada aniqlik kiritib urg‘uni quyidagicha uch tipga ajratadi:
l)So‘z urg'usi; 2) Sintagma urg'usi; 3) Ayimv (ta'kidlov) urg'usi1.
I. So‘z urg‘usi tushgan bo‘g‘indagi unli shu so'zning boshqa
1 Hasanboy Jamolxonov. 0‘zbek tilining nazariy fonetikasi. -Toshkent: Fan, 2009, 164-169-betIar.
- 51 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘g‘inlaridagi unli tovushlarga qaraganda kuchliroq va cho'ziqroq talaffuz etiladi. 0‘zbek tilida so‘z urg‘usi, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Masalan:yaproq, o'qituvchi, quyosh, bola.
So'zlarga qo'shimchalar qo'shilishi bilan urg‘u ham so‘z oxiriga qarab ko‘chadi: Masalan: bola, bolalar, bolalarga, gulzor, gulzorlar, gulzorlarning.
Kamdan-kam uchrasa-da, o‘zbek tilida leksik urg'u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydigan so‘zlar ham mavjud:
1. Olmosh turkumiga kimvchi ba'zi so‘zlarda: hamma, barcha, jami, kimdir. Ushbu so‘zlarda qo'shimcha qo‘shilganda ham urg'uning o‘mi o'zgarmaydi: hammasi, hammaga, hammadan, barchasi, barchadan, barchaning va hokazo.
2. Ravish turkumidagi ayrim so'zlarda: doim, hamisha, dslo, yangi (hozir ma'nosida), mardlarcha.

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling