Ziyoda masharipova


mi, me, ma, mo, mo‘, mu, mi; ni, ne, na, no, no \ nu, ni; li, le, la, lo, lo ‘, lu, li; ri, re, ra, ro, ro ‘, ru, ri


Download 226.51 Kb.
bet15/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

mi, me, ma, mo, mo‘, mu, mi; ni, ne, na, no, no \ nu, ni; li, le, la, lo, lo ‘, lu, li; ri, re, ra, ro, ro ‘, ru, ri.
Mashq. Tez aytishni mashq qiling.
Durdonaning maijoni bir dona, u ming dona danak mag‘zidagin tuzilgan.
Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uzun quloq.
Tilim-tilim tilla qovunning to ‘rt tilimi tilimni tildi.
Husayn Voiz Koshifiy inson hayotida ovozning muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlaydi. Hatto ovozining baland yoki pastligi, yo‘g‘on yoki ingichkaligiga qarab o‘sha insonning xarakterxususiyatini
-46-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham aniqlash mumkinligi haqida shunday ma'lumot beradi: “Ovozning baland yoki vo‘g‘onligi shijoat nishonasidur, mo‘tadil ovoz tadbiru har ishga yaxshi saranjom bermakning nishonidur”1. Xullas, inson ovozining sifati qanday bo'lishidan qat'iy nazar, uni chiniqtirib va tar- biyalab borishi, ovoz imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishi lozim. Ay- niqsa, so‘z ijrochiligi bilan shug‘ullanuvchi kishilaming ovozi yoqimli, baland va jarangdor, talaffuzi aniq va ravshan, so‘zlari ma'nodor va ifodali bo‘lishi juda muhimdir.
TALAFFUZ
Nutq texnikasida so'zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish alohida ahamiyat kasb etadi. So'zlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish uchun o‘zbek ada- biy tilining o'ziga xos xususiyatlarini chuqur bilish, ayniqsa, fonetika va fonologiya oid bilimlardan xabardor bo‘lish, adabiy til doirasida yagona talaffuz normalarini belgilovchi orfoepik qoidalarga amal qi- lish talab etiladi. Agar kimda-kim ushbu qoidalami yaxshi bilmas ekan, to‘g‘ri talaffuz, nazokatli nutq haqida gapirmasa ham bo'ladi.
Mark Tulliy Sitseron notiqlik san'atida talaffuzning beqiyos aha- miyati haqida fikr-mulohaza yuritar ekan, “Notiq” nomli asarida shun- day deb yozadi: “...hatto so‘z ne'matidan benasib odamlar ham ifo- dali, yaxshi talaffuz tufayli suxandonlik mevasini terganlar, ko‘pgina suxanoro odamlar esa, yomon talafTuz tufayli no‘noq hisoblanganlar. Shuning uchun ham, Demosfen birinchi, ikkinchi va hatto uchinchi ish ham talaffuzdir, degan. Va agar talaffuzsiz suxandonlik yo‘q ekan, ta- laffuz suxandonliksiz ham shunday kuchga ega ekan, u holda so'zsiz (albatta) notiqlik san'atida uning ahamiyati ulkandir”2.
Ba'zi so‘zlar yoki so‘z tarkibidagi tovushlar, qo'shimchalar o‘zbek so‘zlashuv nutqida, ayniqsa, shevalarda turlicha talaffuz qilinadi. She- valar ta'siridan qutulish uchun o'zbek adabiy tilini yaxshi o‘rganish bilan bir qatorda, badiiy asarlami ko'proq o'qish, ayniqsa, mumtoz asarlami mutolaa qilish yaxshi natija beradi. Nutq jarayonida shevalar ta'siriga berilish ifodali o‘qishga putur yetkazadi, qo‘pol va to'pori talaffuz bilan so'zlami pala-partish ifodalash esa, tinglovchining g‘ashiga tegadi.
1 Ravshanbek Mahmudov. Degonimni ulusqa marg'ub et... -T.: O'zbekiston, 1992, 87-bet.
: Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola (Urfon Otajon tarjimasi). -Toshkent: Yangi asr avlodi. 2007. 346-bet.
-47-
www.ziyouz.com kutubxonasi
“Yozma matndagi so'zlami harflarga ko‘ra aynan o‘qish ham ada- biy talaffuz me'yorlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, o'qidingiz so‘z shaklini yozilganiday 9 ta emas, 8 ta tovush tarzida ta- laffuz qilish me'yor, ya'ni "n+g” ikki tovush emas, balki ng tarzidagi bir tovush. Shunga qaramay, aksariyat o‘qituvchilar ham I7v vazifasini bajardin-giz-mi? O 'rtog'in-gizgayordam berdin-gizmi? O'rnin-gizdan turing! tarzida adabiy talaffuz me'yorlarini buzadilar. Yoki ba'zilar ton- na, nota, tok, talon, tort, futbol, boks kabi o'zlashma so‘zlardagi “o” harfini adabiy talaffuzga “o‘” emas balki “o” tovushi tarzida noto‘g‘ri talaffuz qiladilar”1.
ProfessorN.Mahmudov ta'kidlaganidek, hatto oliy ma'lumotli katta kishilar o'rtasida ham so‘zlami noto‘g‘ri talaffuz qilish hodisasi uchrab turadi. Ayniqsa, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi ”-ning” bilan tushum kelishigidagi qo'shimchalarini ajrata olmaslik yoki "h" va “x” harflarining farqiga bormaslik holatlari so‘z ma’nolarining buzilishiga, jumlalar tuzilishdagi g‘alizliklarga olib keladi. Qisqa qilib aytganda, qaysi so'zning qanday talaffuz etilishi so‘zlovchining savodxonlik da- rajasi, bilimdonlik saviyasi bilan bog‘liq. Chunki fikr ravshanligi ifoda ravshanligini ta'minlaydi.
Shartli ravishda talaffuzni ikki turga ajratish mumkin.
1. Kundalik hayotdagi oddiy so‘zlashuv talaffuzi. 2. Ifodali o‘qish san'ati bilan bog‘liq ijrochilik talaffuzi.
Ifodali o‘qish san'atidagi talaffuz kundalik hayotdagi oddiy so‘zlashuv talaffuzidan ohangdorligi, ta'sirchanligi ovoz tovlanishlari va adabiy til qoidalariga qafiiy rioya qilinishi bilan ajralib turadi. Ifoda- li o‘qishda ijrochi nutqidagi tovushlar beqaror, ovoz tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ijrochi ovozidagi ohangdorlik va so'zlaming chiroyli talaffuz qilinishi kishining ruhiy holatiga ta’sir qilib, yaxshi kayfiyat uyg'otadi.
Nafas olish, tovush hosil qilish va uning talaffuzi bir-biri bilan cham- barchas bog‘liq bo‘lgan hodisalardir. Bulaming har biri miyaning, oliy asab sistemasining faoliyati bilan boshqariladi. Ma'lum lug‘aviy ma’no tashuvchi yoki grammatik vazifa bajamvchi so‘z shaklini talaffuz qilish uchun berilgan belgi nafas olishni, nafasni o‘pkadan chiqarish orqali unli va undosh tovushlar birikmasini yuzaga keltiradi. Tovushlaming
1 Nizomiddin Mahmudov. 0‘qituvchi nutqi madaniyati. -Toshkent: AlisherNavoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007, 59-bet.
-48-
www.ziyouz.com kutubxonasi
sifati, jarangdorligi nutq a’zolarining tuzilishi va talaffuz jarayonida qanday ishtirok etganligiga bogiiq.
Nutq organlarining maium bir tovushni hosil qilish paytidagi ha- rakati va holati artikulyatsiya deyiladi. Nutq tovushlarining aniq yoki noaniq talaffuzi artikulyatsiya apparatining faol yoki nofaolligiga ham bog‘liqdir. Ifodali o'qishni o'rganish uchun, avvalo, nutq tovushlari- dagi nuqsonlami bartaraf etish lozim. Shundagina talaffuzda aniq va yorqinlikka erishish mumkin. Buning uchun quyida ko‘rsatilganidek, xilma-xil diktsion mashqlar qilish ham yaxshi natija beradi:
Unli tovushlar mashqi.
I-mashq. Unli tovushlami aniq-ravshan va adabiy talaffuz etish:
1- e-a-o-o‘-u-i;
2- mashq. Unlilami kombinatsion talaffuz etish.


Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling