Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet12/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Tayanch tushunchalar
Ritorika - notiqlik san'atini o'rgatuvchi fan.
Logograflar- so'zlovchilarga tayyor nutq matnlarini yozib beruvchi kishilar.
Isokrat, Lisiy, Gipereid, Esxil, Afrikan, Leliy, Galba, Karbon - antik davming mashhur notiqlari.
Savol va topshiriqlar
1. Ritorika ilmining shakllanishiga nimalar sabab boMdi?
2. Gorgiy notiqning eng muhim vazifasi nimadan iborat boMishi lozim deydi?
3. Nima uchun Afinada notiqlik san'atiga ehtiyoj kuchli boMgan?
4. Lisiyning logograflik faoliyati haqida maMumot bering.
5. Notiqlik san'atining qanday turlari boMgan?
6. Aristotelning “go‘zallik falsafasi”ni tushuntiring.
7. Aristotel va Aleksandr Makedonskiy munosabatlari haqida nima deya olasiz?
8. “Ritorika” asarining asosiy mazmuni nimadan iborat?
9. Notiqlik san'atini egallash uchun zarur boMgan beshta asosiy qoi- dani tushuntiring.
-37-
www.ziyouz.com kutubxonasi
10. Demosfenning notiqlik faoliyatiga Sitseron qanday baho be- radi?
11. Demosfen qanday sharoitda o‘sib-ulg‘aydi?
12. Demosfen meros masalasida muvaffaqiyat qozonish uchun ni- malami o‘rgandi?
13. Demosfen notiqlik san'atini mukammal egallash uchun qanday kurashdi?
14. Otashin vatanparvar Demosfenning nutqlariga xos boMgan asosiy xususiyatlar nimalardan iborat?
15. “Oltin gulchambar” voqeasini izohlang.
16. Sizningcha, bugungi kunda Demosfen hayoti va notiqlik faoli- yatini o‘rganishning qanday ahamiyati bor?
Adabiyotlar
1. Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola (Urfon Otajon tarji- masi). - T.: Yangi asr avlodi, 2007.
2. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. III to‘m. - Toshkcnt: Fan,1982.
3. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. - Toshkent: 1975.
4. Qobiljon Oripov, Mahmuda Obidova. Ifodali o‘qish. - Toshkent: O'qituvchi, 1994.
IFODALI 0‘QISHDA NAFAS, OVOZ VA
TALAFFUZNING 0‘RNI

Reja
1. Ifodali o‘qishda nafasdan to‘g‘ri foydalanish.
2. Ifodali o‘qishda ovozning ahamiyati.
3. To‘g‘ri talaffuz - ifodali o'qishning asosi.
Nafas. Nutq jarayonida so‘zlar orasidagi nafas rostlashlar havoning yangi zahirasini olish va kuchsizlanib borayotgan nafasni tiklash zam- ratt bilan paydo bo‘ladi. Nafas ifodali o‘qishning muhim vositalaridan biri-boMib, u ovoz va nutqni tinglovchiga yetkazishda asosiy o‘rin tutadi.
To‘g‘ri nafas olish inson hayoti uchun ham, ifodali o‘qish uchun ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Nutq jarayonida nafas olish
-38-
www.ziyouz.com kutubxonasi
me'yori buzilib, o'rinsiz pauzalar qilinsa, o'qilayotgan matn mazmuni mantiqan o'zgarib, muallif maqsadi tinglovchiga tushunarsiz bo'lib qoladi. Bu haqda prof. N.Mahmudov shunday yozadi: “0‘quvchi nutqida kuzatiladigan kamchiliklardan biri fonatsiya jarayonida, ya'ni nutq hosil bo‘lish paytida nafas olishdagi tartibsizliklar bilan bog'liq. Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo'lga qo'yilishi kerakki, nafas olish zo'riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me'yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zo- tan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil boMadi”1. Darhaqiqat, nutq so‘zlash jarayoni, xususan, ifodali o'qish san'ati nafas negizi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ijrochi - o‘quvchining nafas olishi qanchalik to‘g‘ri bo'lsa, ovozi va nutqi shu qadar jarangdor va kuchli bo‘ladi.
Tibbiyotga doir adabiyotlarda nafas olishning quyidagi turlari alo- hida ajratib ko'rsatilgan bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi.
1. Kiftdan nafas olish. Nafas ko‘krakning yuqori qismida olinib, kiftlar ko'tariladi. Bunday nafas olish zararli. U kishini tez charchatadi. Me'yorda so'zlashga imkon bermaydi.
2. Ko‘krak-qorin orqali nafas olish. Bunday nafas olganda o‘rta qovurg'alar, biqin harakatga keladi, ya'ni ular kengayadi.
3. Aralash nafas olish, ya'ni pastki qovurg'alar, diaffagma ishtirokida nafas olish. Bunda ko‘krak qafasi va kiftlar ko‘tarilmaydi. So'zlaganda ravon, hovliqmasdan tabiiy nafas olish, uni kerakli ohang talabiga ko‘ra sarflash zarur. S.Inomxo‘jayev, A.Zunnunovlar tomonidan yara- tilgan “Ifodali o‘qish asoslari” o‘quv qo‘llanmasida nafas faoliyatini yaxshilash uchun quyidagi besh xil nafas mashqi tavsiya qilinadi:
1. Kontrol mashq. Bu nafasning diafragmal-aralash usulda to‘g‘ri olinishini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladigan mashqdir. Uni o'tkazishda tik va erkin turib, ikki qo‘l bilan ikki (oxirgi) qovurg‘ani bositr, ohrsta, chuqur nafas olinadi va yana asta-sekin nafas chiqariladi. Bunda ko'krak qafasi va yelka ko'tarilmaydi. Chuqur nafas yetimcha qovurg'a ustiga qo‘yilgan qo'lni ikki yonga ko'taradi. Mashq yaxshi o'zlashtirilgunga qadar muntazam davom ettiriladi.
1 Nizomiddin Mahmudov. O'qituvchi nutqi madaniyati. Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. - Toshkent: 2007, 180-bet.
-39-
www.ziyouz.com kutubxonasi
- Qorinni tortish mashqi. Bu mashq chuqur nafas olib, o‘pka havo i to‘ldirilgach, nafasni chiqarmay, “ushlab” turgan holda, qorinni yuqoriga tortish mashqidir. Mashq qorinni tortib turish ko‘nikmasi ho- sil boigunga qadar davom ettiriladi.
3. Sanash mashqi. Bu diafragmal usulda nafas olib, erkin turgan hol- da, erkin ovoz bilan birdan beshgacha (1,2, 3,4, 5 deb) sanash mashqi- dir. Birdan beshgacha sanalgach, nafas olinadi va mashq yana davom ettiriladi. Keyin sanoq 10 gacha, 15, 20, 25 largacha oshirib boriladi. Mashq davomida ovoz va gavda erkinligi saqlanadi.
4. Musaiia’ mashqi. Bu mashq doston va ertaklardan olingan ra- von, sodda va tasviriy xarakterdagi saj’ tekstlari asosida o'tkaziladigan mashqdir. Bunda matn erkin talaffuz etilgan holda, ikki-uch o‘rinda na- fas olib, keyin cho‘ziq nafas olinadi. Masalan:
“Hasan shunday yigitdi: V husni to‘lgan oydayin, ming qo‘y sotgan boydayin, V qoshu ko‘zi yoydayin, qomatlari kelishgan, kiygan to‘ni yarashgan, qaragan ko‘z qamashgan, yigitlari so‘rashgan. V Tomoshaga kelganlar, ancha qizu o‘g‘lonlar, Hasanxonday lochinni, qizlar to‘nab sochini, gul ochilgan bahorda keldi bizning diyorga”
(“Hasanxon” dostonidan)
Bu parchani o‘qishda “V” belgisi qo'yilgan o‘rinda nafas olinib, keyin talaffuz qilish tempi tezlashtirilib, matn bir yoki ikki nafasda o‘qiladi. Mashq paytida, erkin o'qishdan tashqari, talaffuzning aniqli- giga va matnning mantiqiy izchilligiga e'tibor beriladi.
5. She’r o‘qish mashqi. Bu mashqda g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuk- sak boTgan uzun misrali she'ming oldin bir misrasi bir nafasda, keyin ikki misrasi bir nafasda va hokazo tarzda 0‘qiladi1.
ovoz
Ifodali o‘qish san'atida ovozning ahamiyati beqiyosdir. Ovoz ham, nutq ham insonga Yaratguvchi Zot tomonidan berilgan ilohiy ne'mat hisoblanadi. Shunday ekan, ovozning yoqimli yoki yoqimsizligi biz- ning ixtiyorimizda bo‘lmagan hodisadir. Lekin ovozni o‘miga qo‘yish, shakllantirish va iming sohibi boTish - inson ixtiyoridadir. Ovozni
1 Inomxo'jayev S. Zunnunov A. Ifodali o'qish asoslari. -Toshkent: 0‘qituvchi, 1978. 14-15-betlar.
-40-
www.ziyouz.com kutubxonasi
MUtJdiannrish dcganda rnaxsus mashqlar orqali inuntaxam snug'ulLndh. ovozm chiniqtirib borish tushuniladi.
Ovoz inson oliy asab tizimining mahsuli bo‘lib, uning manbai tomoqda joylashgan tovush paychalaridir. Bu paychalar juda hara- katchan, sezgir shilliq pardalardan iborat. Ovoz paychalari inson gav- dasiga nisbatan gorizontal holda joylashgan bo‘lib, ikkita yarim shar- dan iboratdir. Bu yarim sharlaming yoy qismi hiqildoq devorlariga yopishgan o'rtasi esa uzimasiga ochiq bo‘ladi.
Oliy asab tizimining muayyan signali bilan tovush paychalari titray- di, cho‘ziladi, qisqaradi, g'oyat nafis harakatlar kompleksini bajaradi, natijada ovoz paydo bo‘ladi. Tashqariga chiqqunga qadar turli qaytar- gichlarga urilib chiqqan tovush ovoz deyiladi.
Ovoz yo‘li. Paychalardan iborat boTgan tovush chiqadigan bo'shliq ovoz yoTi deyiladi. Ovoz yoTi tomoqning tovush paychalaridan yuqori qismi, og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘idan iborat. Ovoz yoTining toza, sogTom boTishi ovozning ohangdor, jarangli va ta'sirchan boTishini ta’minlaydi.

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling