Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet14/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Tushkunlik esa, bosiq. bo‘g‘iq va noxush, qattiq ovoz bilan ijro eti- ladi.
Mirzo Ulug‘bek ko'zlarini yumgancha sekin uf tortdi, peshonasida- gi ajinlari quyuqlashib, so‘lg‘in chehrasida bo'lakcha bir g'amginlik aks etdi. - Yo‘q! - Mirzo Ulug‘bek sekin bosh chayqadi. - Ali Qush- chi yashirinmog'i lozim. Uni qidirmishlar. Va lekin... kitoblar qayda?
-44-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Men buni bilmog‘im darkor. Toki... musofir yurtga ketmoqdamen. 0‘z elimga qaytmoq nasib bo‘lurmu, yo‘qmu - buni faqat Haq taolo bila- dur, darvesh...
Demak, ovoz o'zgarishi asar voqealarining kechishi bilan, qahra- monlar xarakteri va ruhiy holati bilan chambarchas bogTiqdir. Ifodali o'qish jarayonida ovoz asta-sekin ko‘tarilsa maqsadga muvofiqdir, chunki dabdurustdan baqirib o'qishdan boshlash - qo‘pollikdir. Ijroda ovozni asta-sekin ko‘tarish foydali, chunki ovoz bundan kuchayadi. Ammo ovozni ko‘tarishda chinqirib baqirishgacha yetib bormaydigan chegara boTishi lozim. Taniqli tilshunos olim Hasanboy Jamolxonov nutqda ovoz tovlanishlari va uning gapdagi ahamiyati haqida shun- day deb yozadi: “Nutqda ovozning (tonning) baland-past tarzda toTqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, melodika esa, gapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini belgilashda, sintag- malami, kirish so‘z yoki kiritma gaplami ifodalashda muhim vosita sanaladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutqda boshqa akustik vositalar (urg‘u, intonatsiya, tembr, temp kabilar) bilan munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qilishi ham mumkin, bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv-stilistik maqsad- larda, ayniqsa, she'riy misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib top- tirishda foydalaniladi”1. Binobarin, ovoz imkoniyatlaridan to‘g‘ri foy- dalanish ifodali o‘qishda beqiyos ahamiyatga egadir.
Mashq. She'mi o‘qing. Ovoz o‘zgarishi bilan bogTiq o‘rinlami bel- gilang. Ovoz tovlanishlarining sababini tushuntiring.
0‘zbekiston
Bu dunyoda chamanlar ko‘p,
Bu dunyoda vatanlar ko‘p.
Barchasida yashnar gullar,
Barchasida yayrar dillar,
Mening uchun aziz bo‘ston - O'zbekiston, 0‘zbekiston!
1 Hasanboy Jamolxonov. O'zbek tilining ' nazariy fonetikasi. -Toshkent: Fan, 2009. 81-82-betlar. _
-45 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
Chorlar ezgu yoMlar meni,
Ajdodlarim qo‘llar meni.
Bu Vatanda to'kmasman yosh,
Bu Vatanda egmasman bosh.
Mening uchun aziz bo'ston - 0‘zbekiston, 0‘zbekiston!
Sahrolar gul ochar senda,
Samolar nur sochar senda.
Yulduzlaring so‘nmasin hech,
Bag'ringga g‘am qo'nmasin hech,
Mening uchun aziz bo'ston - 0‘zbekiston, 0‘zbekiston!
(M. Mirzo)
Ovoz va nafasni chiniqtiruvchi mashqlar
Ovoz va nafasni chiniqtirish uchun m, n, ng, l, r sonor tovushlariga unlilami qo‘shib talaffuz qilish mashqlari ham yaxshi natija beradi. Shuningdek, tez aytish mashqlari ham ba'zi tovushlami to‘g‘ri talaffuz etish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Mashq. Berilgan harfbirikmalarini to‘g‘ri talaffuzbilan o‘qing. Har bir qatomi bir nafasda o‘qishga harakat qiling:

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling