Ziyoda masharipova
Ega kesim 1. Bu olivjanob inson /Muhammadning ustozidir
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
Ega kesim
1. Bu olivjanob inson /Muhammadning ustozidir. Ega aniqlovchi kesim 2. Bu /oliyjanob inson Muhammadning /ustozidir. Birinchi gapda ustoz oliyjanob, ikkinchi gapda esa Muhammad oliy- janob ekanligi anglashiladi. Sintagma urg‘usidan keyin ba'zan vergul qo'yiladi, ba'zan qo‘yilmasligi ham mumkin. Ifodali o‘qishda sintagma 1 Hasanboy Jamolxonov. 0‘zbek tilining nazariy fonetikasi. -Toshkent: Fan, 2009, 167-bet. -53- www.ziyouz.com kutubxonasi urg'usining o‘mini to‘g‘ri belgilamaslik - gapning mazmuni va ifodali nutqqa jiddiy putur yetkazadi. Sintagma urg‘usining ahamiyati shundaki, u pauza, so‘z yoki jum- lalamingbo‘linib-bo‘linib, tezyoki sekino‘qilishi,ovozningko‘tarilishi yoki pasayishi kabi intonatsiya vositalarining reallashuviga imkon be- radi. III. “Ayirav urg‘usi - gap bo‘laklaridan birini alohida ta'kidlash uchun yoki so‘zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida qo'llanadigan urg‘u. U ikki turga bo‘ linadi: logik urg‘u (mantiq urg‘usi) va emfatik urg‘u”'. 1. Logik urg‘u lingvistik adabiyotlarda ba'zan gap urg‘usi, mantiq urg‘usi, mantiqiy urg‘u, ma’no urg‘usi nomlari bilan ham yuritiladi. Har bir nutq bo‘lagi, misra yoki bandda shunday muhim so‘zlar uchraydiki, ular shu bo‘lak, misra va bandning mag‘zini o‘zida aks ettiradi. Bunday so‘zlar mantiqiy urg‘u olgan so'zlar bo‘lib, ulami alohida ta'kidlash yoki ovozni kuchaytirish orqali ifoda qilinadi. Matnda mantiqiy urg‘u olgan so‘zlar har doim ham aniq bilinib tur- maydi. Shu boisdan ham, asami ifodali o‘qishga kirishishdan oldin, matnni bir necha marta o‘qib, g‘oyaviy-badiiy xususiyatini aniqlash, muallif maqsadini tushunish lozim bo‘ladi. Mantiqiy urg‘u olgan so‘zni izlayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va ma'noni kuchaytirish uchun qoMlangan takroriy so‘zlarga hamda ayrim gaplardagi ta'kidlovchi so‘zlarga alohida e’tibor berish kerak. Odatda mantiqiy urg‘u olgan so‘zdan keyin qisqa pauza qilinadi. Masalan: Quyidagi she'riy parcha- lami o‘qib, mantiqiy urg‘u olgan so‘zlarga e'tibor beraylik. Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling