Ziyoda teshaboyeva, nozima gulimboyeva


Download 222.54 Kb.
bet1/107
Sana20.07.2023
Hajmi222.54 Kb.
#1661338
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Siyosiy atamalar lug\'ati


ZIYODA TESHABOYEVA, NOZIMA GULIMBOYEVA


SIYOSIY ATAMALAR INGLIZCHA-O’ZBEKCHA –RUSCHA LUG’ATI

Toshkent-2023
Tuzuvchilar: Z.Teshaboyeva N. Gulimboyeva
Taqrizchilar: U.Yo‘ldoshev
R. Xudjayeva

KIRISH
Taniqli tarjimon, olim Sanjar Siddiq ta’kidlaganidek, “Tarjima – asarning boshqa tildagi to‘liq nusxasidir”. Tarjima adabiyoti millliy adabiyot xazinasidan o‘z o‘rnini topib, yildan-yil boyib borayotgan bugungi kunda olimning yuqoridagi so‘zlari qanchalik to‘g‘riligi takror takror o‘z tasdig‘ini topmoqda. Bugungi kun tarjima vositasida butun jahon xalqlari bilan madaniy muloqot o‘rnatilmoqda. Endi tinimsiz izlanishlar, chuqur nazariy, tanqidiy tadqiqotlar olib borilishi kerak. Muhimi, badiiy ijodning bu injiq sohasi vakillari, ya’ni tarjimashunos-tadqiqotchilar qancha ko‘paysa, soha ham shunchalik taraqqiy etadi, original manba bilan bellasha oladigan tarjima asarlar dunyoga keladi.
Darhaqiqat, tarjima azaldan til bilan bir qatorda mavjud bo‘lib, adabiyot bilan uzviy bog‘liqlikda taraqqiy etgani bois ushbu sohalarni bir biridan alohida ajratish mumkin emas. Badiiy tarjima vositasida dunyo adabiyoti namunalari xalqlarning madaniy hayotiga kirib kelishi bir xalqning boshqa xalq ma’naviy hayoti, urf-odat, an’analari bilan yaqindan tanishishiga ko‘mak beradi. So‘nggi chorak asr mobaynida ushbu sohada erishilgan yutuqlarimizning asosiy sababi mamlakatimizning 29 yillik Mustaqilligimizning sarhisobida ko‘rishimiz mumkin. Jahon adabiyotidagi eng sara asarlarning o‘zbek tiliga va o‘zbek adabiyoti namunalarining dunyoning o‘ndan ortiq tillariga tarjima qilish jarayonining yangi pallasi aynan ana shu – 1991-2020 yillarni o‘z ichiga olgan davrga to‘g‘ri keladi.
Shu bois bugungi kunda hozirgi zamon davr talablaridan kelib chiqqan holda tuzilgan turli soha izohli lug‘atlariga katta ehtiyoj sezilmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda hozirda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar nuqtai nazaridan ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lug‘atini tuzish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan dastlabki yillarda terminologiyamizda, xususan, ijtimoiy-siyosiy soha atamalarida murakkab holat, ya'ni atamalardagi xilma xillik avj olib ketdi. Qisqa vaqt ichida bu sohadagi bahsli terminlarning ilmiy asoslangan muqobillari tanlandi. Natijada boshboshdoqlik bartaraf etildi. Endi esa bu terminlarning ma'lum bir tartibga solingan tizimli izohli lug‘atini tuzish1 muhim vazifa hisoblanadi. Ijtimoiy-siyosiy leksika lug‘aviy sistemaning jamiyat siyosiy hayoti yoki siyosiy tizimiga bevosita aloqador bo‘lgan hodisalar, jarayonlar va munosabatlarni ifodalovchi, ayni vaqtda ijtimoiy-tarixiy, iqtisodiy, madaniy, diniy, ma'naviyma'rifiy kabi omillar aossida shakllanuvchi o‘zgaruvchan qatlamdir1. Ijtimoiysiyosiy leksika ijtimoiy-siyosiy terminologiyaga nisbatan kengroq hodisa hisoblanadi.
Ushbu inglizcha-o’zbekcha-ruscha Siyosat va Davlat boshqaruviga oid atamalar lug’ati bir necha tillarda muloqot qiluvchi siyosatchilar, Davlat Boshqaruv Organlari xodimlari, tarjimonlar va barcha til o’rganuvchilar mutolaasi uchun ochiq taqdim etildi. O’zbekiston Respublikasi hududida ingliz tiliga talab kunda-kunga ortayotgani hamda bu til zamonamizning eng aktual tillaridan biri ekanini hisobga olgan holda, o’quvchiga qulay holatda lug’at ingliz tili alifbosi bo’yicha tartiblandi.
Bugungi kunda o’z sohasi bo’yicha professional kadr bo’lish bilan birga bir necha tillarni bilish, shu sohadagi eng asosiy atamalardan xaabrdor bo’lish zamon talabidir va bu ish unumdorligini bir necha baravarga oshishiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz butun jahon bo’ylab, ko’pgina davlatlar bilan har tomonlama do’stlik, hamkorlik ko’priklarini o’rnatmoqda. Bu sa’y- harakatlar albatta, xalqaro tillarda mas’uliyatli va samarali suhbatlar, qonuniy hujjatlar bilan o’z tasdig’ini topadi. Bunda mazkur lug’at o’zida mavjud atamalar bilan o’quvchiga katta amaliy yordam ko’rsatadi.
Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-sonli “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4479-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ona tilimiz – o‘zbek tilining rivoji uchun tom ma'nodagi yangi davrni boshlab berdi, uning yaqin kelajakda rivojlanish tendensiyasini belgiladi.
Qo’lingizdagi ushbu lug’atda ba’zi inglizcha siyosiy atamalarning o’zbek tilida mavjud bo’lmagan tarjimalar ustida izlanishlar olib borilgani va tarjimonlar uchun qulaylik yaratgan holda ingliz alifbosi bo’yicha tartiblangani e’tiborga molikdir. Ayniqsa, sinxron tarjimonlar ish vaqtida sioyosiy nutqlarni iloji boricha tez va sifatli tarjima qilishlari uchun ushbu lug’at yordamga keladi. Undagi atamalar bilan tanishish jarayonida o’quvchi bu atamalarning izohi bilan ham baravar boxabar bo’ladi. Bu esa albatta, tarjimonning ilmiy salohiyatini ham oshishiga sabab bo’ladi. Lug’atda siyosiy nutqlarda, turli konferensiyalarda eshitish mumkin bo’lgan sohaga doir ko’p atamalar keltirilgan bo’lib, ular juda ko’p miqdordagi gazeta, jurnallar, OAV orqali va atamalar lug’atidan foydalanildi.
Bu masalalarning o‘ta keng qamrovliligi sababli lug‘atda munozarali o‘rinlar bo‘lishi tabiiy bir hol, albatta. Shu bois mualliflar lug‘at yuzasidan bildirilgan bunday fikr va mulohazalarni samimiyat ila qabul qiladilar va, o‘z navbatida, oldindan minnatdorchilik bildiradilar.


Download 222.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling