Ziyorat turizmida xalqaro inson resurslari menejmenti
Raqamli iqtisodiyot tamoyillari asosida ziyorat turizmida inson resurslarini boshqarishni takomillashtirish yo`nalishlari
Download 314.25 Kb.
|
Kurs ishi Toxirova N
3. Raqamli iqtisodiyot tamoyillari asosida ziyorat turizmida inson resurslarini boshqarishni takomillashtirish yo`nalishlari.
XX asrda dunyoning ko‘p davlatlari asosi mehnat bo‘lgan kommunizm siyosatidan asosi texnologiyalar va erkin bozor iqtisodiyoti bo‘lgan kapitalizmga o‘tishdi. Mehnatni tashkil etishning industrial tizimida bilim, xuddi mehnatdan ajratilganday bo‘lib, u ishlar loyihasini ishlab chiquvchi tomonidan yozilgan qoidalar va ko‘rsatmalarga muvofiq bajarilishi kerak edi. Postindustrial iqtisodiyotning ilk kunlarida "mehnatni insoniylashtirish", "ishlar rotatsiyasi", "inson resurslarini rivojlantirish", "mehnatni boyitish" kabi tushunchalar keng qo‘llanila boshlandi va "mehnatni professionallashtirish" va demokratlashtirish (avtonomlashtirish) tendensiyalari kuzatildi. Mehnatning tabiati va mazmuni bosqichma-bosqich o‘sib bordi, ular operatsion teyloristik mehnatni tashkil etishdan funktsiyalar va kasblarni birlashtirgan holda ko‘p tomonlama mehnatni tashkil etishga o‘tishni boshlashdi. O‘tmishdan farqli o‘laroq, uskunalarni profilaktika qilish, ta'mirlash va qayta dasturlashtirish asosiy xodimlarga yuklatilgan. Bu nafaqat ishlab chiqarishning, balki mehnatni ham moslashuvchan tashkil etishning natijasidir. Shunday qilib, mehnatni demokratlashtirish va avtomatlashtirish ishchini "mashina diktaturasi" va byurokratik ko‘rsatmalardan ozod qiladi, unga qaror va harakatlarida tanlash erkinligini berib, muvaffaqiyatli ishlash uchun javobgarlik va riskni oshiradi. Kompyuterlashtirish natijasida ish beruvchilar ish vaqtini, shuningdek vazifani bajarish muddatini aniq hisoblash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada ish soatlariga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda "maqsadli" yollashni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi texnologiyalar qisqa vaqt ichida har xil turdagi ishchilarni yollash bilan bog‘liq an'anaviy xarajatlarni bartaraf qilishi mumkin, chunki ularning yordami bilan zarur ish hajmini hisoblash, zarur ishchilar sonini olish va ish haqini hisoblash mumkin bo‘ladi. Biroq, samaradorligini ikki baravar yoki uch baravar oshirgan to‘liq avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ishsizlikning ko‘payishi yoki doimiy ishchilar soni barqarorlashuvi qayd etilmoqda. Turizm sohasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, barcha xizmatlar iste’molchilariga, ham maishiy xo‘jaliklarga, ham davlat organlariga ta’sir ko‘rsatadigan murakkab jarayondir. Ichki va tashqi muhitning mos omillarini shakllantirishda turizm sohasidagi korxona o‘z faoliyatini raqamli rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega.8 Ma'lumki, turizm – bu xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘lib, unda mahsulot tabiatan nomoddiy bo‘ladi. Shuning uchun, raqobatlashish va yakuniy foydalanuvchining ehtiyojini qondirish uchun yaxshi tayyorlangan kadrlar bazasi bo‘lishi kerak. Mehmonxona sanoatidan tortib sayyohlik agentliklarigacha turizm industriyasining har bir sho‘ba korxonasi shaxslar o‘rtasidagi muloqotga bog‘liqdir. Aynan shu xususiyat tufayli, turfa xillik va nomoddiylik inson resurslarini boshqarishning roli va uning ahamiyati har tomonlama ortishiga sabab bo‘lmoqda. Ishga qabul qilishdan boshlab, tanlash va keyin ularni sayyohlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lishi va yuqori darajadagi xizmatlarni taqdim etishi orqali ularning dam olish, ziyorat qilish va hokazolarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish uchun xodimlarni o‘qitish, tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlarning hammasi insonlar orasidagi bevosita aloqaga asoslangan bo‘lib, bu o‘rinda mexnik o‘rinbosarlar juda kam. Turizm industriyasida HRM muammolari mavjud bo‘lib ular asosan quyidagi omillarga borib taqaladi: Salohiyatli mutaxassislarning yetishmasligi: Turizm sanoati hozirda texnik va professional xodimlarning yetishmasligi sababli bir qancha qiyinchiliklarga uchramoqda. Turizm alohida o‘rganish fani sifatida yaqindagina tashkil etilgan va shuning uchun mehnat bozorida professional mutaxassislar juda kam. Bu esa sohaga salohiyati past kadrlarni olishga olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida turzim sanoatida xizmat ko‘rsatish sifatining tushishiga olib keldi. O‘zbekistonda ham turizm bo‘yicha professinonal ta'lim va trening o‘tkazuvchi markaz va institutlar barmoq bilan sanarli darajada kam. Bunday markazlarni ko‘paytirish ham mamlakatimizda turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatining sezilarli darajada oshishiga va natijada sayyohlar oqimining oshishiga qo‘shishi mumkin. Iste'dodli odamlar ushbu sohaga o‘z kasbidek qaramadi: Turizm yaqin o‘tmishda jozibador soha hisoblanmagan va odamlar bank ishi va va investitsiya sektori afzal ko‘radigan kishilar nisbatan ko‘proq bo‘lgan. Biroq, bu sohalarda to‘yinganidan keyin shuningdek, turizmning global o‘sishi odamlarning qiziqishlarining turizmga o‘zgarishiga olib keldi. Hatto bugungi kunda ham turizm sanoati xodimlariga ular loyiq bo‘lgan darajada ish haqi to‘lamaydi. Lekin mehmondo‘stlik sohasida ish haqi darajasi ancha ko‘tarilmoqda. Odatda past ish haqi, malaka etishmasligi (masalan, oshpazlar): Sohada texnik ko‘nikmalarni talab etuvchi bo‘sh ish o‘rinlari talaygina. Ammo past oylik tufayli juda kam kishilar bu kasbni tanlaydilar. Noodatiy ish soatlari va smenalar: Turizm sanoati dunyoning asosiy qismlarida butun mavsum davomida kechayu kunduz ishlaydi. Shuning uchun bu sohadagi ish vaqti odatdagidek 9:00 dan 17:00 gacha bo‘lmasligi aniq. Ba’zan xodimlar tungi smenalarga ham jalb qilinishi mumkinligi bu sohaning boshqa sanoatlarga nisbatan kam talabgir ekanligiga sabab bo‘lishi mumkin. Yuqori statusli va katta tajriba talab etadigan ish o‘rinlarining asosan erkak kishilar tomonidan egallanishi. Sektorda teng imkoniyatlar siyosati ishlab chiqilmaganligi: Turizm sanoati haligacha mukammal boshqaruv va siyosat yuritish tartibini ishlab chiqmagan. Karyera tuzilmasining juda yomonligi yoki umuman yo‘qligi, shuningdek, tasodifiy mavsumiy bandliklar. Norasmiy tarzda ishga qabul qilish metodiga haddan tashqari ishonib qolish: Turizm sektorida ishga qabul qilish jarayoni hali yetarli darajada standartlashtirilmagan va muayyan tuzilmaga ega emas. Ishga olish siyosati o‘z o‘rnida ishlamaydi va norasmiy tarzda ishga olish sohada professional bo‘lmagan xodimlarning ortishiga xizmat qiladi xolos. Shu o‘rinda, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida turizm faoliyatini axborot bilan ta’minlash uni rivojlantirishning eng muhim omili hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotning asosiy farqlovchi omili shundaki, axborot eng muhim boylik bo‘lib, uning qiymati doimiy ravishda oshib bormoqda. Turizm sohasida yagona axborot makonini shakllantirish masalasi anchadan beri muhokama qilinib kelinmoqda. Bu borada turizm sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan katta ishlar qilindi. Turizm sanoati eng yangi raqamli texnologiyalarni faol joriy etishga toʻliq eʼtibor qaratmoqda. Faoliyatning aksariyati raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga mos ravishda, jumladan, turlarga buyurtma berish tizimi, elektron toʻlov texnologiyalari va boshqalarni hisobga olgan holda qayta tuzildi. Turizmni axborot bilan ta’minlash – bu turizm tizimining samarali ishlashini ta’minlaydigan turizm faoliyati va uni qayta ishlash va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuasi. Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli axborot va tegishli ma’lumotlarni boshqarish usullari asosiy bo‘lgan iqtisodiyotning o‘ziga xos turi. Raqamli iqtisodiyot ishlab chiqarishning barcha boshqa elementlaridan raqamli axborotning ustun roli bilan tavsiflanadi. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida turizm faoliyatini axborot bilan ta’minlash uni rivojlantirishning eng muhim omili hisoblanadi. Turizm faoliyatida xizmatlarni ishlab chiqarishning asosiy omili xizmatlarning potentsial iste’molchisi olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotdir va turistik faoliyatning yakuniy natijasi iste’molchining sayohat paytida olgan taassurotidir. Raqamli iqtisodiyot barcha darajadagi iqtisodiy tizimlarda sodir bo‘ladigan barcha biznes jarayonlarning integratsiyalashuviga asoslanadi, bunda axborot komponentiga alohida ahamiyat beriladi, integratsiyalashgan global tizimda real vaqt rejimida iqtisodiy tizimlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida axborotkommunikatsiya muhiti, axborot tizimlari va xizmatlariga yangi talablar shakllantirilmoqda. Yagona axborot makonini shakllantirish aholining ijtimoiy-iqtisodiy sohaga yo‘naltirilgan sifatli va ishonchli axborot olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda. Raqamli iqtisodiyotning asosiy farqlovchi omili shundaki, axborot eng muhim boylik bo‘lib, uning qiymati doimiy ravishda oshib bormoqda. Turizm sohasida yagona axborot makonini shakllantirish masalasi anchadan beri muhokama qilinib kelinmoqda. Bu borada turizm sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan katta ishlar qilindi. Turizm sanoati eng yangi raqamli texnologiyalarni faol joriy etishga toʻliq eʼtibor qaratmoqda. Faoliyatning aksariyati raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga mos ravishda, jumladan, turlarni bron qilish tizimi, elektron toʻlov texnologiyalari va boshqalarni hisobga olgan holda qayta tuzildi. Raqamli iqtisodiyotning shakllanish darajasi ko‘p jihatdan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va ularni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga joriy etish darajasi bilan belgilanadi. Texnologiyalarning rivojlanishi tufayli O‘zbekiston Respublikasi aholisining 81 foizi, savdo korxonalarining 93 foizi, transport korxonalarining 80 foizi, davlat organlarining 95 foizi Internetdan foydalanadi. Eng muhimi, Internet-texnologiyalar moliyaviy operatsiyalarda, davlat organlari bilan o‘zaro aloqada, yyetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan aloqa qilishda qo‘llaniladi. Asosan, turizm sohasidagi barcha korxonalar u yoki bu darajada axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadi. Faoliyatning barcha asosiy jarayonlari axborotni qayta ishlashga, shu jumladan turizmdagi turli bronlash tizimlariga, axborot-qidiruv tizimlariga, hamkorlar, yakuniy foydalanuvchilar bilan axborot-kommunikatsiya aloqalariga asoslanadi. Turizmda zamonaviy reklama texnologiyalarining salmoqli qismi internet texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga binoan, 2022-2026 yilgacha bo‘lgan davrda “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” nomli ustuvor yo‘nalishi 16 ta maqsadni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish – maqsadi 10 ta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi, bular quyidagilar: − To‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish. 2026 yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga yyetkazish. − Turizm va madaniy meros ob’ektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan ortiq madaniy meros ob’ektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat dasturini qabul qilish. − Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etish, 300 million AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirish, 25 ming ish o‘rinini yaratish. −Samarqandni «Turizm darvozasi»ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmini kamida 10 baravarga oshirish. Turizm sohasida 40 ming kishi bandligini ta’minlash. 2022 yilda «Abadiy shahar» tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan Samarqand turizm markazini va zaruriy infratuzilmani tashkil etish. − Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish. Bunda, Mo‘ynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish. − Xorazm viloyatida turizm yangi ish o‘rinlarini yaratishda asosiy drayver soha bo‘lishi uchun alohida dastur qabul qilish. − Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish. − Navoiy viloyatida ziyorat va ekoturizm salohiyatidan samarali foydalanish. − Toshkent shahrida turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash. − Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish. Axborot infratuzilmasini mega darajada shakllantirish bilan Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO), Butunjahon sayohat va turizm kengashi (WTTC) kabi tashkilotlar shug‘ullanadi. Makro darajada turizmda axborot infratuzilmasini rivojlantirish milliy turizm ma’muriyatlari va milliy turizm tashkilotlari zimmasiga yuklangan. Mintaqaviy darajada axborot infratuzilmasi hududiy turizmni boshqarish organlari tomonidan shakllantiriladi. Turistik tadbirkorlik faoliyatining alohida korxonalari mikro darajani ifodalaydi, ular tomonidan axborot ta’minoti mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Bozorning barcha ishtirokchilari, jumladan, turoperatorlar va sayyohlik agentliklari, joylashtirish vositalari, transport kompaniyalari, turistlarning o‘zlari o‘zaro hamkorligi turizm sohasining axborot maydoni tufayli shakllanadi. Axborot makonining asosiy komponentlari axborot resurslari, axborotning o‘zaro ta’siri vositalari va axborot infratuzilmasi hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi hozirgi vaqtda iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili bo‘lib, turizm faoliyatini tashkil etishning barcha jabhalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, bu tubdan yangi turdagi tashkilotlarning, shu jumladan virtual sayohat kompaniyalarining shakllanishida namoyon bo‘ladi. Bular tarmoq turoperatori tuzilmalari va shu kabilar hisoblanadi. Turistik va rekreatsion firmalar bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish va rivojlantirishga tobora ko‘proq muhtoj bo‘lib, ular bu bilan bog‘liq iqtisodiy manfaatlardan xabardor. Biroq, barcha kompaniyalar yangi texnologiyalarni joriy etishga tayyor emaslar, chunki bu ma’lum darajadagi xavf bilan bog‘liq, shuningdek, kelajakdagi ko‘rsatkichlarni bashorat qilish qiyinligi. Turizmda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishga malakali yondashish bilan bularning barchasi korxonalarga katta daromad keltirishi mumkin. Download 314.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling