ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ МОДЕЛЬ РАЗВИТИЯ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ИНТЕРЕСОВ СТУДЕНТОВ
Аннотация
При решении производственных задач они ценят новые вещи, такие как творческое производство, обучение жизни,
адаптивность к обучению и ответственность за достигнутые цели. При изучении фундаментальных наук
рассматриваются вопросы проверки познавательных процессов студентов технических специальностей. В данной статье
описывается реализация модели и мониторинг когнитивной нагрузки студентов.
Ключевые слова: Компетенции в инженерном образовании, модель, педагогические условия, образование,
компьютерная графика, творческая, познавательная, наблюдательность.
TALABALARNING KOGNITIV QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISHNI PEDAGOGIK MODELI
Annotatsiya
Ishlab chiqarish muammolarini hal qilishda ijodiy yondashuv, hayot davomida o‘rganish, o‘zgarishlarga moslashish qobiliyati va
tugallangan loyihalar uchun mas’uliyat kabi yangi qobiliyatlarni yuqori baholaydilar. Fundamental fanlarni o‘rganish jarayonida
texnik mutaxassislik talabalarida kognitiv qiziqishlarini shakllantirish masalalari ko'rib chiqiladi. Ushbu maqolada model va
talabalarni kognitiv qiziqishlarini shakllantirishni amalga oshirish shartlari tavsiflangan.
Kalit so‘zlar: Muhandislik ta’limi bo‘yicha kompetensiyalar, model, pedagogik shartlar, ta’lim, kompyuter grafikasi, ijodiy,
kognitiv, qobiliyat.
Kirish. Hozirgi vaqtda ijtimoiy rivojlanishning
zamonaviy sharoitlari, takomillashtirilgan ishlab chiqarish
texnologiyalari va iqtisodiyotning globallashuvi asosida
muhandislarni
tayyorlash
jarayoniga
yangi
talablar
qo'yilmoqda. Bugungi kunda ta’limga tor va professional
yondashish yetarli emas, oliy ta’lim mehnat faoliyati uchun
yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash bilan birga ma’lum
madaniy me’yorlarni, demokratik qadriyatlarni, axloqiy
tamoyillarni o‘zlashtirgan bilimli fuqaro, tanqidiy fikrlaydigan
shaxsni shakllantirishi kerak. Bu yangi shaxs xatti-harakatlar
va tanlovlarning ma'naviy qiymatini, milliy madaniy
qadriyatlarning ahamiyatini va madaniyatlararo muloqotni
qadrlash qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Bugungi kunda ish
beruvchilar kasbiy bilim va ko'nikmalar bilan bir qatorda
jamoada ishlash, ijodkorlik, voqealarni oldindan bilish va
kengroq kontekstda qo'yish qobiliyati, topqirlik, o'rganish va
o'zgarishlarga moslashish qobiliyati, samaradorlik va javob-
garlikni tashkil etish kabi yangi qobiliyatlarni qadrlashadi.
Jahonda fanning, ishlab chiqarishning turli sohalarini,
iqtisodiy rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishish uchun
muhandis kadrlar tayyorlash, ijodkor shaxsni shakllantirish,
kasbiy kompetentsiyani takomillashtirishga ehtiyoj ortib
bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |