Zohid jumaniyozov
-MA’RUZA TARJIMANING NUTQ MAZMUNIGA KO’RA TURLARI
Download 160.29 Kb.
|
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijodiy tarjima.
4-MA’RUZA
TARJIMANING NUTQ MAZMUNIGA KO’RA TURLARI Reja: 1. Ijodiy tarjima, so’zma-so’z tarjima, erkin tarjima, obrazlashtirilgan (idiomalashtirilgan) tarjima, moslama tarjima, mualliflashtirilgan tarjima, tadbil tarjima, akademik tarjima, bilvosita (vositali tildan) tarjima, bevosita tarjima, avtomatlashtirilgan (texnik) tarjima, kinofilmlar tarjimasi yoki dublyaj, transliteratsiya, transkriptsiya, kal’ka yo’li bilan tarjima va h. 2.Tarjima adekvatligi (adekvat tarjima) 3. Tarjima jarayonining pragmatik xarakteri, tarjima qilinish muammosi 4. Til tiziminining turli darajalarida tarjima ( Tarjimaning lingvistik va nolingistik aspektlari va asosiy lingvistik mushkulliklar) Tarjima amaliyoti paydo bo’libdiki, asliyatni ona tiliga qanday o’girish lozim - so’zma-so’zmi yoki erkin tarzdami – degan masala tarjimonlar oldida ko’ndalang turgan muammo sanaladi. Ayrim shaxslar, masalan, XX asrning boshlarida ijod qilgan san’atkorlar, so’zma-so’z tarjimani yoqlab chiqqanlari holda, amaliy faoliyatda shu usuldan ko’proq foydalanib kelgan bo’lsalar, kop’chilik ijodkorlar erkin tarjimani afzal ko’rib, san’atkor asliyatning harfini emas, ruhini, so’zini emas, mazmunini, shaklini emas, unda mujassamlashgan axborotnt bera bilishi kerak, degan nuqtai nazarni olg’a surganlar. Ammo masalani nazariy hal qilish lozimligi hech kimning hayoliga kelmagan. Tarjimaning maqsadi, kitobxonning saviyasi va didi, matn turi kabi qator masalalar muhokama kun tartibiga qo’yilmagan. Nazariy asosning ishlanmaganligi tarjima jarayoniga turlicha yondoshishni keltirib chiqargan. Bu, o’z navbatida, qator tarjima turlarining vujudga kelishiga sabab bo’lganki, ularning ayrimlari ijodiy-ilmiy, ba’zilari illatli deb tan olinadi. Quyida ularning ayrimlari haqida fikr yuritiladi. Ijodiy tarjima. Bu tarjima turida asliyat lisoniy vositalari matniy ma’nolari va uslubiy vazifalari umumxalq tili grammatik qoidalari bilan hamohanglikda qayta yaratiladi. Lisoniy vositalarning milliy-tarixiy, ijtimoiy va obrazli-hissiy xususiyatlari aslyaitga xos va mos tarzda talqin etiladi. Asar sahifalarida muayyan uslubiy maqsadlar uchun qo’llanilgan fonetik-orfoepik hamda leksik-grammatik nutqiy chekinishlar o’z vazifalariga muvofiq muqobil lisoniy vositalar yordamida tiklanadi. Bularning barchasi muallif maqsadining kitobxonga yetib borishi uchun imkon yaratadi. Download 160.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling