Zohid oxirgisi so'ngi
Boshqa joylardagi yog’ to’qimasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qoramol goshtini yetilishidagi biokimyoviy jarayonlar
Boshqa joylardagi yog’ to’qimasi. Bu qorin pardasining burmalarida
to’planadigan yog’dir, shuning uchun ham u qorin pardasining tagidagi yog’ deb ataladi. Molning buyraklarini o’rab turadigan ikkita yog’ xaltachasi ham shu xildagi yog’ jumlasiga kiradi. Buyrak oldi yog’i deb ataladigan bu yog’ biriktiruvchi to’qimalarining yumshoq yoki mo’rt bo’lishi bilan farq qiladi. Qorin osti yog’ining boshqa turlariga ichaktutqich yog’i bilan charvi yog’i ham kiradi, bular hazm yo’lining ichak va qatqorin sohasidagi qorin pardasining burmalarida joylashgan bo’ladi va go’sht nimtasidan alohida hisoblanadi. So’yilgan mol nimtalanganda, ichaktutqich yog’i va charvi yog’i alohida ajratib olinadi. Bichilgan buqalarning teri osti yog’ining davomi bo’lgan tashqi qatlami, qorin yog’iga aylanib ketadigan o’rta qatlam va qorin osti yog’idan iborat ichki qatlamdan tashkil topgan. Hayvonlar semirgan sari yog’ to’qimasidagi yog’ning miqdori ko’payib boradi. Go’shtning sifati va to’yimliligi yuqorida aytilgan to’qimalarning nisbati va kimyoviy tarkibiga ko’p jihatdan bog’liq. Mollarning tanasidagi umumiy yog’ning miqdori quyidagicha bo’lib, ular zotiga, yoshiga, jinsiga, semizligiga bog’liq bo’lgan holda: qoramollarda 1,5 dan 10 % gacha, qo’ylarda 0,6 dan 7,5 gacha, cho’chqalarda 12,5 dan 40 gacha bo’ladi. Bundan tashqari so’yilgan hayvonlarning ichki yog’i qoramollarda 0,5-6,4 %, qo’ylarda 0,2-5,4 va cho’chqalarda 1,9-6,8 %. Shu narsani e’tiborda tutish kerakki, ya’ni birga so’yilgan hayvonlarning yog’i bir-biridan o’zining rangiga, hidiga, ta’miga va erish haroratiga qarab farq qiladi. Bu shu narsani anglatadiki, ya’ni hayvonlarning yog’i bir-biridan o’zining tarkibiy qismiga qarab farqlanadi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling