II. Amin –ammiakli azotni aniqlash
Go’shtning tarkibida aminokislotalarni
va ammiakni to’planishi
go’shtning buzilishidan dalolat beradi. Amin-ammiakli azotni aniqlashda
go’shtdan oqsil ajratiladi va titrlash ikki yo’l bilan amalga oshiriladi. Ya’ni
aralash indikator yordamida va neytral formalin qo’shish bilan. Formalin bilan
aminokislota reaksiyasining mohiyati shundan iboratki, ya’ni aminokislotada
ikki vodorod amin gruppasi uglerod radikallari bilan almashtiriladi. Natijada
aminokislotalarning ishqoriy funksiyasi yo’qoladi, lekin kislotaligi saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |