Zohid oxirgisi so'ngi
v) go’shtni balli sistemada baholash
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qoramol goshtini yetilishidagi biokimyoviy jarayonlar
v) go’shtni balli sistemada baholash
Go’shtning yangiligi 25 balli sistema bilan baholanadi. Organoleptik yoki sensor tekshirish natijasida olingan ko’rsatkichlarga 13 ball beriladi, laboratoriya tekshirishdan olingan natijaga 12 ball belgilanadi. Ball yordamida baholashda mahsulotning sifat ko’rsatkichiga qarab ball kamayishi mumkin. Organoleptik, sensor tekshirishda quyidagi nohush belgilari bo’lsa, «skidka» qilinadi. Go’sht yuzasi qisman shilimshiqlangan bo’lsa 2 ball, go’sht yuzasining rangi qisman o’zgargan bo’lib, kamdan-kam zamburug’langan, hidi achqimtil yoki badbo’y bo’lsa, qo’l bilan bosganda hosil bo’lgan chuqurcha bir daqiqadan ortiq vaqtda yo’qolsa, tayyorlagan bulyon loyqa bo’lsa – 5 ball, go’sht yuzasi shilimshiq qoplama bilan qoplangan (qisman yopishqoq), go’shtning hidi chiriganlikni anglasa (go’shtning ichki yuza qismida hid bo’lmasa), hosil bo’lgan chuqurcha to’lig’icha to’g’rilanmasa, bulyoni loyqa, hushbo’y hidga yega bo’lmasa, bulyon yuzasida hosil bo’lgan yog’ tomchilari kichik bo’lsa – 7 ball. Go’sht yuzasi kuchli darajada namlangan yoki qurib ketgan bo’lsa, yuza qismining rangi kulrang yoki ko’kimtir, qirilganda qoralgan, chuqur yuzasidan chiqayotgan hid achqimtil bo’lsa, go’sht yuzasida hosil bo’lgan chuqurcha to’g’rilanmasa, bulyon yomon holatda va hidli bo’lsa 13 ball. Go’sht yuzasi kulrang yoki ko’kimtir, zamburug’ bilan qoplangan, hidi sassiq yoki chirigan hidni eslasa, konsistensiyasi shalviragan, bulyoni yomon, sassiq bo’lsa – u vaqtda go’sht organoleptik tekshirishlar natijasiga asoslanib, brak qilinadi va kimyoviy bakteriologik tekshirishlar o’tkazilmaydi. Laboratoriya tekshirishlari natijasiga asoslanib, ballar quyidagicha hisob qilinadi. Agar tekshirishlayotgan go’sht ko’rsatkichi yangi go’sht
ko’rsatkichlariga mos kelsa, bakterioskopik tekshirish natijasi va mis kukuni PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
65 bilan bo’lyon reaksiyasiga 2 ball, uchuvchan yog’ kislotalarini va amin – ammiakli azotning miqdori aniqlangan bo’lsa 4 ball beriladi. Yangilikka gumon qilingan go’sht ko’rsatkichini aniqlashda yarim balli sistema bo’yicha hisoblanadi. Ya’ni birinchi ikki ko’rsatkichga bir balldan chiqarib tashlanadi, keyingi ikki ko’rsatkich uchun 2 balldan chiqariladi. Agar tekshirilayotgan go’sht aniq tekshirishlar natijasi asosida yangi emas deb topilsa, u paytda ularning har qaysisi uchun belgilangan ball butunlay bekor qilinadi. Go’shtlarni balli sistemada baholashning oxirida go’sht quyidagi toifalarning biriga kiritiladi: Ishlatilish uchun yaroqlisiga 21-25 ball Yangilikka gumon qilinganiga 10-20 ball Yaroqsiz, yangi bo’lmagan go’shtga 0-9 ball beriladi. Go’shtning yangiligini aniqlashda ball sistemasi yordamida baholash standart talabiga muvofiq bajarilishi kerak. Go’shtni organoleptk va laboratoriya usullari yordamida tekshirganda ularning sifatiga o’rtacha qoniqarli baho berilsa, yoki ishlatish uchun yaroqsiz deb topilsa, u vaqtda go’sht kasal, charchagan yoki o’lim oldidan so’yilgan hayvonlardan olingan deb xulosa qilinadi. Bunday paytda olingan go’shtni sotish yoki sotmaslik bakteriologik tekshirishlar natijasiga asoslangan holda hal qilinadi. Vizual lyuminessensiya usuli va aminokislotalar reaksiyasi asosida go’shtning yangiligini aniqlash. Ningidrin bilan aminokislotalarning umumiy reaksiyasi. Sifat namunasi Ningidrin aminokislotalar va ammiak uchun universal indikator hisoblanadi va ular bilan rangli birikmalar hosil qiladi. Probirkaga (1:4) nisbatda tayyorlangan go’sht ekstrakti solinib, oqsillarni cho’ktirish uchun qizdiriladi va filtrlanadi. Boshqa probirkaga 5 ml oqsildan tozalangan filtratdan olinib, ustiga 1 ml 1 foizli ningidrin yeritmasi qo’shiladi. Probirka chayqatiladi va qaynab turgan suv hammomida 10-11 minut ushlab turiladi, keyin esa suv hammomidan olinib, sovitiladi, sovitilish oqib turgan suv jumragidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Buning natijasida yangi go’shtdan tayyorlangan filtrat och ko’k rangga bo’yaladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
66 Gumon qilingan go’shtdan tayyorlangan filtrat nastarin rangiga va yangi bo’lmagan go’shtdan tayyorlangan filtrat qizg’ish rangga bo’yaladi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling