Zohid oxirgisi so'ngi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qoramol goshtini yetilishidagi biokimyoviy jarayonlar
II. Yarim miqdor usuli
Bunday tekshirishni o’tkazish uchun 1 foizli glikol eritmasining rangli shkalasi tayyorlanadi. Buning uchun 7 ta bir xil diametrdagi probirkalar olinib, shartli ravishda belgi qo’yiladi, ya’ni bu belgi 5 ml ga mo’ljallangan bo’ladi. Probirkalarga shu holatda raqamlar yoziladi va har qaysisiga quyidagi miqdorda 1 foizli glikol eritmasi solinadi (ml hisobida). Birinchiga – 0,25, ikkinchiga – 0,5, uchinchiga – 0,75, to’rtinchiga – 1,0, beshinchiga – 1,25, oltinchiga – 1,5, yettinchiga – 1,75. Shundan keyin hamma probirkalarni belgisigacha distillangan suv qo’shiladi. Boshqa probirkaga 5 ml (1:4) nisbatda oqsillardan ajratilgan go’sht filtrati solinadi. Keyin esa hamma glikol solingan probirkalarga va keyingi filtrat solingan probirkaga 1 ml dan 1 foizlini ningidrin eritmasi solinib, probirkalar chayqatiladi va qaynab turgan suv hammomida 10-11 minut ushlanadi. Keyin esa suv hammomidan chiqarib olinadi va suvda sovitiladi. Glikol bir raqamli probirkalar shu raqamlar asosida shtativga o’rnatiladi. Bu probirkalardagi ranglarni kuchli yoki kuchsizligi glikol konsentrasiyasiga bog’liq bo’ladi. Tekshirilayotgan filtratning rangi, standart shkalalar rangi bilan taqqoslanadi. 1 ml 1 foizli yeritma tarkibida 1 ml glikol bo’ladi. Standart shkalasidagi har bir probirkadagi glikol miqdori milligramm foiz hisobida ifodalanib, 1 foizli glikol yeritmasining (ml hisobida) 100 ga ko’paytirilganiga teng bo’ladi. Agar tekshirilayotgan go’sht filtratning rangi birinchi uch probirka standart yeritmalari rangiga to’g’ri kelsa, go’sht yangilik toifasiga kiradi (bu vaqtda amin-ammiakli azot miqdori 25 dan 75 mg foizgacha bo’ladi). Tekshirilayotgan go’sht filtratning rangi to’rtinchi, beshinchi probirkalar yeritmasi rangiga mos kelsa, bu vaqtda go’sht yangilikka gumon qilingan go’shtlar toifasiga kiradi (amin-ammiakli azotning miqdori 100-125 mg foiz bo’ladi). Tekshirilayotgan go’sht filtratning rangi oltinchi va yettinchi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
67 probirkalar rangiga to’g’ri kelsa, u vaqtda tekshirilayotgan go’sht yangi emas va uning tarkibida amin-ammiakli azotning miqdori 150 mg foizdan ortiq bo’ladi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling