Zohid oxirgisi so'ngi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qoramol goshtini yetilishidagi biokimyoviy jarayonlar
Amaliyotga tavsiyalar
1. O’zbekiston respublikasida ishlab chiqarilayotgan go’sht xom ashyoni sifat ko’rsatkichlarini o’rganish muhim amaliy ahamiyatga ega. Manashularni bilmasdan to’rib, go’sht to’qimalarini strukturasi haqida fikr yuritish og’ir shuni uchun ham har bir ishlab chiqarish jarayonida bunday o’zgarishlar o’rganilishi lozim. 2. Go’shtni yetilishida uning tarkibidagi kechadigan 3 ta yetilish fazalarini bilmasdan turib, go’sht to’qimalarini gistologik strukturasida kechayotgan biokimyoviy o’zgarishlarni bilishlik nihoyatda og’ir go’sht to’qimalarini go’shtni yetilish jarayonida o’z-o’zidan bir-biriga ko’shilib ketishi faqatgina fiziologik jihatidan sog’lom hayvonlarning go’shtida kechishi mumkin. Ishlab chiqarishda bularga e’tibor qaratilishi lozim. 3. Go’sht tarkibidagi avtomatik jarayonlarni o’rganmasdan turib, go’sht to’g’risida ma’lum bir xulosaga kelishlik nihoyatda og’ir har bir vetsanekspert bu biokimyoviy jarayonni to’g’ri baholay bilishi va buni amaliyotga qo’llashi lozim. 4. Go’sht tarkibida yetilish jarayoni kechayotganda ATFni parchalanishidan ADF keyin esa AMF va oxirida fosfor kislotasini hosil bo’lish tartib qoidalarini to’g’ri tasavvir qila olgan holda go’sht baholanishi lozim. 5. Go’sht komponentlarini ijobiy tomonga o’zgarishini vetsanekspert to’g’ri tavsiya qilgan holda go’shtni yangiligi haqida fikr yuritiladi. Agarda bu o’zgarishlar noto’g’ri aniqlansa iste’mol uchun ishlatilayotgan go’sht insonlar organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Manashular e’tiborga olingan holda har bir go’shtdagi jarayonlar sinchiklab o’rganilishi lozim. 6. Hayvonlardan olinayotgan go’sht tarkibidagi glikogenning kam miqdorda bo’lishiga qaramasdan go’shtni yetilishda muhim ahamiyatga ega. 7. Hayvonlardan olinayotgan go’sht tarkibidagi yetilish jarayonlariga hayvonlarni jinsini, katta kichikligi, stress faktorlarni ta’sir qilgan qilmaganligi ham muhim ahamiyatga ega. Bular to’g’risidagi nazariy va amaliy ishlar har bir ishlab chiqarish jarayonida o’rganilishi kerak. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
73 8. Yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining ekologik jihatidan tozaligi va insonlar sog’ligiga bezararligini ta’minlash muhim bo’lim, har bir ishlab chiqarilayotgan go’sht va go’sht mahsulotlari standart talabiga mos kelishini doimo nazorat qilib turish kerak. 9. Go’sht va undan tayyorlanadigan barcha mahsulotlar eng avvalo oliy darajadagi xom ashyodan tayyorlanishi lozim. Go’shtni toifasini aniqlashda doimiy ravishda organoleptik, laboratoriya va bakteriologik tekshirishlarni o’tkazish talab etiladi. bularni bajarilishi veterinariya xizmatlari zimmasiga yuklatilishi lozim. 10. Keyingi paytlarda go’sht ishlab chiqarish uchun ko’pchilik xo’jaliklarda hayvonlarni tezroq semirtirish uchun oziqasi tarkibiga antibiotiklar va gormonal preparatlar qo’llanilmoqda. Bu darajada yetishtirilgan go’sht va undan tayyorlangan go’sht mahsulotlari inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Manashular e’tiborga olingan xolda barcha xo’jaliklarda chorva xodimlari orasida tushuntirish ishlarini muntazzam ravishda olib borish zarur.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
ma'muriyatiga murojaat qiling