III. Tirozinga reaksiya
Tirozin yerkin holatda Milon reaktivi bilan bo’yalgan simob tuzi
nitrotirozinni hosil qiladi. Probirkaga 2 ml filtrat solinib, uning ustiga 3 tomchi
Milon tomiziladi. Probirkani asta-sekin qiyshaytirib yonib turgan gorelka ustida
qaynash darajasigacha yetkaziladi, keyin esa shtativga o’rnatiladi. Reaksiya 2-3
minutdan keyin aniqlanadi. Shunga muvofiq: yangi go’shtdan tayyorlangan
filtrat oq cho’kma beradi, gumon qilingan go’shtdan tayyorlangan filtrat oq
qizg’ish va yangi bo’lmagan go’shtdan tayyorlangan filtrat qizg’ish rangga
kiradi.
Milon reaktivini tayyorlash usuli: 57 ml konsentrlangan azot kislotasida
40 gramm simob yeritiladi.
Simobni butunlay erishi uchun simob eritmasi suv hammomida kuchsiz
issiqlikda qizdiriladi. Shunday qilib, olingan eritmaga ikki hissa shuncha suv
qo’shiladi, tindiriladi, keyin esa cho’kma ustidagi suyuqlik olinadi va bu
suyuqlik reaksiya qo’yish uchun ishlatiladi. Milon reaktivni havo tortuvchi
shkaflarida tayyorlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |