Suyaklarning ichki tuzilish. Suyak kesib qaralganda unda qattiq va
g’ovak moddalar ko’rinadi.
Qattiq, ya’ni kompakt modda-suyakning tashqi yuzasida, suyak
pardasining ostida joylashgan. Bu modda uzun naysimon suyaklarda yaxshi
rivojlangan. Qattiq modda yassi suyaklarda ikkita-tashqi va ichki plastinka hosil
qiladi, ular hayvonlar yordamida bir-biri bilan birikkan bo’ladi.
G’ovak modda-naysimon suyaklarning uchida, qisqa suyaklarning ichki
qismida uchraydi. Yassi suyaklarda g’ovak modda kam bo’ladi yoki butunlay
bo’lmaydi. Suyakning bo’shlig’idagi g’ovak moddalarda bir nechta xavon
bo’ladi. Bular amartizasiya vazifani bajaradi va yuk bosimi tomonga qarab
joylashadi. Katta yoshli hayvonlarda naysimon uzun suyaklardagi bo’shliqlar
sariq ilik bilan to’lgan bo’lib, ularda zapas oziqa modda hisoblanadi. Uzun va
kalta suyaklarning g’ovak moddasida qizil ilik bo’ladi, u qon hosil qilishda
ishtirok yetadi. O’sayotgan yosh organizmning suyaklarida faqatgina qizil ilik
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |