7. Farmalinli reaksiya (G.V.Koloboloskiy usuli bo’yicha)
Go’sht namunasi yog’dan va biriktiruvchi to’qimalardan ajratiladi. Toza
go’sht namunasidan 10 gramm olinib, qaychi bilan maydalanadi, keyin esa
xavonchaga joylanadi va ustiga 10 ml fiziologik eritma, 10 tomchi 0,1 foizli
ishqor eritmasi tomiziladi. Go’sht keliskop yordamida eziladi, ishqalanadi,
buning natijasida hosil bo’lgan bo’tqa, shisha tayoqcha yordamida kolbaga
o’tkaziladi va oqsillarni cho’ktirish uchun qaynash darajasigacha qizdiriladi.
Kolba oqib turgan suv yordamida sovitiladi va neytrallash uchun 5 tomchi
5 foizli shovel kislotasi tomiziladi, keyin esa qog’oz filtrdan o’tkazilib
filtrlanadi. Filtrlash natijasida olingan filtrrat loyqa bo’lsa, qayta filtrlanadi yoki
sentrafuga qilinadi.
Tayyorlangan go’sht ekstraktidan probirkaga 2 ml olinib, ustiga 1 ml
neytral formalin qo’shiladi. Formalinni neytrallash indikator ishtirokida ya’ni
0,1 normal ishqor yordamida amalga oshiriladi. Bir qismdagi 0,2 foizli
neytralrot va metil ko’ki yeritmasi rangi binafshadan ko’kka o’tishi kerak.
Agar filtrat tiniq bo’lsa yoki qisman loyqalansa, go’sht sog’lom
hayvonlardan olingan deb hisoblanadi, agar filtrat laxta-laxta qotmasiga aylansa
yoki filtratda quyqa hosil qilsa, go’sht kasal yoki o’lim talvasasi oldida so’yilgan
mollardan olingan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |