Zohid oxirgisi so'ngi
I.Uchuvchan yog’ kislotalarini aniqlash
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qoramol goshtini yetilishidagi biokimyoviy jarayonlar
I.Uchuvchan yog’ kislotalarini aniqlash
Go’sht tarkibidagi uchuvchan yog’ kislotalarini aniqlash suv bug’i yordamida haydash usuli bilan amalga oshiriladi. Buning uchun go’shtdan tayyorlangan farshga konsentrlangan sulfat kislotasi qo’shiladi, sulfat kislotasi uchuvchan asoslarni birlashtiradi va uchuvchan yog’ kislotalarini siqib chiqaradi. Tekshirishni o’tkazish uchun haydash apparati, ya’ni keng kattaroq kolbalar, sovitgich, bug’ hosil qiluvchi moslama va ajralib chiqqan suyuqlikni yig’adigan kolbalar kerak. Ichi keng yumaloq kolbaga 25 gramm go’sht farshi solinib, 150 ml 2 foizli sulfat kislota eritmasi solinadi va aralashtiriladi. Keyin asboblarning hamma qismlari bir-biriga ulanadi. Bug’ hosil qilish moslamasidagi suv qaynash darajasiga yetkaziladi, shu vaqtning o’zida ichi keng yumaloq kolba yelektr pechi yordamida qizdiriladi. Uchuvchan yog’ kislotalarini haydash yig’uvchi kolbadagi suyuqlik (distillat) miqdori 200 ml bo’lguncha davom yettiriladi, keyin bu yig’ilgan suyuqlikka 3-5 tomchi fenolftalein tomiziladi va 0,1 normal ishqor yeritmasi bilan titrlanadi. Titrlash malina rangi hosil bo’lguncha davom qilinadi. Bir vaqtning o’zida nazorat tajribasi o’tkaziladi. Buning uchun 150 ml. 2 foizli sulfat kislotasi go’shsiz haydaladi. Buning natijasida yig’ilgan 200 ml suyuqlik fenolftalein ishtiroqida 0,1 normal ishqor eritmasi bilan aniqlanadi: (3 - rasm) ( a – v ) k X = -------------- 2 Bunda: x – uchuvchan yog’ kislotasining miqdori, ml hisobida a – 25 g go’sht tarkibidan haydash natijasida chiqqan 200 ml suyuqlikni titrlash uchun sarflangan 0,1 normal ishqor eritmasining miqdori. v –xuddi yuqoridagidek, lekin nazorat tajribasi uchun ishlatilgan ishqor. 2 – 0,2 normal ishqor eritmasining qayta aniqlanishi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
62 K – 0,1 n. yeritmasiga tuzatma. 25 gramm yangi go’sht tarkibidagi uchuvchan yog’ kislotasini haydashda 0,35 ml gacha 0,2 normal ishqor eritmasi sarflanadi. Gumon qilingan go’sht uchun 0,36 dan 1 ml gacha, yomon go’sht uchun 1 ml ko’proq sarflanadi.
3-rasm. Suv bug’i yordamida go’shtning tarkibidagi uchuvchan moddalarni aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. 1-kolba; 2-
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling