Zokirjon saidboboyev tarixiy geografiya


Download 1.43 Mb.
bet13/68
Sana21.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1791721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
Bog'liq
Zokirjon saidboboyev

33
IIBOB.
TARIXIY KARTOGRAFIYA VA UNING ASOSIY
YNALISHLARI. TARIXIY KARTOGRAFIYANING
SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI
1. Karta va kartografiya haqida qisqacha tushuncha
Karta — bu tarixiy hujjat blib, voqealar davomiyligi haqida hikoya qiluvchi, sodir blgan voqealar, vayron blgan va yana tiklangan shaharlar, daryo zanlarining zgarishi, unutilgan qadimgi suorish inshootlari, xalqlar tarixini hududlar bilan bolab rganadi.
Antik davrda kartalar uchun maxsus atama blmagan. Rim imperiyasida kartografik tasvirlarni tabula (doska) deb atashgan. Keyinroq ilk rta asrlarda karta lotincha „mappa" (dastlab polotno qismi yoki dastrrriol ma'nosini anglatgan), "mappa mundi"' shaklida esa (dunyo kartasi) sha davrda Yerning barcha kartalariga nisbatan qllanilgan. Kartografik tasvirlarga nisbatan „karta" szining qllanilishi Uyonish davrida lotinchadan „charta"(varaq, qooz) szidan, z navbatida u qadimgi yunon tilidagi „xartes" (papirusdantayyorlangan qooz) szidan olingan. Bu sz ilk bor Portugaliyadagi XIY asr kartalarida uchraydi. Karta szi aslida lotincha „chartes" — xartes szidan olingan blib, yozuv uchun mijallangan papirus varai degan ma'noni bildiradi.
Zamonaviy kartalar mazmuniga ko 'ra ikkiga bo 'linadi:
1. Umumgeografik kartalar (gidrografiya, refef, sanoat, siyosiy-ma'muriy blinishlarni z ichiga oladi).
2. Maxsus kartalar. Maxsus malumotlar keltirilgan (masalan, iqtisodiy) kartalar.
Masshtabiga ko 'ra esa kartalar uch guruhga bo 'linadi:
1. Yirik masshtabdagi kartalar: 1:200000 va undan yirik.
34
2. rtamasshtabdagikartalar: 1:300000 dan 1:1000000 gacha.
3. Kichik masshtabdagi kartalar: 1:1000000 dan kichik.
Hozirgi zamon kartalarida quyidagi element (unsur)lar mavjud:
1. Gidrografiya: suv inshootlari (dengiz, daryo, kl, kanal, sun'iy suv omborlari, buloqlar, quduqlar) ni z ichiga oladi.
2. Aholi punktlari: shahar, shahar tipidagi posyolka, qishloq ahoh maskanlari kiradi.
3. Aloqa yllari: temir yllar, yllar, suv yh (dengiz va daryo), havo yllari.
4. Sanoat, qishloq xjaligi va ijtimoiy madaniy ob'ektlar: sanoat korxonalari, foydah qazilmalar, aerodromlar, qishloq xjaligi va ijtimoiy-madaniy, tarixiy ob'ektlar kiradi.
5. Relef: past-tekisliklar.
6. Siyosiy-ma'muriy chegaralar: davlat va ma'muriy birlik-larning chegaralari mavjud.
Ilmiy bilimlar va fan ynahshlari juda tez rivojlanayotgan hozirgi zamonda kam rganilgan „aralash" sohadagi fan tarmoqlarini rganish alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Atrof-muhitdagi voqea-hodisalarni tahlil qilish uchun awalo tarixiy jarayonlarni, tarix va geografiyani, qolaversa, tarix va karto-grafiyani, chuqurroqbihsh talab etiladi.
Kartografiya taraqqiyoti asrlar davomida shakllangan oddiy chizmalardan toki aniq ishlangan kartalar yaratilishiga blgan davrni z ichiga oladi. Kartalar mazmuni jihatidan boy bhshi mumkin. Katta bir kartaning mazmunini 100 sahifalik jiddiy ilmiy matnga tenglashtirish mumkin.
Kartografik materiallarga faqatgina kartografik tasvirlar kiribgina qolmay, bir qator tadqiqotchilar, ayniqsa, tarixchilar adabiy matnlar ham kartalar tuzish uchun manba blishi munikinligini uqtiradilar.
Kartografiya ancha kengroq tushuncha bhb, u tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalarning zaro bohqligini (ularning vaqt tishi bilan zgarishini) kartografik tasvir, tasvirh belgilar vositasi bilan tasvirlashni va tadqiq qilishni rganuvchi fandir. U dastlab
35
ovchilik va baliqchilik keng tarqalgan hududlarda shakllangan. Kartografiya qadimgi fanlardan blib, bu fan trisidagi dastlabki ta'rifni („kartografiya" atamasisiz) milodiy II asrda yunon olimi Havdiy Ptolemey bergan.
"Kartografiya" atamasi dastlab XVI asrda uchrab, geografik kartalar isWashning ilmiy va amaliy sohalarida qllanilmagan.
Kartografiyaning taraqqiyotini awalo insoniyatning jamiyatdagi moddiy ehtiyojlaridan kelib chiqqanligi bilan bolash triroq. Bu taraqqiyotni ma'lum ijtimoiy sharoitlardan, tabiat va yer munosabatlaridan tashqarida tushunish notridir. Tarixiy tadqiqotlarning asosini insoniyat janfiyatining taraqqiyoti asosidagi faktik ma'lumotlar tashkil qilsa, kartografiya tarixi uchun esa karta va geografik ilrnlar asosiy manba blib xizmat qiladi. Karta bosib chiqarishgacha blgan davrdagi kplab qadimgi kartalar turli sabablar, ya'ni yoninlar, namgarchilik va materialining tzib ketishi natijasida bizgacha yetib kelmagan.
Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida kartografiyaning rni xaqida aniq bir fikr mavjud emas. Ba'zilar uni texnik fanlar qatoriga qshsalar, ba'zilar esa aniq fanlar qatoriga, yana ba'zilar kartografiya geodeziyaning bir qismi deb qarasalar, boshqalar informatikaning bir blimi deyishadi. Boshqa toifa esa uni geografik fan deb biladi. Nima blganda ham uning aniq mohiyatini tarixiy tahlilsiz anglab yetish mushkil.
Ibtidoiy jamoa davridanoq qadimgi odamlar ilk kartalarni yaratishgan. Masalan, geograf Frits Redinger „Shveysariyadagi tarixdan awalgi kartografik rasmlar" nomli asarida Shveysariyadagi orlardan topilgan ikkita suyak plastinkani rganish natijasida, plastinkalardagi tasvirlar sha joyga oid asosiy yllar kartasi ekanligiga amin blgan.
Qadimgi tarixiy kartografiyaga oid ilmiy adabiyotlarda karta va kartografiyaning shakllangan davri haqida aniq va tla javob yq. Ma'lumki, bizgacha yetib kelgan kartografik tasvirlar miloddan awalgi III-II ming yilliklarga oiddir. Ular orasida Shimoliy Italiyaning Kamonika vodiysidan topilgan bronza davri (miloddan
36
awalgi II ming yillik rtalari)ga oid kartografik tasvirlarda dalalar, sqmoqlar, irmoqlar va suorish inshootlari aks ettirilgan.
Qadimgi karta-tasvirlar loy taxtachalar, papirus va perga-mentlarga chizilgan blib, bizgacha boy tarixiy ma'lumotlarni olib kelgan. Miloddan awalgi 2300 yillarda qadimgi bobilliklar ilk ibtidoiy kartalarni chizganlar. Unda yerning ba'zi qismlari z aksini topgan edi. Shuningdek, kartalar yaratish boy madaniyatli qadimgi xalqlar — ossuriyaliklar, misrliklar va finikiyaliklarda eramizdan bir necha ming yil awal shakllangan.
Yerning shar shaklida ekanligi qayd Qtilgan sanani kplab olimlar asrlar mobaynida rganishib, uni miloddan awalgi V asrda yashagan faylasuf Parmenid nomi bilan bolab kelishdi. XIX asrda tarixchi va geograf olimlar Yerning shar shaklida ekanligi haqida oya Pifagorga (miloddan awaalgi VI asr) tegishli deb da'vo qilishardi.
XX asrda esa bir qator arb tadqiqotchilari — Gyutri, Xeydel, Tomson va boshqalar yangi oya miloddan awalgi V asrdan erta paydo bo'lmaganligi va u haqdagi ishoralar Platonning (miloddan avalgi 427-347 yillar) "Fedon" dialogida uchrashini ta'kidlaganlar. Ammo XX asrdagi ba'zi tadqiqotlarda bu oyani yana „qadi-miyroqqa" — Pifagor davrigacha surishga urinishlarni kuzati-shirniz mumkin.
Antik manbalarda qadimgi yunon kartalari haqida bir qator malumotlar uchraydi. Gerodotning yozishicha, Milet hukmdori Aiistogorning Sparta podshosi Kleomon bilan muloqoti choida uning qlida mis doskali karta blib, unda butun yer kurrasi, "hamma dengiz va daryolar" aks etgan.
Shuni unutmaslik kerakki, antik davrning yirik tarkchtfarining kpchiligi geograf, shuning bilan birga kartograf blishgan. Ular orasida Evdoks, Dikearx, Efor, Eratosfen, Pompeniy Mel, Ptolemeylar alohida rin egallaydi.
Quldorlik tuzumi davrida karta tuzish ancha rivojlandi. Kartografiyaning ilmiy manbalari antik Yunonistonda shakllandi. Yunonlar Yerning shar shaklida ekanligini va uning hajmini
37
amqlashga uringanlar. Ular tomonidan kartografik proyeksiyalar va meridian-parallellar tri ishlab chiqilgan. Bunda ular Yerning shar shaklida ekanligini hisobga olganlar.
Tarixchi Gerodot z davrida (miloddan awalgi 484-425 yilar) Yerning tasviri haqida yozib qoldirgan blsa-da, antik geografiya Klavdiy Ptolemey (milodiy 90-168 yillar) asarlarida kengroq tahlil qilingan. Uning 8 kitobdan iborat „Geografiyadan qllanma" asari kartografiya ilmida qariyib 14 asr mobaynida yirik manba blib xizmat qildi. U qisqacha „Geografiya" deb atalib, 8 ta kitobdan oltitasida Yerning tasviri bayon etilgan.
Qadimgi Rimda kartalar harbiy va ma'muriy maqsadlar uchun amaliyotda keng qllanilgan. Rimning iqtisodiy va siyosiy hayoti olis viloyatlar va qshni mamlakatlarning transport aloqalariga boliq blgan. Rim imperiyasini bolab turgan yllar tarmoi lchab chiqilgan, sngra esa ularning kartalari tayyorlangan.
Rimdagi kartografiya asosan ikki ynalishda rivojlangan. Birinchisi — yunon kartografiyasi an'analarini davom ettirgan blib, yunonlar, ayniqsa, Klavdiy Ptolemey tadqiqotlari asosida, ikkinchisi aynan Rim ynalishi, ya'ni amaliy muhandislik asosida taraqqiy etdi. Ta'kidlash joizki, rimliklar muhandislik geodeziyasi asoslarini yer lchash ishlari vositasida olib borishdi. Rim kartografiyasi ana shunisi bilan ham muhim va ziga xosdir.
Rimda kartografiya ishlari bilan yer lchovchilar (agri-mensor'ob) shuullanib, milodiy birinchi asrlarda argimensor bir vaqtning zida ham kohin, ham harbiy va geometr blib, Senat va xalq ularga katta vakolatlarni bergan. Agrimensorlar ziga xos an'ana hamda qoidalar asosida faoliyat krsatgan. Ular Rimda ijtimoiy xizmat vakillari sanalib, imperatorlar ularning faoliyatini yuqori baholaganlar. Hatto huquqshunos va notiqlardan tashqari yer lchovchilar ham professor unvoniga sazovor blishgan hamda har xil majburiyatlardan ozod etilgan. Yuqoridagilardan bilishimiz mumkinki, Rimda yer lchash va uni kartalarga tushirish san'at darajasiga ktarilgan.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling