Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi
Download 25.64 Kb.
|
Zomin togʻ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarafshon davlat qoʻriqxonasi
Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi — Jizzax viloyatida joylashgan. Turkiston chiizma toglari gʻarbiy qismining shimoliyyon bagʻrida, Koʻlsoy va Gʻoʻralassoy havzalarini ishgʻol etgan. Janubiy Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 15,5 ming ga, shundan 11,2 ming ga archa oʻrmonzorlari. Dastlab 1926 yilda Gʻoʻralas togʻ-archa qoʻriqxonasi nomi bilan tashkil etilgan. Qoʻriqxonada togʻ oʻrmonlarini va archa biol.sini oʻrganish, archazorlarni koʻpay-tirish, hayvon va oʻsimlik turlarini saqlab qolish ishlari olib boriladi. Relyefining murakkabligi va turli iqlimtuproq sharoitlariga koʻra, qoʻriqxonada 3 oʻsimlik mintaqasi (dasht, oʻrmon, subalp) mavjud. Qoʻriqxona hududi tipik togʻli oʻlka boʻlib, dengiz sathidan 1760-3500 m balandlikda (eng yuqori nuqta — Turalas togʻi 3560,5 m balandlikda). Yillik oʻrtacha v yogʻin miqdori 400 mm dan ortiq. Iqlimi keskin kontinental, maksimal harorat yozda 33°, qishda —35—38°. Qoʻriqxona hududida archazorlarning quyi qismida (1900-2700 m) Zarafshon archasi va qora archa, oʻrta qismida (2100-2800 m) sovur archa, yuqori qismida (2100-3200 m) oʻrik archa usadi. Bulardan eng koʻp uchraydigani sovur archadir. U qora archa va oʻrik archa orasida ham oʻsaveradi. Qoʻriqxonada 180, hatto 400 yoshga kirgan archalar bor. Archadan tashqari Tyanshan chetani, Turkiston qayini; butalardan zirk, naʼmatak, uchqat, irgʻay, tobulgʻi oʻsadi. Qoʻriqxona hayvonot dunyosi xilma-xil. Qoʻriqxonada Respublika Qizil kitobiga kiritilgan turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, arhar, bars shuningdek, boʻri, boʻrsiq, tulki, jayra, toʻngʻiz va b. yashaydi. Qoʻriqxona hududida oʻsimliklarning 720, turli qushlarning 130, sut emizuvchilarning 37 turi, sudralib yuruvchilardan 8, baliqning bir turi tavsiflangan. Zarafshon davlat qoʻriqxonasi — Samarqand viloyati (Zarafshon daryosining oʻng qirgʻogʻi) hududidagi qoʻriqxona. 1975-yildatashkil qilingan. Qoʻriqxona mayd. 2352 ga, shu jumladan oʻrmonzorlar bilan qoplangan mayd. 868 ga. Samarqand sh.dan 5 km janubisharqda joylashgan. Qoʻriqxona hududi daryo sohili boʻylab eni 150 m dan 1400 m gacha boʻlgan 35 km masofaga choʻzilgan. Asosiy vazifasi — toʻqay oʻsimliklari va hayvonot olamiga mansub tabiiy muhitni, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar genofondini saqlash, oʻrganish hamda tiklashdan iborat. Qoʻriqxona iqlim sharoitlari kontinental subtropiklarga xos. Havo harorati yozda +4G ga yetadi, qishda —27° gacha pasayadi. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 100–400 mm. Oʻsimlik dunyosi terak, tol, jiyda, chakanda kabi daraxt, buta va oʻt toʻqayzorlardan iborat. Qoʻriqxona hududida oʻsimliklarning 266, qushlarning 172, baliklarning 8 turi uchraydi. Qoʻriqxonada zarafshon qirgʻovuli muhofaza qilinadi va uni kataklarda boqib koʻpaytirish masalalari oʻrganilgan. 1996-yildan qoʻriqxonada Badaytoʻqay va Qizilqum qoʻriqxonalaridan keltirilgan 6 bosh buxoro bugʻusi (xongul)ni iqlimlashtirish boʻyicha ishlar olib boriladi. 1998-yilda ulardan birinchi nasl olindi va bu noyob hayvonni koʻpaytirish ishlari davom etmoqda. Boris Dyakin.[1] Download 25.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling