Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi
Download 25.64 Kb.
|
Zomin togʻ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nurota davlat qoʻriqxonasi
Qizilqum qoʻriqxonasi — uxoro viloyatida Amudaryoning oʻrta oqimida, daryoning ikkala sohilida joylashgan. Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 10311 ga, shu jumladan, oʻrmon bilan qoplangan maydon 5338 ga, 800 ga maydoni qumli choʻl, 1883 ga toʻqayzor. Daryo sohillari boʻylab shim gʻarbdan janubi-sharqqa 30 km ga, sharqdan gʻarbga 3 km ga choʻzilgan. Vazifasi qoʻriqxona hududidagi oʻsimlik va hayvonot olamini oʻrganish, ilmiy tekshirish ishlarini olib borish va boshqalar Qoʻriqxona toʻqayzor va qumli choʻllardan tashkil topgan. Iklimi keskin kontinental, havoning quruqligi, haroratning oʻzgarib turishi, yogʻingarchilik miqdorining kamligi bilan ajralib turadi. Yogʻinlarning asosiy qismi (85—87%) qish va bahorda yogʻadi. Maksimal harorat yozda 41—44°, qishda 20—21°. Tuproqlari qumli, taqirsimon, allyuvial oʻtloqi, oʻtloqibotqoqi tiplardan iborat. Qoʻriqxona hududida oʻsimliklarning 15 turi: turangʻi, qamish, qizilmiya, jiyda, saksovul, qandim, cherkez, efemerlar, Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Bobrov astragali, Korolkov shirachi, qizilqum kovragi oʻsadi. Qoʻriqxona hayvonot dunyosi boy va xilmaxil. Umurtqali hayvonlarning 359, suv havzalarida baliqlarning 27, suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 2, sudralib yuruvchilarning 28, qushlarning 267 va sut emizuvchilarning 35 turi bor. Buxoro bugʻusi (xongul), jayran, barxan mushugi, burgut (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan), chiyaboʻri, yovvoyi choʻchqa (toʻngʻiz), choʻl mushugi, tulki, amudaryo tustovugʻi, kabutar, qora qargʻa, janubiy va toʻqay bulbullari uchraydi. Buxoro bugʻusi alohida muhofaza qilinadi.
Nurota davlat qoʻriqxonasi -Jizzax viloyatining gʻarbiy qismi (Forish tumani)da, Nurota togʻining shimoliyyon bagʻrida joylashgan qoʻriqxona. 1975-yilda tashkil etilgan. Maydoni 17752 ga, shu jumladan, oʻrmonlar bilan qoplangan 2599 ga (2001), dengiz sathidan 530-2100 m balandlikda. Asosiy vazifasi shu hududning oʻsimlik va hayvonot olamini muhofaza qilish, Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan arharning Osiyo qoʻyi tu-riga mansub Seversev qoʻyi (Kizil-kum qoʻyi) populyasiyasini hamda yon-gʻoqning tabiiy xilma-xilligini sak, lashdan iborat. Qoʻriqxonada oʻsimliklarning 629 tadan, qushlarning 195 tadan, hayvonlarning 60 tadan ortiqturi bor. Ularning koʻpchiligi endemik (lola turlari, anzur piyozi). Yongʻoq daraxtlari bilan birga yovvoyi olma, qayragʻochlar oʻsadi. Butalar qoplami, asosan, Tur-kiston doʻlanasi, qizil, uchqat, zirk, irgʻay, yovvoyi toklardan iborat. Qoʻriqxona hududi tabiat manzaralariga, arxeologik topilmalarga boyligi bilan ham ajralib turadi: qoyatosh (togʻ qoʻyini ovlash) suratlari, Majrumsoydagi tanasi yoʻgʻonligi 8,5 m kela-digan sharq biotasi daraxti (yoshi taxminan 1000-yildan ortiq) kabi yodgorliklari bor. Arharlar soni 500 dan koʻggroq (2003). Download 25.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling