Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi


Download 25.64 Kb.
bet4/4
Sana28.02.2023
Hajmi25.64 Kb.
#1235584
1   2   3   4
Bog'liq
Zomin togʻ

Hisor qoʻriqxonasi - Qashqadaryo viloyatida, Hisor togʻ tizmalari gʻarbida (Yakkabogʻ va Shahrisabz tumanlari togʻli hududlarida) joylashgan davlat qoʻriqxonasi. Qizilsuv (1975) va Miroqi (1976) qoʻriqxonalari ne-gizida tashkil qilingan (1983). Maydoni 80986,1 ga, shundan 12203 ga oʻrmonzorlar, 2745 ga oʻtloqzor, 17mga suv havzalaridan iborat. Tabiiy land-shaft majmualari va Hisor togʻ tizmasi ekotizmlarini saklash maqsadlarida tashkil etilgan.

Qoʻriqxonada oʻsimliklarning 870 (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor oʻsimliklarning tukli karrak, egri tikan karrak, Butkov as-tragali, oq parpi, Oshanin piyozi, anzur piyoz kabi 35 dan ortiq), qushlar va hayvonlarning 140 dan ortiq (qora qoplon, turkiston silovsini, qoʻngʻir ayiq, burgut, oq boshli qumoy, itol-gʻi, qora laylak va boshqalar) turi mavjud.

  1. Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi – Amudaryoning quyi oqimida, Sulton Uvays togʻlari etaklarida, daryoning oʻng sohilida joylashgan qoʻriqxona. 1971-yilda tashkil etilgan. Maydoni 6462 ga, shundan 3975 ga toʻqay oʻrmonlari bilan qoplangan (1997). Asosiy vazifasi Amudaryo atrofi oʻsimlik va hayvonot olamini muhofaza qilish, toʻqayzorlarni ilmiy oʻrganish va boshqa Qoʻriqxonada 167 tur oʻsimlik (turangʻil, jiyda, tol, qamish, qizilmiya, kovul va boshqalar), 138 tur qushlar (miqqiy, xiva qirgʻovuli, zangori kabutar, kokildor toʻrgʻay, lochin, shu jumladan oʻtkinchi qushlar), 20 turdan koʻproq sut emizuvchilar – boʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq va boshqa, suv havzalarida bahri baliq, soxta lopatonos va boshqa yashaydi. Qoʻriqxonada Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 60 dan ortiq turdagi hayvonlar, jumladan 1975-yilda Tojikistondagi Romit qoʻriqxonasidan keltirilgan xongul (Buxoro bugʻusi) muvaffaqiyatli koʻpaytirilmoqda (2 bosh urgʻochi va 1 bosh erkak xongul 1996-yilda 90 boshga yetdi).

Qoraqalpogʻiston Respublikasining "Alohida qoʻriqlanadigan hududlar toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq qoʻriqxonaga 1993-yil 24-dekabrda davlat qoʻriqxonasi maqomi berilgan.[1]
Download 25.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling