Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


VI. Turizm sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish


Download 0.92 Mb.
bet7/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1091063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
254 28.04.2021

VI. Turizm sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish
34. Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi yuqori malakali kadrlarni muntazam tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning malakasini mustaqil baholab borish tizimini yaratish.
35. Turistik zona hududida faoliyat ko‘rsatuvchi personalning “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, tegishli xorijiy o‘quv maskanlari va ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish.
37. Turizm sohasi subyektlari xodimlariga majburiy malaka talablarini belgilovchi standartlarni ishlab chiqish (gidlar, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, umumiy ovqatlanish xizmatlari, transport va boshqalar.).
38. Zomin turizm va servis kolleji faoliyatini rivojlantirish, ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv dasturlarini Turistik zona va hududda ko‘rsatiladigan turizm xizmatlariga muvofiqlashtirish.
3-bob. Kutilayotgan natijalar
39. Turistik zonani rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishilishi kutilmoqda:
Jizzax viloyatining boy turizm salohiyatidan samarali foydalanishga erishish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish va faol targ‘ib qilish.
Hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qila oladigan xalqaro darajadagi raqobatbardosh turizm, tog‘-chang‘i va dor yo‘li majmualarini yaratish, turizm sohasida tadbirkorlikning rivojlanishi, shu asosda turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligi va farovonligini oshirish.
Har biri 5 yillik davrdan iborat 4 ta bosqichni o‘z ichiga olgan Konsepsiyani amalga oshirish natijasida quyidagi natijalarga erishiladi:
Birinchi bosqichda, jami 690 o‘rinli 4 ta joylashtirish vositasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, sanatoriy, tog‘-chang‘i hududi va shaharcha markazini o‘zaro bog‘lovchi 2 640 metr uzunlikdagi dor yo‘li barpo etiladi. Shuningdek, shaharchada 181 650 m² turar-joy, 73 050 m² savdo hududi yakunlanadi. Bu bosqichda shaharcha markazida 7 000 m² bo‘lgan madaniyat markazi va 2 000 m² masjid barpo etiladi.
Ikkinchi bosqichda, sog‘lomlashtirish majmuasining to‘liq qismi va sport tadbirlari o‘tkaziladigan majmuaning birinchi bosqichi amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda, 1 200 o‘rinli joylashtirish vositasi va sport tadbirlari o‘tkaziladigan majmuaning ikkinchi bosqichi amalga oshiriladi.
To‘rtinchi bosqichda, 500 o‘rinli joylashtirish vositasi, 83 100 m² sport obyektlari, 3 650 m² chang‘i uchish maydoni, 39 120 m² bo‘lgan va 1 304 kishiga mo‘ljallangan turarjoy obyektlari hamda 9 780 m² savdo hududi barpo etiladi.
Shuningdek, jami 30,1 gektar maydonni egallagan va 8 ta shifoxonani o‘z ichiga olgan tibbiy turizm kichik zonasi tashkil etiladi.
Turistik zonaga birinchi bosqichning so‘nggida yillik 34 732 nafar turist tashrif buyurishi hamda 2040-yilda yillik turistlar soni 95 601 kishiga yetishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkichni keyingi 20 yil ichida jami 1 268 781 nafarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Turistik zona va unga olib boruvchi 250 km yo‘llarni ta’mirlash va qurish orqali yiliga 1 300 000 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan transport infratuzilmasi yaratiladi.
Jizzax viloyatiga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar sonining yillik o‘sishi tufayli ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari hajmining o‘sishi va 2025-yilgacha mamlakatda jami turizm xizmatlari eksportini 1 750 million AQSh dollariga yetkazishga yordam beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 254-son qaroriga
4-ILOVA
Zomin” turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish hamda hududda turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari
DASTURI


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling