Зоминский заповедник


Download 0.91 Mb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1031457
  1   2   3   4
Bog'liq
Jo‘liboyev S.I.

MAVZU: TEMIR ELEMENTI VA UNING AHAMIYATI Tayyorladi: Jo’liboyev S. I.

REJA:

Toza temir – kumushsimon oq rangli, havoda tezda xiralashuvchi, yetarlicha yumshoq va bolgʻalanuvchan, kuchli magnit xossalariga ega metall boʻlib, issiqlik va elektr tokini yaxshi oʻtkazadi, suyuqlanish xarorati 1534,83C, qaynash xarorati 2770 0C, zichligi 7874 kg\m3 izotop soni 16 ta.

3Fe+2O2→Fe3O4; Fe+S=FeS Fe+2HCl→FeCl2+H2 2Fe+6H2SO4→Fe2(SO4)3+3SO2+6H2O 2Fe+3Cl2→2FeCl3 2Fe+N2→2FeN4 Fe+6H2O+3O2→4Fe(OH)3

Organizmga temir oziq-ovqat bilan tushib, asosan ingichka ichakda so‘riladi. Odam organizmi bir sutkada 2-2,5 mg temirni o‘zlashtirishi mumkin. Bunda hayvon mahsulotlari tarkibidagi temir o‘simliklar tarkibidagiga qaraganda tezroq so‘riladi. Mevalar tarkibidagi temirning bor yo‘g‘i 3 foizi so‘rilganda go‘shtdagi temirning 18-22 foizi o‘zlashtiriladi.

Organizmda temir moddasi quyidagi vazifalarni bajaradi: Kislorod almashinuvini ya’ni to‘qimalar nafas olishini ta’minlaydi; Asab tolalari va tanani o‘sishida ishtirok etadi; Nerv impulslari xosil bo‘lishida va ularni uzatilishida ishtirok etadi; Qalqonsimon bez faoliyatini boshqaradi; Bosh miyani normal ishlashini ta’minlaydi; Immunitetni ushlab turadi.

Temir zahiralarini eng ko‘p to‘ldiruvchi mahsulot bu hayvonlar jigari va go‘shti hisoblanadi. Kamroq qo‘y buyragida bor. O‘simliklarda temir moddasini ko‘p tutish bo‘yicha quyidagicha tartib keltiriladi: karam, na’matak, bug‘doy, manniy yormasi, grechka, suli yormasi, o‘rik qoqisi, uzum, yong‘oq, oshqovoq danagi, olma, ko‘katlar, nok,shaftoli, xurmo, anor, kartoshka, sitrus mevalar. Temir moddasini organizmda yaxshi o‘zlashtirilishi uchun hayvon go‘shtini o‘simlik tabiatli, ayniqsa C va B12 vitamini tutuvchi mahsulotlar bilan qo‘shib iste’mol qilish kerak. Shuningdek qahrabo kislotasi, sorbit va fruktoza ham temirni singishini yaxshilaydi. So‘ya oqsili esa aksincha temir so‘rilishini tormozlaydi.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling