Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Download 255.47 Kb.
bet15/24
Sana18.06.2023
Hajmi255.47 Kb.
#1597174
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

22. Bo ‘shliqichlilar filogeniyasi
Qadimgi kovakichlilarning kelib chiqish masalasi ko‘p ho‘jayralilarning kelib chiqishi bilan bog‘liqdir.
Nemis olimi Gekkelning farazicha dastlabki eng qadimgi kovak ichlilar “suzib yuruvchi kipriklilardan” paydo bo‘lgan. Gekkelning tasviricha, gastral bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan ekto-entodermali ya’ni ikki qavatli organizm bo‘lgan. Uning o‘troqlikka ko‘chishi natijasida dastlabki kovakichlilar rivojlangan.
Bularning kelib chiqishi ustida ishlagan rus olimi I.I.Mechnikov kovak ichlilarni embrion rivojlanishini chuqur o‘rgangan. U kovak ichlilarning eng qadimgi vakillari gidropoliplar deb ataydi.
Bo‘shliqichlilar asosan dengiz, qisman chuchuk suv hayvonlardir. Ularning vakillari kolonial gidroidpoliplar va meduzalar. Bular bo‘shliqichlilarni tipining tuban formalari. Gidraning tana uzunligi 5–7 mm, pastki tomoni bilan substratga yopishadi. Uning qarama-qarshi tomonida og‘iz, uning atrofida 5-12 paypaslagichlari joylashgan. Gidraning tanasi ektoderma va endodermadan iborat. Ular orasida bazal membrana joylashgan. Ektoderma epitelial – muskul hujayralardan tashkil topgan. Bazal membranasining asosiy funksiyasi gidra tanasini qisqarishi va cho‘zilishini hosil etishdan iborat. Ektoderma qavatda otiluvchi hujayralar bor. Ular ayniqsa paypaslagichlarida ko‘p. Otiluvchi hujayralar noksimon ko‘rinishda bo‘lib, ichida kuydiruvchi yirik kapsula joylashgan. Kuydiruvchi hujayraning tashqi sathida suzuvchi tuklar bor. Paypaslagichlari yonidan suzib o‘tayotgan hayvon otiluvchi tukchalarga tegib ketsa kapsuladagi tola otilib chiqib uning terisiga yopishadi, modda uni zaharlaydi yoki o‘ldiradi.
Ektodermada uzun o‘simtali yulduzsimon kam sonli nerv hujayralari bo‘lib, bir-biriga yaqin joylashgan nerv hujayralarining o‘simtalari tutashib nerv to‘rini hosil qiladi.
Bunday nerv sistema ko‘p hujayrali hayvonlarning eng ibtidoiy nerv sistema formasi sanaladi
Gidraning entoderma qavatida muskul, hazm va bez hujayrali uchraydi. Muskul hujayralari xivchin va soxta oyoqli – pseydopiyli bo‘lib, ozuqa bo‘laklarini tutishga moslashgan. Paypaslagichlar orqali og‘izga kirgan ozuqa avval ichki bo‘shliqda hazm bo‘ladi.

Download 255.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling