Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Monoplakoforalar (Monoplacophora) Sinfining tashqi va ichki tuzilishi


Download 255.47 Kb.
bet16/24
Sana18.06.2023
Hajmi255.47 Kb.
#1597174
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

23. Monoplakoforalar (Monoplacophora) Sinfining tashqi va ichki tuzilishi.
Monoplakoforalar (Mopoplacophora) — chigʻanokli mollyuskalarning eng tuban tuzilgan sinfi. Qazilma holda Kembriydan Devongacha uchraydi. Birinchi tirik vakili neo-pilina 1952-yilda topilgan. Hozir 8 turi maʼlum. Tanasi qalpoqchaga yoki yassi spiralga oʻxshash chigʻanoq bilan qoplangan. Mantiya boʻshligʻida 1 juftdan 8 juftgacha boʻlgan muskullar joylashgan. 5—6 juft patsimon jabralari qorin tomondagi mantiya egatchalarida joylashgan. Buyraklari 6 juft. Yuragi 2 tadan qorincha va boʻlmachadan iborat. Qon aylanish sistemasi tutashmagan. Muvozanat sakdash organi bor. Ayrim jinsli, jinsiy bezlari juft. Suv tubida 200–700 m chuqurlikda uchraydi.[1]
24. Koksidiyasimonlar (Cоссidiamorрна) sinfi morfologiyasi va sistematikasi.
Koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) sinfi.
Koksidiyasimonlar sinfi juda xilma-xil bo‘lib, 2400 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Har
xil halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarda parazitlik
qiladi. Koksidiyasimonlar hujayra ichida parazitlik qilishi bilan gregarinalardan farq qiladi.
Ko‘pchilik turlarining hayot sikli jinssiz va jinsiy ko‘payish hamda sporogoniyaning qonuniy
gallanishi orqali boradi. Xo‘jayin almashtirmasdan rivojlanadigan turlarida sporogoniya tashqi
muhitda boradi. Xo‘jayin almashtirib rivojlanadigan turlarida esa sporogoniya va jinssiz
ko‘payish boshqa-boshqa xo‘jayinlar organizmida rivojlanadi. Jinsiy ko‘payishi xar xil
kattalikdagi gametalarning kopulyatsiyasi (anizogamiya) orqali sodir bo‘ladi. Makrogameta
(tuxum hujayrasi) gamontning bo‘linmasdan bevosia o‘sishi natijasida, mikrogametalar esa
gamontni ko‘p marta bo‘linishi orqali hosil bo‘ladi.
Koktsidiyasimonlarning bir qancha turlari uy hayvonlari, parrandalar va baliqlarga katta
ziyon yetkazadi. Ular orasida bitta turi odamda ham parazitlik qiladi. Quyida
koktsidiyasimonlarning eng muhim turkumlari va turlari keltiriladi.

Download 255.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling