Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Kiprikli chuvalchanglar (Turbellarja) sinfi Ko‘payishi va rivojlanishi
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 48. Plastinkajabralilar (Lamellibranchia), ya’ni ikkipallalilar (Bivalvia) sinfining o‘ziga xos xususiyatlari.
47. Kiprikli chuvalchanglar (Turbellarja) sinfi Ko‘payishi va rivojlanishi.
Kiprikli chuvalchanglar, tur bellyariyalar (Turbellaria) — yassi chuvalchanglar sinfi. Tuban tuzilgan ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar. Tanasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ogʻzi tanasining oldingi uchida yoki qorin tomonida. Ichagi xaltasimon, baʼzan yosh shoxchalarga ega, anal teshigi boʻlmaydi. Tuban Kiprikli chuvalchanglarda oziq parenximada hazm boʻladi. Ayirish organi protonefridiylar (tuban tuzilgan Kiprikli chuvalchanglarda boʻlmaydi). Tuban Kiprikli chuvalchanglar nerv sistemasi teri ostida tarqoqjoylashgan nerv hujayralaridan, boshqalarda bosh gangliylar va koʻndalang nerv tolalari bilan oʻzaro bogʻlangan bir necha juft boʻylama nerv stvollaridan iborat. Germafrodit. Kiprikli chuvalchanglar gnatostomulidlar, temnotsefallar, udonellidlar, se-relatlar kabi 11 ta turkumga boʻlinadigan 3000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Koʻpchiligi yirtqich, erkin yashaydi. Dengiz va chuchuk suv havzalarida, koʻpincha, suv tubida uchraydi; ayrim.turlari ignaterililar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Nam tropik oʻrmonlarda quruqlikda yashaydigan turlari ham bor.[1] 48. Plastinkajabralilar (Lamellibranchia), ya’ni ikkipallalilar (Bivalvia) sinfining o‘ziga xos xususiyatlari. kki pallalilar, plastinkajabralilar (Bivalvia, Lamel-libranchiat) — mollyuskalar tipining sinfi. Tanasining uz. bir necha mm dan 1,5 m gacha, vazni 30 kg , baʼzan 200 kg gacha (tridakna), bilaterial simmet-riyali, yon tomondan yassilangan gavda va oyoqdan iborat. Boshi boʻlmaydi. Koʻpchiligining oyogʻi bitta, ponasimon; tuban tuzilgan turlarida yassi; harakatsiz yopishib yashaydigan turlarining oyogʻi reduksiyaga uchragan (mi-diyalar, dreyssenalar) yoki yoʻqolib ketgan (ustritsalar). Koʻpchilik I.p. oyogʻidagi bissus bezlari ishlab chiqaradigan bissus iplari yordamida sub-stratga mahkam yopishib olib yashaydi. Tanasi mantiya bilan qoplangan. Chigʻanogʻi tanasini yon tomondan yopib turuvchi ikkita palladan iborat. Chigʻanogʻining ichki tomoni koʻpincha sadaf bilan qoplangan. Pallalar chetida chigʻanoqni yopuvchi qulf (tish) hosil qiladigan oʻsimtasi boʻladi. Chigʻanoq pallalarining oldingi va keyingi ichki yuzasida yopuvchi muskullar bor. Ayrim I.p. (marvariddorlar, midiyalar) mantiya-siga tushgan yot zarralar (qum)ni sadaf bilan oʻrab olib, marvarid hosil qiladi. Jigari 3 boʻlakdan iborat. Jabralari koʻpchiligida plastinkaga oʻxshash (sinfning ikkinchi nomi ana shundan kelib chiqqan). Nerv sistemasi 3 juft gangliydan iborat. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish sistemasi ochiq; ayirish sistemasi uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Koʻpchilik I.p. ayrim jinsli; ayrim turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Oʻrugʻlanishi tashqi, lichinkasi erkin suzib yuradigan veligir yoki gloxidiy. Ayrim turlari tuxumlari va lichinkalarini jabralarida olib yuradi. 20000 ga yaqin turi bor, asosan, dengizlarda tarqalgan. Chuchuk suvlarda sadafdorlar, marvariddorlar va baqachanoqlar tarqalgan. Suv tubida yashaydi. Suvni filtrlovchi detritofaglar, plantofaglar, baʼzi turlari yirtqich. Baliqlar va b. dengiz hayvonlariga oziq boʻladi. Ayrim turlari tosh yoki yogʻochni teshish xususiyatiga ega. Bir qancha turlari kemalar korpusi va gidrotexnik qurilmalarga katta ziyon keltiradi. Goʻshti uchun ovlanadi (midiyalar, ustritsalar). Ayrim turlari (marvariddorlar) marvarid olish va goʻsht uchun boqiladi. Baʼzi I.p. suv qushlari parazitlarining oraliq xoʻjayini hisoblanadi. Baqachanoqning lichinkasi chuchuk suv baliklari terisida parazitlik qiladi. Oʻzbekiston suv hav-zalarida I.p. mollyuskalarning 52 turi tarqalgan, jumladan, 5 turi endemik boʻlib, Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling