Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Kurakoyoqlilar (Scaphopoda) Sinfining ko‘payishi va rivojlanishi
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 64. Hasharotlaming ko‘payishi va rivojlanishi
- 65. Mshankalar (Bryozoa) Sinfi tashqi va ichki tuzilishi.
63. Kurakoyoqlilar (Scaphopoda) Sinfining ko‘payishi va rivojlanishi.
Koʻrakoyoqlilar (Scaphopoda) -dengiz mollyuskalari sinfi. Tanasining oʻz. 3 mm dan 12 sm gacha, ikki tomonlama simmetriyali, shakli fil tishiga oʻxshash yaxlit chigʻanoq (oʻz. 1,5 mm — 15 sm) bilan qoplangan. Chigʻanoqning 2 uchida teshigi bor; oldingi teshigidan oyogʻi bilan boshi chiqib turadi. Oʻsimtaga oʻxshash boshining uchki qismida ogʻiz teshigi joylashgan. Boshidagi uchi toʻmtoq moʻylovlari sezish va oziqni ushlash vazifasini bajaradi. Foram iniferalar va boshqa bentos hayvonlari bilan oziqlanadi. Oyogʻi toʻmtoq, konus shaklida. K. ayrim jinsli, tuxumlari tashqi muhit (suv)da urugʻlanadi. Tuxumdan suvda soʻzadigan troxofora lichinkasi rivojlanib chiqadi; lichinka 5—6 kundan soʻng suv ostiga choʻkib voyaga yetadi. K.ning 1000 ga yaqin turi mavjud. K. suv tubidagi loyga koʻmilib hayot kechiradi; loydan chigʻanogʻining uchi chiqib turadi. Asosan, tropik dengizlarda tarqalgan.[1] 64. Hasharotlaming ko‘payishi va rivojlanishi Hasharotlarning rivojlanish muddati har xil bo`ladi. Ko`pchilik hasharotlar juda tеz rivojlanadi. Ular tuxumdan chiqqach voyaga еtib, tuxum qo`ya boshlaganiga qadar bo`lgan hayoti gеnеratsiya dеyiladi. Gеnеratsiya bir nеcha kundan bir nеcha yilgacha davom etishi mumkin. Masalan, uy pashshasining bitta gеnеratsiyasi 14-33 kun, drozofila (mеva pashshasi)niki 8-12 kun, may qo`ng`iziniki 4-5 yil davom etadi. Gеnеratsiyasi uzoq davom etadigan may qo`ng`izi voyaga yetgan davrida atigi bir oy yashaydi. Hasharotlar juda sеrpusht bo`ladi. Kapalaklar 100-2500, qo`ng`izlar 50-6000, ona asalari 1,5 mln gacha, ona tеrmit yil davomida 30000 dan bir nеcha milliongacha tuxum qo`yadi. 65. Mshankalar (Bryozoa) Sinfi tashqi va ichki tuzilishi. Mshankalar (Bryozoa) — paypaslagichlilar tipiga mansub koloniya boʻlib yashaydigan umurtqasiz hayvonlar sinfi. Tanasi daraxtsimon, poʻstloqsimon, bir necha sm kattaliqda. Ularning ayrim individlari zooidlar (uz. 1 mm gacha) deyiladi. Har bir individning koloniyadan bir oz koʻtarilib turadigan oldingi qismi — polipidlari bezovta qilinganida kutikula bilan qoplangan keyingi qismi — sistid ichiga tortilib kiradi. Polipidda paypaslagichlar bilan oʻralgan ogʻzi va orqa chiqarish teshigi bor. Ikkilamchi tana boʻshligʻi (selom) yupqa toʻsiq orqali oldingi paypaslagichli va keyingi tana boʻlimlariga boʻlingan. Ichagi qalqasimon. Nafas olish va ayirish sistemasi boʻlmaydi. Krn aylanish sistemasi yoʻq boʻlib ketgan. Nerv sistemasi bitta nerv gangliysidan va undan ketadigan nervlardan iborat. Germafrodit. Tuxumlari suvda, tana boʻshligʻida yeki maxsus chiqarish kamerasida rivojlanadi. Lichinkasi har xil tuzilgan, baʼzan 2 palla chigʻanoqli. Lichinkasi suv tubiga yopishgach, kurtaklanib koloniyani hosil qiladi. Dengiz M. koloniyasidagi individlar har xil tuzilgan (polimorf), 4 turkum va 4000 ga yaqin turi maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda yashaydi.[1] Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling