Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Paypaslagichlilar (Tentaculata) Tipining anatomiyasi


Download 464.85 Kb.
bet32/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

60. Paypaslagichlilar (Tentaculata) Tipining anatomiyasi.
Paypaslagichlilar (Tentaculata) — dengiz va chuchuk suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar tipi. Selomik hayvonlarning mustaqil guruhi hisoblanadi. Oʻtroq hayot kechiradi. Bilateral simmetriyali; selomik gavda boʻshligʻi uncha aniq boʻlmagan 3 ta segmentga boʻlinadi. Ogʻizoldi paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ichagi ilmoqsimon, anal teshigi orqa tomonda ogʻiz teshigi yaqinida joylashgan. Ayirish organlari —1—2 juft metanefridiylar. Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Jinsiy bezlari selomda joylashgan. Lichinkasi halqali chuvalchanglar troxofarasiga uxshash. Foronidlar, mshankalar va yelkaoyoqlilar sinflariga ajratiladi. 4,5 mingga yaqin turi maʼlum. Koʻpchiligini (4000) mshankalar tashkil etadi. Katta amaliy ahamiyatga ega emas. Baʼzan suv oʻtkazadigan quvurlarni toʻsib qoʻyib, katta zarar keltirishi mumkin.[1]
61. Sarkodalilar, ya’ni soxtaoyoqlilar (Sarcodina) sinfining umumiy xarakteristikasi.
Sarkodalilar — sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi. Tanasi sirtdan sitoplazmatik membrana bilan qoplangan; hujayra qobigʻi boʻlmaydi. Koʻpchilik turlari tanasi oqak yoki kremniy chigʻanoq ichida joylashgan; chigʻanoq teshiklaridan sitoplazmasi oʻsimtalari (soxta oyoklar) chiqib turadi. Soxta oyoqlar (psevdopodiylar) harakatlanish va oziqni qamrab olish vazifasini bajaradi. Soxta oyoklar yassi parraksimon, ipsimon yoki nursimon boʻladi. Yadrosi bitta yoki bir nechta. Chuchuk suvda yashaydigan S.ning qisqaruvchi vakuolalari bor. Bakteriyalar, suvoʻtlar, shuningdek, bir hujayrali hayvonlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik S noqulay sharoitda sista hosil qiladi. 2 ga yoki koʻp marta boʻlinish (shizogoniya) va kurtaklanish orqali jinssiz ham bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) yoki har xil tipdagi gametalar (anizogametalar) hosil qilish orqali jinsiy koʻpayadi. 4 ta kenja sinf (ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar, akantariyalar)ga boʻlinadi. 11000 dan ortiq turi maʼlum. Koʻpchilik S. dengizlar va chuchuk suvlarda, bir qancha turlari tuprokda yoʻsinli botqoqliklar va oʻrmonlarda yashaydi. Ayrim turlari (mas, ichburugʻ amyobasi) parazit.[1]

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling