Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Xivchinlilar (Mastigophora) sinfining umumiy xarakteristikasi


Download 464.85 Kb.
bet42/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

81. Xivchinlilar (Mastigophora) sinfining umumiy xarakteristikasi.
Xivchinlilar (Mastigophora) — sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi (boshqa sistemaga koʻra kenja tip). 2 kenja sinf — oʻsimliksimon xivchinlilar va hayvonsimon xivchinlilarga ajratiladi. Oʻsimliksimon xivchinlilarni botaniklar oʻsimliklar dunyosiga kiritishadi. Xivchinlilarga 13turkumga birlashtiriladigan 7000 dan ortik, tur kiradi. Tanasi duksimon, tuxumsimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda. Uz. 2—3 mkm dan (leyshmaniya) 1 mm gacha (ayrim opalinalar). Xivchinlari 1 tadan bir necha mingtagacha, uz. bir necha 10 mkm. Ayrim xivchinlilar xivchini asosida kinetoplast (kelib chiqishi bilan mitoxondriyalarga yaqin boʻlgan DNK saqlovchi organoid) boʻladi (kinetoplastidlar). Koʻpchilik dengiz va barcha parazit xivchinlilarning qisqaruvchi vakuoli boʻlmaydi. Hujayra yadrosi, odatda, bitta; 2 yadroli (lyambliya) va kup yadroli (opalinalar) xivchinlilar ham bor. Odatda, boʻyiga 2 ga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Bu jarayon oxirigacha bormaganida (boʻlinadigan individlar ajralib ketmaydi) koloniya hosil boʻladi. Koʻpchilik xivchinlilarda jinsiy koʻpayish gametalar kopulyatsiyasi orqali boradi. Tuban xivchinlilarda jinsiy koʻpayish izogamiya (bir xil tipdagi jinsiy hujayralarning qoʻshilishi), boshqalarda geterogamiya (har xil tipdagi hujayralarning qoʻshilishi)dan iborat. Erkin yashovchi xivchinlilar (5100 ga yaqin) chuchuk suv va dengizlarda, qisman tuproqsa uchraydi. Tabiatda moddalar aylanish jarayonida katta ahamiyatga ega (ayniqsa, plankton xivchinlilar). Koʻpchilik xivchinlilar suvlar ifloslanishining biologik indikatorlari hisoblanadi. Bir qancha xivchinlilar odam va hayvonlarda parazitlik qilib, ogʻir kasalliklar (tripanosoma, leyshmaniya va boshqalar)ga sabab boʻladi. Ayrim xivchinlilar termitlar ichagida simbioz yashab, qiyin hazm boʻladigan oziq moddalarning hazm boʻlishiga yordam beradi.
82. Monogeneyalar (Monogenoidea) Sinfi tuzilishi.
Monogeneyalar, monogenetik soʻrgʻichlilar, koʻp soʻrgʻichlilar (Monogenea) — yassi chuvalchanglar tipiga mansub sinf. Uz. 0,2— 3 sm. Ektoparazitlar. Asosan, baliklar terisi va jabralarida, baʼzan suvda va quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilar (toshbaqalar) ichki organlarida parazitlik qiladi. Tanasining keyingi qismida yopishuvchi diski bulib, unda turli xil yopishuv organlari (ilmoklar, klapanlarga uxshash soʻrgʻichlar) joylashgan. Ogzi tanasining oldingi qismida. Ichagi xaltasimon yoki shoxlangan. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida, ayirish teshiklari tanasining 2 yonida. Germafrodit, qoʻshiluv organlari bor. Tu-xum qoʻyadi, baʼzan tirik tugʻadi. Odatda, nayel gallanmasdan koʻpayadi (baqa koʻp surgʻichlisi bundan mustasno). Erkin yashovchi lichinkasi 10—16 ilmoqchalar bilan qurollangan boʻlib, yangi xoʻjayinni zararlaydi. 200 ga yaqin turi maʼlum. Bir qancha turlari yosh baliqlarni zararlab, yoppasiga qirib yuboradi. M. baliqchilik xoʻjaliklariga katta ziyon keltiradi.[1]

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling