Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Boshoyoqlilar (cephalopoda) sinfining chig;anog‘ining o‘ziga xosligi


Download 464.85 Kb.
bet41/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

78. Boshoyoqlilar (cephalopoda) sinfining chig;anog‘ining o‘ziga xosligi.
Koʻpchilik turlarining chigʻanogʻi evolyutsiya jarayonida reduksiyaga uchragan yoki mantiya burmalari ichida plastinka holida saqlanib qolgan. Haqiqiy chigʻanoq faqat nautilusda boʻladi. Urgʻochi argonavt chigʻanogʻi esa tuxumlarini olib yurishga moslashgan. Bosh miyasi togʻay skelet bilan qoplangan. Toʻtiqush tumshugʻiga oʻxshash egilgan bir juft jagʻlari ozigʻini ushlab turish va maydalash uchun xizmat kiladi.
79. To‘liq metamorfoz bilan rivojlanadigan hasharotlar
To`liq o`zgarish bilan rivojlanish. Ko`pchilik hasharotlar (qo`ng`izlar,
kapalaklar, burgalar, pashshalar, chivinlar, arilar, chumolilar)ning tuxumlan chiqqan
lichinkasining tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan davriga o`xshamaydi.
Bunday lichinkalar chuvalchangsimon shakldv bo`lib, qurt dеb ataladi. Hasharotlar
qurtining tanasi chuvalchanglarga o`xshash halqalardan iborat; oyo`qlari kalta, og`iz
organlari ko`pincha kеmiruvchi tipda tuzilgan; oddiy ko`zlari faqat Yorug`ni
farqlash uchun xizmat qiladi. Rivojlanish davrida qurt faol harakat qiladi va
oziqlanadi; bir nеcha marta po`st tashlab (tullash) g`umbakka aylanadi.
G`umbakning qayta tuzilishi tamom bo`lganidan so`ng pilla qobig`i yorilib, undan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Bu to`liq o`zgarish bilan rivojlanish, ya`ni mеtamorfoz dеyiladi. To`liq o`zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarning qurtlari 4 xil (bosh va oyo`qli, qorin oyo`qli,
oyo`qsiz, boshsiz va oyo`qsiz) tipda tuzilgan bo`ladi.
80. Ignaterililar (Echinodermata) Tipining xarakteristikasi.
Ignaterililar (lotincha: Echinodermata) -umurtqasiz hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi bir necha mm dan 5 m gacha, yulduz, bodring, dumaloq va b. shaklda. Voyaga yetgan Ignaterililar tanasi odatda 5 nurlik simmetriyaga ega. Skeleti ohak plastin-kalardan va koʻpincha tanasi yuzasiga boʻrtib chiqib turadigan ohaq pixlar, yaʼni ignalardan iborat. Ignaterililarda ambu-l a kral sistema boʻladi. Bu sistema suv bilan toʻlgan naychalardan tashkil topgan. Naychalar harakatlanish organlari — juda koʻp ambulakral oyoqchalar bilan bogʻlangan. Ignaterililarning ayrim sinflarida bu oyokchalar paypaslagichlarga oʻxshash boʻlib, nafas olish, qisman tuygʻu vazifasini bajaradi. Ignaterililarning tana boʻshligʻi ikkilamchi. Asosan, jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Lichinkasi dipleurula deyiladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Oʻsimlik, detrit, mayda hayvonlar bilan oziklanadi. Shuningdek, dengiz yulduzlari, baliqlar, mollyuskalar, yirik qisqichbaqasimonlar va b. hayvonlar bilan oziklanib, bir-muncha ziyon keltiradi. 6 mingtacha turi maʼlum, asosan, suvi juda shoʻr dengizlarda yashaydi. 5 sinf (dengiz yulduzlari, ofiuralar, dengiz tipratikanlari, dengiz bordinglari (goloturiyalar), dengiz nilufarlari) ga boʻlinadi.[1]

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling