Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi ko‘payishi va rivojlanishi


Download 464.85 Kb.
bet38/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

72. So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi ko‘payishi va rivojlanishi.
Jinsiy sistemasi. Ko’pchilik so rg ‘ichlilar germafrodit, jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so’rg’ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug’dondan iborat. Urug’donlardan bittadan urug' yo’li boshlanadi. Qorin so’rg’ichidan ko’zchalari- teri retseptorlari bo’ladi.
Keyinroqda urug’ yo’llari qo’shilib, urug' chiqarish nayini hosil qiladi. Bu nay urug’lantiruvchi organ ichidan o'tadi. Urug’lantiruvchi organ maxsus xaltacha - jinsiy kloakada joylashgan. Tuxumdon bitta, urug’donlardan keyinroqda joylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg’ ochilik jinsiy bezlarining yo’li ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko’p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi va keyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo’llari bitta ko’ndalang nayga birlashadi va ootipga kelib qo'shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to’lgan bo’lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug’ qabul qilgich va qisqa laurerov nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po’choq bezlari ham o’rab turadi. Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug’lanadi. Buning uchun urug’lantirgich organ bachadonga kiritiladi. Urug’lar bachadondan umg’ qabul qilgichga va undan ootipga o’tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug’ hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zaxira oziq modda - glikogen to’planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o’rab oladi.
Sirti sariqdon ajratadigan maxsus modda bu hujayralar sirtida qattiq po’choq hosil qiladi. Tuxum yetilgach bachadonga tushadi, u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. Rivojlanishi. So’rgichlilarning hayot sikli juda murakkab bo’lib, nasi Nhiiushinish orqali boradi. Jigar qurti (Fasciola nepatica) ning rivojlanishi (|uyidagicha boradi. So’rg’ichlilaming voyaga yetgan davri marita deyiladi. Jigar qurtining maritasi jigaming o’t yoilarida parazitlik qiladi vn shu joyga tuxum qo’yadi. Tuxumlari o’t yo’li orqali ichakka, so’ngra ho’ jayini axlati bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Tasodifan suvga tushib qolgan tuxumlardan kipriklar bilan qoplangan mikroskopik lichinka - miratsidiy rivojlanib chiqadi. Miratsidiyning ikkita oddiy ko'zchasi, nerv gangliysi va bir juft protonefdiylari bo’ladi. Miratsidiyning tanasi keyingi qismida maxsus partenogenetik tuxumlari, ya’ni murtak hujayralar bo’ladi. Lichinka tanasining oldingi uchida kichikroq muskulli xartumi bor. Xartumi uchiga maxsus lichinka uchining yo’li ochiladi. Miratsidiy o’z tanasidagi zaxira glikogen hisobiga yashaydi. Miratsidiyning bundan keyingi rivojlanishi oraliq xo’jayini tanasida davom etadi. Bunday xo’jayin chuchuk suvlarda uchraydigan har xil qorinoyoqli mollyuskalar hisoblanadi. Jigar qurtining lichinkasi kichik chuchuk suv shillig’i (Lamnaea truncatula) tanasida rivojlanadi. Miratsidiy xartumchasi yordamida shilliq tanasini teshib, uning ichki organlariga kirib oladi. Maxsus bez suyuqdigi suv shillig’i to’qimalarini eritib lichinkani mollyuska tanasiga o’tib olishiga imkon beradi. Mollyuska tanasidagi miratsidiy kipriklarini tashlab, xaltasimon shakldagi sporotsistaga aylanadi. Sporotsista parazitning ko'payish xususiyatiga ega bo'lgan voyaga yetgan davri deyish mumkin. U holda miratsidiy sporosistaning lichinkasi bo’ladi.
Sporotsista davrida uning ichidagi partenogenetik tuxumlar bo’linib, navbatdagi lichinkalar - rediyalar hosil bo'ladi. Rediyaning xaltaga o’xshash kalta ichagi bor. Sporotsista yorilib, rediyalar mollyuska tanasiga chiqadi. O’z navbatida rediyalar ichidagi partenogenetik tuxum hujayralardan yana yangi lichinkalar- serkariyalar hosil bo’ladi. So’rg’ichlari, ikki shoxli ichagi, ayirish sistemasi va nerv tugunlarining tuzilishi bilan serkariya voyaga yetgan parazit maritaga o’xshaydi, lekin undan uzun va yo’g’on muskulli dumining rivojlanganligi bilan farq qiladi. Serkariyalar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasiga, so'ngra sporotsistaning lichinkasi bo’ladi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling