73. Boshoyoqlilar (cephalopoda) sinfining sistematikasi.
Boshoyoqli mollyuskalar (Cephalopoda) — yuksak tuzilgan dengiz mollyuskalari sinfi. Tanasi (uz. 1 sm dan 5 m gacha) bilateral simmetriyali, odatda, tana va yirik boshboʻlimlaridan iborat. Koʻpchilik turlarida tanasining keyingi tomonida va ikki yonida bir juft suzgichlari boʻladi. Hozirgi Boshoyoqli mollyuskalar ning 650 ga yaqin turi okean va ochiq dengizlarda tarqalgan, 2 ta (toʻrt jabralilar, ikki jabralilar) kenja sinfga boʻlinadi. Toʻrt jabralilar eng qad. sodda tuzilgan (mas, nautilus), ikki jabralilar esa qolgan barcha hozirgi mollyuskalarni uz ichiga oladi.
74. Hasharotlaming postembrional rivojlanishi.
Hasharotlar lichinkasining postembrional (tuxumdan chiqqinlan kеyingi) rivojlanishi turlicha bo`ladi. Postembrional rivojlanishning
borishiga qarab hasharotlarni uchta katta guruhga ajratish mumkin. Birmuncha
sodda tuzilgan birlamchi qanotsiz hasharotlarning tuxumdan chiqqin lichinkasi
voyaga yetgan davriga juda o`xshash bo`ladi. Uning rivojlanishi hеch qanday
o`zgarishsiz boradi. Bunday rivojlanishga anamorfoz Yoki bеvosita rivojlanish
dеyiladi. Bu guruhga, odatda, mayda birlamchi qanotsiz hasharotlar (oyo`qdumlilar,
mo`ylovsizlar, qo`shdumlilar) kiradi.
75. Foronidlar (Phoronidea) Sinfi.
Foronidlar- dengiz hayvonlari. Hozirgacha ulaming 18 turi ma’lum.
Tanasi uzun kolbasasimon, nay ichida yashaydi. Naydan hayvon tanasin-
ing paypaslagichlar bilan ta’minlangan oldingi qismi chiqib turadi. Pay
paslagichlari orqali nafas oladi. Ayirish sistemasi bir juft naysimon organ-
lardan iborat. Bu organlar jinsiy bezlaming chiqarish yo‘li ham bo‘hb hiso
blanadi (204-rasm). Tana bo‘shhg‘i - selom 3 bo'limdan iborat. Qon ay-
lanish sistemasi rivojlangan. Nerv sistemasi og‘iz atrofi nerv halqasi va
bo‘ylama nerv stvollaridan tashkil topgan. Sezgi organlari tilcha shaklda-
gi organdan iborat. Foronidlar germafrodit.Lichinkasi metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi akltinotroxa deyiladi.Lichinkaning tuzilishi troxoforaga biroz о‘xshash. Foronidlar jinssiz ко ‘ndalangiga bo ‘linish orqali ham ko‘pay adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |