Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Tasmasimon chuvalchanglar (Cystoda) sinfi tuzilishi


Download 464.85 Kb.
bet47/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

92. Tasmasimon chuvalchanglar (Cystoda) sinfi tuzilishi.
Tasmasimon chuvalchanglar, sestodlar (Cestoda) — yassi chuvalchanglar sinfi. Hayvonlar va odam ichagida, baʼzan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasi tasmasimon (nomi shundan), uz. mm ning bir necha ulushidan 30 m gacha, bosh (skoleks), boʻyin va strobiladan iborat. Boshida yopishuv organlari (soʻrgʻichlar, ilmoqlar, xartumlar va boshqalar) joylashgan. Boʻyin qismi oʻsuvchi yosh boʻgʻim (proglotid)lardan iborat. Strobilasi, odatda, bir nechtadan oʻnlab, hatto yuzlab boʻgʻimlarga boʻlingan. Jinsiy organlari germafrodit, har bir boʻgʻimida bitta yoki bir juftdan boʻladi. Tanasi botib kirgan kipriksiz epiteliy bilan qoplangan. Ichagi boʻlmaydi, tanasining yuzasi orqali ichakdagi suyuq oziqni soʻrib oladi. Juda serpusht, ayrim turlari bir yilda 600 mln.gacha tuxum qoʻyadi. Xoʻjayin almashtirib rivojlanadi. Tuxumlari ichida tashqi muxitda 6 ilmokli onkosfera lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar oraliq xoʻjayin ichagiga tushganida lichinkasi kon orkali turli organlarga borib, pufak (finna)ga aylanadi. Asosiy xoʻjayin finnali organ (goʻsht, jigar va boshqalar)ni yeb, parazitni yuktiradi. Asosiy xoʻjayin ichagida finnadan chiqqan lichinka ichak devoriga yopishgach, yangi boʻgʻimlar chiqarib oʻsadi. Ayrim Tasmasimon chuvalchanglar 2 oraliq xoʻjayinda rivojlanadi. 9—10 turkum, 3000 ga yaqin turi bor. Tibbiy nuqtai nazardan qoramol tasmasimon chuvalchangi, exinokokk, zanjirsimon tasmali chuvalchanglar, qoʻy miya qurti, serbar Tasmasimon chuvalchanglar, ligula va boshqa katta ahamiyatga ega.
93. Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) Tipining sistematikasi.
Bo‘g‘imoyoqlilar tipi 4 ta kenja tip: trilobitasimonlar (qazilma holda uchraydigan yagona trilobitlar sinfi), jabra bilan nafas oluvchilar (yagona qisqichbaqasimonlar sinfi), xelitseralilar (qilichdumlilar, oʻrgimchaksimonlar sinflari), traxeyalilar (koʻpoyoqlilar, hasharotlar sinflari) ga boʻlinadi. 2 mln.ga yaqin turi bor. Yerda mavjud boʻlgan hamma yashash muhitlarini egallagan. B.ning quruqlikda yashashga va havoda uchishga moslanishi hayvonot dunyosida sodir boʻlgan eng muhim oʻzgarishlardan biri hisoblanadi. B. biosferada beqiyos katta ahamiyatga ega. Koʻpchilik ekosistemalardagi tirik organizmlarning asosiy qismini tashkil etishi, xilmaxil oziqlanishi tufayli B. tabiatda moddalar aylanishi jarayonini amalga oshiradi. B. oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun xom ashyo manbai sifatida ham katta ahamiyatga ega. B. orasida organik qrldiqlarini oʻzlashtirib, tuproq hosil boʻlishi jarayonida faol ishtirok etadigan; odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan va kasallik tarqatadigan; gullarni changlatib, oʻsimliklarning hosildorligini oshirishga imkon beradigan; qishloq xoʻjaligi ekinlarini yeb, zararkunandalik qiladigan turlari ham koʻp.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling