Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Gregarinalar (Gregarinina) sinfi anatomiyasi


Download 464.85 Kb.
bet52/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

101. Gregarinalar (Gregarinina) sinfi anatomiyasi
Gregarinalar (Gregarinina) — sporalilar tipining sinfi. 500 ga yaqin turi bor. Turli umurtqasiz hayvonlarda, asosan boʻgʻimoyoqlilarda parazitlik qiladi. Uz. 10—15 mkm dan 16 mm gacha. Tanasi choʻziq, chuvalchangsimon; baʼzan dumaloq (tana boʻshligʻida parazitlik qiladigan G.). Koʻpchilik G. tanasining oldingi qismi ichak devoriga yopishadigan organoid-epimerit hosil qiladi. Tanasi pellikula qobiq bilan qoplangan, koʻpincha koʻndalang toʻsiq bilan 2 qismga: oldingi protomerit va keyingi deytomeritga boʻlingan. G. ichak devori yoki tana boʻshligʻida, baʼzan jinsiy bezlarda parazitlik qiladi. Asosan jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Koʻpchilik G.da boshqa sporalilar uchun xos boʻlgan shizogoniya (jinssiz koʻp marta boʻlinish orqali koʻpayish) kuzatilmaydi.
102. Tasmasimon chuvalchanglar (Cystoda)sinfi vakillarining zarari.
Tasmasimon chuvalchanglar, sestodlar (Cestoda) — yassi chuvalchanglar sinfi. Hayvonlar va odam ichagida, baʼzan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasi tasmasimon (nomi shundan), uz. mm ning bir necha ulushidan 30 m gacha, bosh (skoleks), boʻyin va strobiladan iborat. Ichagi boʻlmaydi, tanasining yuzasi orqali ichakdagi suyuq oziqni soʻrib oladi. Juda serpusht, ayrim turlari bir yilda 600 mln.gacha tuxum qoʻyadi. Xoʻjayin almashtirib rivojlanadi. Tuxumlari ichida tashqi muxitda 6 ilmokli onkosfera lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar oraliq xoʻjayin ichagiga tushganida lichinkasi kon orkali turli organlarga borib, pufak (finna)ga aylanadi. Asosiy xoʻjayin finnali organ (goʻsht, jigar va boshqalar)ni yeb, parazitni yuktiradi. Asosiy xoʻjayin ichagida finnadan chiqqan lichinka ichak devoriga yopishgach, yangi boʻgʻimlar chiqarib oʻsadi. Ayrim Tasmasimon chuvalchanglar 2 oraliq xoʻjayinda rivojlanadi. Tibbiy nuqtai nazardan qoramol tasmasimon chuvalchangi, exinokokk, zanjirsimon tasmali chuvalchanglar, qoʻy miya qurti, serbar
103. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi vakillarining tashqi o‘simtalari tuzilishi va joylashishi.
Qisqichbaqasimonlar, qisqichbaqalar — boʻgʻimoyoqlilar tipining sinfi. 30000 ga yaqin turi bor. Uzunligi mm ning bir boʻlagidan 80 sm, baʼzi gurlari (mas, yapon krabi) oyoqlari yoyilganida tanasining kengligi 3 m ga yetadi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, odatda, 3 boʻlim: bosh, koʻkrak va qorin farq qilinadi; xitin sovut bilan qoplangan. Bir xil qisqichbaqasimonlarning yaxlit bosh kapsulasi (sinsefalon) antennulalarga ega boʻlgan bosh oʻsimtasi va 4 bosh boʻgʻimidan iborat. Bosh boʻgʻimlarida antennalar, bir juft yuqori jagʻ, 2 juft pastki jag joylashgan. Boshqa qisqichbaqasimonlarning akron va antennal boʻgʻimdan iborat birlamchi boshi (prototsefalon) jagʻ boʻgʻimlari (gnatotsefalon) bilan harakatchan qoʻshilgan. Odatda, qisqichbaqasimonlar koʻkragining bir necha boʻgimlari bosh bilan qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi, ularning oʻsimtalari esa oziqni maydalovchi va ogʻizga suruvchi oyoq jagʻlarga aylanadi. Koʻpchilik qisqichbaqasimonlar boshining keyingi qismi va koʻkrak boʻlimi yon va ustki tomondan qalqonsimon, ikki tavaqali yoki yarim silindr shaklidagi xitinlashgan sovut bilan qoplangan. Ayrim qisqichbaqasimonlar (mas, shoxdor moʻylovdilar boshi choʻziq pastga egilgan tumshuq — rostrumga aylangan. Qisqichbaqasimonlarning turli guruhlarida koʻkrak va qorin boʻgʻimlari soni va oyoqlarining tuzilishi har xil. Tuban qisqichbaqasimonlar koʻrkak oyoqlari harakatlanish, nafas olish va oziqni ogʻizga surish vazifasini bajaradi. Birmuncha yuksak tuzilgan qisqichbaqasimonlarda bu vazifalarni har xil oyoqlar bajarada. Faqat yuksak qisqichbaqasimonlar uchun xos boʻlgan qorinoyoqlar nafas olish, urugʻlantirish, tuxumlarni olib yurish. baʼzan harakatlanish vazifasini bajaradi. Oxirgi qorinoyoqlar (uropodlar) koʻpincha anal boʻlagi bilan birga dum suzgich — telsonni hosil qiladi. Koʻpchilik qisqichbaqasimonlar telsonida ayri oʻsimta boʻladi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling