Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


HAshoratlarda himoya rangi va mimikriya


Download 464.85 Kb.
bet53/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

104. HAshoratlarda himoya rangi va mimikriya.
Himoya rangi va mimikriya. Hasharotlar tanasining rangi va shakli xilma-xil bo'lib, ko'pincha atrof muhit rangiga, ba'zan narsalarning shakliga juda o'xshash bo'ladi. Bu o'xshashlik ularga dushmanlaridan qutulib qolish yoki o'z o'ljasini sezdirmasdan qo'lga tushirish imkonini beradi. Odimlovchi kapalak (Cabera pusaria) qurti xavf tug'ilganida orqa oyoqlari bilan shoxga yopishib, tanasining oldingi tomonini ko'tarib, qimirlamasdan qotib turishi daraxt butog'ini eslatadi. Quit shu alpozda qimirlamasdan bir soatdan ortiqroq turishi mumkin. Janubiy Amerikada tarqalgan bir qo'ng'izchaning ko'rinishi hayvonlar tezagini (ekskrimentini) eslatadi. Hasharotlarning himoya rangi tabiatda uzoq davom etgan tabiiy tanlanish natijasida paydo bo'lgan foydali moslashuvdan iborat. Bunday moslashuv tufayli hech qanday himoya vositasiga ega bo'lmagan hasharotlar o'z dushmanlaridan saqlanish imkoniga ega bo'ladi.
Hasharotlarning ogohlantiruvchi rangi ham himoya rangining o'ziga xos bir shakli hisoblanadi. Odatda biron-bir ishonchli himoya vositasiga ega bo'lgan, masalan zaharli nayzasi (arilar), zaharli yoki badbo'y hidli bezi (kapalaklarning qurti) yoki qoni zaharli bo'lgan hasharotlar (malhamchi, xon qizi qo'ng'izlari va boshqalar) ko'zga tez tashlanadigan rangda bo'ladi. Ularning rangi "menga tegma" ma'nosini anglatib turadi. Tabiatda hech qanday himoya vositasiga ega bo'lmagan hasharotlarning ana shunday vositaga ega bo'lgan hasharotlarga taqlid qilishi - mimikriya hodisasi ko'p uchraydi.
Bu jihatdan, ayniqsa kapalaklar va pashshalarning zaharli nayzasi bo'lgan arilarga taqlid qilishi keng tarqalgan. Masalan, ko'pchilik jildirama pashshalar (Syrpidae) oilasi vakillari ko'rinishi va rangi bilan asalarilar, sariq arilar yoki tukli arilarga juda o'xshab ketadi. Mimikriya xususiyati kapalaklar orasida ham keng tarqalgan
105. Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfining o‘q kompleksi organlari.
Dengiz yulduzining tuzilishi va organlar sistemalari. Oddiy dengiz yulduzi – turli ochiq dengiz va okeanlarda, janubiy dengizlarda ko‘p tarqalgan. Dengizda sohil doirasida Rossiyada Uzoq Sharq va Shimoliy dengizlarda tarqalgan.
Dengiz yulduzi besh nurli yulduz shaklida, turli rangda (qizil, oqish, ko‘kimtir) o‘rtacha 10-25 sm, ba’zilari 50-60 sm kattalikda. U yirtqichlik bilan hayot kechirib dengiz tubidagi turli hayvonlar, ko‘pincha ikki pallali mollyuskalar bilan ovqatlanadi. Dengiz yulduzining beshta katta va harakatchan uchi ingichkalashgan o‘simtalari qo‘llar deb atalib, bularning uchida bir nechta kalta paypaslovchi (teri, sezuv organ)lari va ko‘zi joylashgan.
“Qo‘llar” ni tutashtiruvchi markaziy (tana) qismi - disk deb nomlanadi.
Diskni ostki qismi “oral” tomoni, ustini esa, “aberal” deb ataladi. Pastki “oral” tomonida og‘iz, “aberal” tomonida “anal” teshigi uning yonida esa suv bilan harakatlanadigan ambulakral organiga suv o‘tkazgich – madrepora plastinkasi joylashgan. Qo‘llarning oraliqlarida jinsiy organlarning yo‘llari ochilgan. Erkagi va urg‘ochisi bir xil. Oral tomonida diskdan boshlab “qo‘llar” ning uchiga qarab yo‘nalgan, “ariqcha” bo‘lib, ariqchaning ichki va yon tomonida yuzlarcha harakatchan o‘simtalar – ambulakral oyoqchalar joylashgan.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling