Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Kurakoyoqlilar (Scaphopoda) Sinfining ko‘payishi va rivojlanishi


Download 464.85 Kb.
bet56/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

110. Kurakoyoqlilar (Scaphopoda) Sinfining ko‘payishi va rivojlanishi.
Kurakoyoqlilar ayrim jinsli, tuxumlari tashqi muhit (suv)da urugʻlanadi. Tuxumdan suvda soʻzadigan troxofora lichinkasi rivojlanib chiqadi; lichinka 5—6 kundan soʻng suv ostiga choʻkib voyaga yetadi. K.ning 1000 ga yaqin turi mavjud. K. suv tubidagi loyga koʻmilib hayot kechiradi; loydan chigʻanogʻining uchi chiqib turadi. Asosan, tropik dengizlarda tarqalgan.[1]
111. Koksidiyasimonlar (Cоссidiamorрна) sinfi morfologiyasi va sistematikasi.
Koksidiyasimonlar sinfi juda xilma-xil bo‘lib, 2400 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Har
xil halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarda parazitlik
qiladi. Koksidiyasimonlar hujayra ichida parazitlik qilishi bilan gregarinalardan farq qiladi.
Ko‘pchilik turlarining hayot sikli jinssiz va jinsiy ko‘payish hamda sporogoniyaning qonuniy
gallanishi orqali boradi. Xo‘jayin almashtirmasdan rivojlanadigan turlarida sporogoniya tashqi
muhitda boradi. Xo‘jayin almashtirib rivojlanadigan turlarida esa sporogoniya va jinssiz
ko‘payish boshqa-boshqa xo‘jayinlar organizmida rivojlanadi. Jinsiy ko‘payishi xar xil
kattalikdagi gametalarning kopulyatsiyasi (anizogamiya) orqali sodir bo‘ladi. Makrogameta
(tuxum hujayrasi) gamontning bo‘linmasdan bevosia o‘sishi natijasida, mikrogametalar esa
gamontni ko‘p marta bo‘linishi orqali hosil bo‘ladi.
Koktsidiyasimonlarning bir qancha turlari uy hayvonlari, parrandalar va baliqlarga katta
ziyon yetkazadi. Ular orasida bitta turi odamda ham parazitlik qiladi. Quyida
koktsidiyasimonlarning eng muhim turkumlari va turlari keltiriladi.
112. To‘garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi uchun xos xususiyatlar.
Toʻgarak chuvalchanglar (Nematoda) — birlamchi tana boʻshlikli chuvalchanglar sinfi. Tanasi ipsimon, duksimon, baʼzan limonsimon, bochkasimon; koʻndalang kesimi toʻgarak shaklda (nomi shundan). Erkin yashovchi Toʻgarak chuvalchanglar mayda (0,05 mm dan 5, baʼzan 50 mm gacha), parazit turlari, odatda, mayda, lekin bir qancha turlari 20 — 40 sm ga, baʼzan 8,4 m ga yetadi (kashalotlar bachadonidan topilgan gigant platsentonema).
Toʻgarak chuvalchanglar ayrim jinsli; tuxum qoʻyadi yoki ayrim turlari tirik tugʻib koʻpayadi. Erkin yashovchi Toʻgarak chuvalchanglar bakteriyalar, suvoʻtlar, detrit bilan, ayrim turlari yirtqichlik qilib oziklanadi. Toʻgarak chuvalchanglar orasida koʻp turlari hayvonlar, oʻsimlik zamburugʻlari va odamda parazitlik kiladi. 20000 dan ortiq turi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan; tuproq, dengiz va chuchuk suvlarda xay von va oʻsimlik toʻqimalarida uchraydi. Odam va hayvonlarga askaridolar, rishta, trixina va boshqa, qishloq xoʻjaligi. ekinlariga boʻrtma nematodalar, kartoshka, sholi, bugʻdoy nematodalari va boshqa ziyon keltiradi. Oʻzbekistonda sabzavot va poliz ekinlari boʻrtma nematodalar bilan kuchli zararlanadi.[1]

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling