Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi vakillarining embrional rivojlanishi


Download 464.85 Kb.
bet57/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

113. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi vakillarining embrional rivojlanishi. .
Koʻpchilik qisqichbaqasimonlar ayrim jinsli, bir qancha turlari partenogenez yoʻli bilan koʻpayadi. Tuxumlarini koʻpincha urgʻochilari olib yuradi yoki maxsus chiqarish kamerasida rivojlanadi. Qisqichbaqasimonlar metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan naupleus lichinkasi rivojlanib metanaupleus davriga oʻtadi. Baʼzan lichinkasining dastlabki davrlari tuxum ichida kechadi va tuxumdan keyingi davriga oʻtgan lichinka (mas, krablarda zoyea) rivojlanib suvga chiqadi. Q, ayniqsa, zooplanktonni tashkil etuvchi turlari suv havzalaridagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Bir qancha qisqichbaqasimonlar (krevetkalar, krablar, langustlar, omarlar va boshqalar) isteʼmol qilinadi va koʻplab ovlanadi.
114. G‘ovaktanlilar (Spongia, ya’ni Porifera) tipining skeleti haqida ma’lumot.
Chuchuk suv g‘ovaktanlisi bodyaga ichki kurtaklanish orqali ko‘payadi. Yozda bodyaga tashqi kurtaklanish va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Lekin kuzda mezogleyasidagi amyobotsit hujayralar to‘planib, gemmula deb ataladigan sharsimon ichki kurtakni hosil qiladi. Gemmula ikki qavat muguz qobiq bilan o‘ralgan hujayralar massasidan iborat. Qishda ona bodyaga halok bo‘lib, gemmula qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashqariga chiqib, suv tubiga o‘ldirib oladi va yangi bodyagani hosil qiladi.
Ko‘pchilik g‘ovaktanlilar, jumladan hamma ohak skeletlilar germa- frodit. Jinsiy hujayralar mezogleyadagi harakatchan amyobotsit hujayralarning bir xili bo‘lgan arxeotsitlardan hosil bo‘ladi. Arxeotsitlar xivchinli kameralar endodermasi ostida joylashgan. Urug‘ hujayralari naylar bo‘shlig‘iga o‘tadi va oskulum orqali suvga chiqib ketadi. Spermatozoidlar etilgan tuxum hujayralariga ega bo‘lgan hayvon tanasiga o‘tib, ularni urug‘lantiradi. Urug‘langan tuxum hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanadi. Ohak skeletli g‘ovaktanlilarning tuxumi dastlab to‘liq bir tekis bo‘lina boshlaydi. 8 blastomerlik davrida hujayralar bir tekislikda joylashadi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling