Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi tuzilishi


Download 464.85 Kb.
bet55/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

109. So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi tuzilishi.
Tana qoplag’ichi tegument deb ataladigan kipriksiz epiteliydan iborat. Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralari juda ko’p mitoxondriylar va vakuollarga ega, lekin hujayralar o’rtasida chegara yo’qolib, sinsitiy hosil qiladi. Epiteliy sirtidagi har xil pixlar qo’shimcha yopishuv organi hisoblanadi. Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavati sitoplazmaning parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog’langan. Tegument ostida bazal membrana va uning ostida halqali-bo’ylama muskullar joylashadi.
Hazm sistemasi ektodermali oldingi ichak (og’iz, tomoq, qizilo’ngach) va entodermali o’rta ichakdan iborat. Yirik vakillarida ichak kuchli tarmoqlangan bo’lsa, birmuncha mayda turlarida ikkita yon nayidan tuzilgan. Ichaklarining uchlari berk. Og’zi tananing oldingi qismida, og’iz so’rg’ichining ostida joylashgan. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida bo’lib, odatda bir juft yig’uvchi naylar va ulardan tarqaladigan juda ko’p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi. Nafas olish va qon aylanish sistemalariga ega emas.
Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan bo’lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo’ylama nerv tomirlaridan iborat. Nerv tomirlari ko’ndalang nerv tolalar bilan qo’shilgan. Bo’ylama nervlardan ayniqsa, qorin nerv tomiri yaxshi rivojlangan. Sezgi organlari voyaga yetgan davrida rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalarning bir yoki ikki juft oddiy ko’zchalari - teri retseptorlari bo’ladi. Endoparazitizmga o’tish tufayli ko’zlari yo’qolgan. Trematodalarning ko’pchiligi germafrodit. Ular ichida faqat qon parazitlari - shistosomalar ayrim jinslidir. Jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so’rg’ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug’dondan iborat. Urug’donlardan bittadan urug’ yo’li boshlanadi. Qorin so’rg’ichidan keyinroqda urug’ yo’llari qo’shilib, urug’ chiqarish nayini hosil qiladi. Bu nay urug’lantiruvchi organ ichidan o’tadi. Urug’lantiruvchi organ maxsus xaltacha jinsiy kloakada joylashgan. Tuxumdoni bitta; urug’donlardan keyinroqda joylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg’ochilik jinsiy bezlarining yo’li ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko’p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi va keyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo’llari bitta ko’ndalang nayga birlashadi va ootipga kelib qo’shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to’lgan bo’lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug’ qabul qilgich va qisqa laurerov nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po’choq bezlari ham o’rab turadi. Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug’lanadi. Buning uchun kuyikish organi bachadonga kiritiladi. Urug’lar bachadondan urug’ qabul qilgichga va undan ootipga o’tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug’ hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zahira oziq modda glikogen to’planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o’rab oladi. Sariqdon hujayralari ajratadigan maxsus modda bu hujayralar sirtida qattiq po’choq hosil qiladi. Yetilgan tuxum bachadonga tushadi u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. Barcha trematodalar xo’jayin almashtirish yo’li bilan rivojlanadi. Ular ikki yoki uch xo’jayin orqali taraqqiy etadi. Necha xo’jayin ishtirokida rivojlanmasin barcha trematodalaming birinchi oraliq xo’jayini suvda yoki quruqlikda yashovchi mollyuskalar hisoblanadi. Mollyuskalar uchramaydigan hududlarda trematodalaming ontogenezi to’xtaydi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling