Зоология ва экология


Un va Yorma ishlab chiqarish zavodlaridagi texnologik jarayonlarning umumiy tavsifi


Download 1.35 Mb.
bet165/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

2. Un va Yorma ishlab chiqarish zavodlaridagi texnologik jarayonlarning umumiy tavsifi

Zamonaviy tegirmon va Yorma zavodlari yuqori darajada mexani-

zatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan, ish sur’ati yuqori suratda uzluksiz bajaradigan korxona turiga kiradi.

Tegirmondagi texnologik jarayonlar bir yoki bir necha oqimdan boshlanib un tortish davrida o`nlab, yuzlab oqimlarga ajralib (yirikligi va sifati bo`yicha) alohida ishlov beriladi. Oxirida bir yoki bir necha nazoratchi oqim orqali tayyor mahsulot chiqadi.

Zamonaviy tegirmon va Yorma zavodlarida ishlab chiqarish texnologik jarayoni 3 ta bo`limda amalga oshiriladi.

Tegirmonlarda:



  1. Donni tozalab, yuzasiga ishlov berib un tortishga tayyorlash.

  2. Un tortish.

  3. Un navlarini tayyorlash, vitaminlash, qoplash va qadoqlash. Tegirmonni birinchi (tayyorlov) bo`limida don massasi begona aralashmalardan tozalanadi. Donning yuzasiga quruq va suv bilan ishlov beriladi. Har xil sifatli donlardan un tortishga mos aralashma tayyorlanadi.

Ikkinchi (un tortish) bo`limida donni yanchish jarayonida donlar birinchi yirik yanchilib Yorma, dunst va kepak ajratib olinadi. Hosil bo`lgan Yorma va dunst sifati bo`yicha saralanadi, qayroqlanadi va mayin yanchilib un holiga keltiriladi.

Uchinchi (qoplash) bo`limining vazifasi ikkinchi bo`lim orasida boshlanadi. Bunda hosil bo`lgan har xil sifatli un oqimlaridan un o`lchanib aralashtiriladi va davlat standartlari talablariga javob beradigan un navlari oqimlari hosil qilinadi. Tayyorlangan un navlari kerak bo`lsa suvda eruvchan sintetik vitaminlar bilan boyitiladi. Har bir un navi bo`yicha alohida qoplanadi va qadoqlanadi.

Un tortish jarayonining samaradorligi donlarning tabiiy boyligi va un tortishga sarflangan elektroenergiyaning foydalanish darajasi bilan baholanadi. Bu samaradorlikka qayta ishlanadigan donlarning texnologik xossalari, texnologik jarayonlarning tuzilishi, jixoz va uskunalarning ish rejimlari, texnologik va transport vositalarning samarali ishlashi ta’sir ko`rsatadi.

Yorma zavodlarida:



  1. Donni tozalab, yuzasiga ishlov berish.

  2. Donni qobiqlarini ajratish.

  3. Yormalarni qoplash va qadoqlash.

Birinchi (tayyorlov) bo`limida don massasi begona aralashmalardan tozalanadi. Donning yuzasiga suv bilan ishlov beriladi.

Ikkinchi (qobiq ajratish) bo`limida don massasi yirikligi bo`yicha fraktsiyalarga ajratiladi, donning qobiqlari ajratiladi va saralanadi, maydalanadi, qayroqlanadi va silliqlanadi, Yorma va hosil bo`lgan chiqindilar nazorat qilinadi.

Uchinchi (qoplash) bo`limida tayyor mahsulot Yormalar navi va nomeri bo`yicha alohida qoplanadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling