Зоология ва экология
-rasm. SOB- 32 texnologik sxemasi
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
13.9.-rasm. SOB- 32 texnologik sxemasi;
1, 2, 5, 11, 13-noriyalar; 3,18-kurakli konveyrlar; 4, 16, 27-bunkerlar; 6, 7, 9, 10, 15, 21, 23, 26, 28-konveyrlar; 8-avtomatik tarozilar; 12, 20-separatorlar; 14, 19, 24-volokush, 17-paxol tozalagich; 22-qoramiq ajratish mashinasi; 25-don quritgich. Avtomatik tarozilar 8 da bo’lgan don 6, 7, 9, 10 va 28 bilan parallel joylashgan omborxonalarga yuboriladi yoki bunker 27 va u yerdan vagonlarga yuklanadi. Nam don omborxonalardan quritishga yuborilganida omborxona osti konveyerlari 21 yoki 23 va qo’shaloq noriya 5 ishga tushiriladi. Minoraning kamchiliklariga separator usti bunkerlarining yo’qligini kiritish mumkin. Bu separatorlarni yaxshi yuklanish va ishlashini ta’minlashi mumkin edi. YOlg’iz avtomatik tarozilarning bo’lishi donni quritishda va vagonlarga yuklashda o’lchash imkoniyatini byormaydi. SOB–50 da oltita noriya (beshta 100 t/soatdan va bittasi 50 t/soatdan), don quritgich (50 t/soat), poxol ajratgich va donni quritishgacha va quritishdan keyingi tozalaщ uchun ikkita separator ko’zda tutilgan. Qabul qilish qurilmasi ikkita qabul qilish konveyerlarida ikkita o’tish mo’ljallangan. Konstruktsiyasiga ko’ra SOB – 50 balandligi 26,4 m va rejadagi o’lchamlari 14 x 7 m bo’lgan olti qavatli binodan iborat. Xonalarning umumiy hajmi 4300 m3 bo’lib, o’rtacha elevatorlarning ishchi binolari hajmiga teng. SOB–50 ning tannarxi oldin qurilganlaridan bir muncha yuqori SOB–50 minorasining asosiy kamchiligi don quritgichning haqiqiy unumdorligining kamligi va ko’p yuk oladigan avtomobillarga mo’ljallanmagan qabul bunkerlarining kichikligi hisoblanadi. SOB–TS50 minorasi SOB–50 dan farq qilib, «TSelinnaya-50» gazli retsirkulyatsion don quritgichga ega. Quritgichga don noriya (350 t/soat) va ZSM–100 va ZSM–50 separatorlari bilan beriladi. «Donsanoatloyiha» MITI SOB–2*25 loyihasini ham ishlab chiqib, unda RD–2 x 25 (50 t/soat) retsirkulyatsion quritgich qo’llanilgan. Besh qavatli temir – beton binoda oltita noriya (100 t/soatdan), avtomatik tarozi, ZSM–100 separtori va don quritgich o’rnatilgan. SOBdan foydalanish jarayonida tayyorlov korxonalarning ishchilari alohida loyiha kamchiliklarini bartaraf etish, hamda barcha ekspluatatsion ko’rsatgichlarni oshirishga qaratilgan ko’p sonli ratsionalizatorlik takliflarini kiritdilar. Ko’pchilik SOB larda don quritgichlar shaxtalarining o’lchami oshirilgan, avtomobil transportidan qabul qilish uchun qo’shimcha nuqtalar, yuklash va operativ imkoniyatini oshirish uchun noriyalardan foydalanilgan. SHaxtali don quritgichlar quritishning retsirkulyatsion usuliga o’tkazildi. Ishchi va qurituvchi – tozalovchi minoralar ularga bog’langan mexanizatsiyalashtirilgan omborxonlar bilan birgalikda mustaqil ishlab chiqarish markazlari hisoblanadi. SHu bilan birga ularni tayyorlov korxonasi hududida joylashgan elevatorlar bilan birlashtirish maqsadga muvofiq. Donni qabul qilish korxonalarining texnik bazasi rivojlanishi bilan ishchi va quritish – tozalash minoralari rekonstruktsiyalanib boradi. Bu don kelish hajmining ortishi va uni tayyorlash muddatlarining qisqarishi bilan asoslanadi. Elevatorlar nafaqat tayyorlov korxonalarida, balki donni qayta ishlash korxonalarida ham mavjud bo`ladi. Qayta ishlash korxonalarida elevatorlar xom ashyoni joylashtirish va qayta ishlashga tayyorlashga mo`ljallangan. Geografik joylashuvi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi sababli elevatorlar ko`pincha donni tayyorlash, uni transportning bir turidan boshqasiga utkazish jarayonlarinini bajaradi. Bu holatni va bajariladigan ishlarning asosiy tavsifiga qarab zamonaviy ishlab chiqarish va port elevatori kabi turlarga ajratish mumkin. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling