Зоология ва экология


-rasm. Omborxonalarni SOB-MK yordamida bo


Download 1.35 Mb.
bet21/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

13.7.-rasm. Omborxonalarni SOB-MK yordamida bog’lash:

a-omborxona bir qatorda; b-omborxona ikkita paralel qatorda; vomborxonalarni noriya minoralari yordamida yuklash va bo’shatish sxemasi; 1SOB; 2-don quritgich utxonasi; 3-qabul qilish qurilmasi; 4-temir yo’l o’qi; 5konveyr ayvoni; 6-reversiv konveyrli yer usti ayvoni; 7-noriya minorasi; 8reversiv konveyr; 9-omborxona usti konveyrlari;10-omborxona osti konveyri.

Sobiq «Donsanoatloyiha» davlat instituti tomonidan minoralarning quyidagi turlari ishlab chiqilgan:

SOB–MK (yaxlit konstruktsiyali), SOB–SK (yig’ma konstruktsiyali), SOB – PO (siljuvchi opalubkada quriladigan devorli);

SOB–1K (g’isht dovorli), SOB–1S (siljuvchi opalubkada qurilgan devorli), SOB–1B (beton bloklardan tayyorlangan devorli).

Birinchi guruxdan SOB–MK minorasi keng tarqalgan (14-rasm). Uning rejadagi o’lchamlari separator qavati maydoniga qarab - (12 x 12 m) belgilangan (o’txona va avtomobil transportidan qabul qilish qurilmasini hisobga olmaganda ikkita 6 m lik prolet). Quruq va nam donlar benkeri quritgich shaxtalari bilan yonma – yon joylashtirilgan bo’lib, minoraning rejadagi o’lchamlarini kattalashtirsa ham, minoraning bilandligini pasaytirish imkoniyatini berdi. Qavatlarning muvofiq balandligi 4,2 m qilib qabul kilingan. To’rt qavatli minoralarning umuiy balandligi 17 m. Unda 100 t/soatlik ikkita minora, 45 t/soatlik ikkita minora, DSP–24 SN don quritgichi, separator (80 t/soat) avtomatik tarozilar (DN–500, VAN–500–202) beshta tasmali konveyerlar, uchta shnek, ventilyator va boshqa yordamchi va energetik jihozlar joylashtirilgan.

Ikki qismga ajratilgan maxsus inshootlar don qurutgichning uchog’i va avtomobil o’tish joyiga ega bo’lgan avtomobil transportidan qabul qilish kurulmasi joylashtirilgan.

SOB–MK ikkita omborxonalar guruhi o’rtasida (ko’pi bilan uchta o’ngdan uchta chapdan) yoki ikkita paralel qatordagi omborxonalarga xizmat ko’rsatish mumkin. Oxirgi holda ikkinchi qator omborxonalari orasida, SOB bilan yer usti galereyasi bilan bog’langan noriya minorasi quriladi.

Avtomobil tarozidan o’tganidan keyin avtomobil bo’shatgich bilan bo’shatiladi (15-rasm). Qabul qilish bunkeridan don konveyer bilan №1 yoki 2*(100 t/soat) noriyalarga uzatiladi, keyin esa nam don uchun separator yoki bunkerlarga jo’natiladi. Keyin don №3 noriya orqali (45 t/soat) quritgichga keladi va №4 noriya yordamida (45 t/soat) DN – 500 avtomatik tarozisiga beriladi. O’lchangan don quruq don omborxonalariga yuboriladi. Don temir yo’l vagonlariga qatorli vagonyuklagich yordamida yuklanadi.

SOB–MK minoralarini qurish va foydalanish ularning jiddiy kamchiliklarini ko’rsatdi. Ulardan asosiylari quyidagilar: foydalanishdagi unumdorligi pasport unumdorligidan past bo’lib chiqadi, hisoblangan jarayonlar hajmi to’liq bajarilmaydi; donni vagonlarga yuklash va avtomobil transportidan qabul qilish bir vaqtda amalga oshirilganida; ikkala noriyaning ham bandligi sababli donni tozalashni amalga oshirib bo’lmaydi, quritish kamerasi yuqorigi qutisi don bilan to’liq yopilmaydi, shu sababli quritish agentining ishchi binolarga oqishi sodir bo’ladi; minorada aspiratsiya qoniqarsiz ishlaydi; chiqindilarning barcha turlari separatordan keyin aralashib ketadi.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling