Зоология ва экология


Download 1.35 Mb.
bet274/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Ishni bajarish tartibi

Ombor yoki maydonda saqlanayotgan donning zararlanganligini maydoni taxminan 200 m2 bo‘lgan shartli bulimdan ajratib olingan umumlashgan

namuna bo‘yicha aniqlanadi. Xar bulimda oltita joy (ombor uzunligi

bo‘yicha xar qaysi karama-qarshi tomonlarning uch joyi) dan nuktaviy namunalar olinadi. Namunalar ombor devoridan 1 m ichkaridan hamda

balandligi 1,5 m dan yukori bo‘lgan don massasining uch kavatidan olinadi: yukori kavat uyum yuzasidan 100-150 mm chukurlikda bo‘lgan joy, urta kavat va kuyi kavat (polning yuzasi). Agarda uyumning balandligi 1,5 m dan kichik bo‘lsa, namuna yukori va kuyi kavatlardan olinadi. Xar qaysi kavat va bulim uchun nuktaviy namunalar aloxida umumlashgan namunalarga birlashtirilib, ulardan tahlil uchun 2 kg mikdorda urta namunalar olinadi. Don partiyasining zararlanganligi zararkunanda mikdori kuprok bo‘lgan namuna bo‘yicha o‘rnatiladi. Donni kayta ishlashda olingan mahsulotlarning zararganligini aniqlash uchun urta namunadan 1 kg un, yorma, kepak yoki 0,5 - 1 kg omuxta em ulchab olinadi.

Donning zararganligini baholashda zararlanishning ikki xil turi o‘rin tutadi. Bular ochiq zararlanganlik hamda yashirin zararlanganlikdir. Agar hasharot va kanalar donlar orasidagi bushlikda yashab oziqlansa, bunday zararlanganlikka ochiq zararlanganlik deyiladi. Agar zararkunanda u yoki bu rivojlanish davrida aloxida donning ichida yashasa, doning bunday zararlanganligiga yashirin zararlanganlik deb aytiladi (uzun burun kungizlar, donxur kungizlar, don egovlovchi kungizlar, don kuyasi).

Ochiq zararlanganlik umumlashgan don namunasi teshik diametri 1,5 (ostki) va 2,5 mm (ustki) galvirlar yigimidan iborat moslama yordamida elab va koldik hamda elanma mahsulotlaridagi zararkunandalar sonini sanash yuli bilan topiladi. Namuna galvirda kul kuchi yordamida minutiga 120 marta aylantirib yoki mexanizatsiyalashtirilgan POZ-1 galvirida 1 minut davomida elanadi.

Yilning sovuk vaqtida, ya’ni donning xarorati 5 0S dan kichik bo‘lsa, koldik va elanma mahsulotlari zararkunandalarini sovukdan jumbushgan xolatidan chikarish uchun 10-20 minut davomida 25-30 0S gacha kizdiriladi.

Donning zararlanganligi ikkala galvirning koldik va elanmalarini aloxida tahlil qilish yuli bilan aniqlanadi. Diametri 2,5 mm bo‘lgan galvir koldigini tahlil taxtasiga yupka kavat bilan yoyib undagi yirik xashoratlar soni sanaladi. Bu xashoratlar mavritaniya kungizi, katta un va kora-kulrang mitalari, mugambir kungiz va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Tahlil taxtasining kora shishasi ustiga teshik diametri 1,5 mm bo‘lgan galvir elanmasi yupka kavatda hosil qilib yoyiladi va lupa yordamida kurilib ancha mayda zararkunandalar ajratib olinadi. Bu zararkunandalarga uzunburun kungizlar, don egovlovchi kungiz, tugnagich muylov va kichik un mitalari, unxur kungizlar va kanalar misol buladi.

Koldik va elanmalarni tahlil qilishda tirik zararkunandalar ajratib olinadi va ularning 1 kg dondagi soni hamda turi aniqlanadi. Ulgan va don

massasiga tasodifan tushib kolgan dala zararkunandalari begona aralashmalar tarkibiga kiritiladi va zararlanganlikni baholashda ular e’tiborga olinmaydilar. Donning uzunburun kungizlar va kanalar bilan zararlanishi bo‘yicha ochiq zararlanganlik darajasi o‘rnatilgan (-jadval).

Boshqa zararkunandalar uchun zararlanganlik darajasi o‘rnatilmagan.

Zararlanganlik 1 kg dondagi zararkunandalarning soni bilan belgilanadi va ularning turlari ko‘rsatiladi. Donning zararkunandalar bilan yashirin zararlanganligi bir necha usullar yordamida aniqlanadi. Bular kuyida keltirilgan.

11.1.-jadval











1

Donning uzunburun kungizlar va kanalar bilan zararlanganlik darajasi


I 1tadan 5 tagacha 1 tadan 20 tagacha (20 kiradi)


2

Daraja 1 kg dondagi zararkunandalar soni


II 6 tadan 10 tagacha (10 kiradi) 20 tadan ortik, ammo erkin harakatlanadi, yigilmalar hosil kilmaydi


3

Uzunburun kungizlar Kanalar


III 10 tadan ortik Kanalar gujum katlam hosil

qilgan





Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling